Bizga kerak bo’ladi:
- rangli qog’ozlar;
- qaychi;
- yelim
Qora rangli qog’ozdan xonqizining oyoqlari uchun oltita prujina to’qib olamiz (jarayon qalamdon qurbaqa tayyorlashda o’rgatilgan):
Xonqizining tanasi uchun qizil va qora rangli qog’ozlardan katta va kichik ikkita aylanalar qirqib olamiz:
So’ng katta qora aylanaga kichik qizil aylanani yopishtiramiz. Katta qizil aylanani o’rtasidan bo’lib, uni quyidagicha yopishtirib olamiz:
Kichik qora aylana esa bosh qismi uchun kerak bo’ladi. Mayda qora aylanachalarni nuqta sifatida yopishtirib chiqamiz:
Bosh qismiga xonqizining shoxchalari va ko’zini yopishtirgach, oyoqlarni kerakli o’rinlarga mustahkamlaymiz.
Oltita etikcha olti oyoqqa yopishtiriladi va xonqizi tayyor.
Uning yuqori qismiga ipni mustahkamlab, ko’zguga ilib qo’yamiz.
Bu ijod mahsulingiz har safar farzandgingizga iliq mehr-muhabbatingizni eslatib turishiga ishonaman!
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi