Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Homiladorlik Homiladorlikda otaga qo'llanma Otalar va erta homiladorlik

Homiladorlik: Erkaklar nimaga moslashishi kerak?

da Otalar va erta homiladorlik
O'qish vaqti:3 daqiqa o'qildi
A A
0
Erkaklar

Asosiy fikrlar

  • Homiladorlik paytida erkaklar o’zlarini e’tibordan chetda yoki ahamiyatsiz his qilishlari odatiy holdir.
  • Agar siz o’zingizni shunday his qilsangiz, bu sizga ayolingiz, do’stingiz yoki oila a’zolaringiz bilan bu haqida gaplashish kerakligini anglatadi.

E’tibor markazidan chetda qolib ketish hissi

Sizning turmush o’rtog’ingiz homilador bo’lganida siz turli xil reaksiyalar va his-tuyg’ularni boshdan kechirishingiz mumkin. Ba’zilarga boshqalarga qaraganda qiyinroq bo’lishi mumkin.

Homiladorlik paytida o’zingizni tashlab ketilgandek yoki ahamiyatsiz his qilishingiz odatiy holdir. Hatto turmush o’rtog’ingiz sizdan ham ko’ra homilasiga ko’proq e’tibor berayotganday tuyilishi mumkin.

Ammo farzandning dunyoga kelishi – bu ajoyib hodisa va ayol kishining homila bilan band bo’lib qolishi odatiy holdir. U sizni rad qilmayotganini tushunishga harakat qiling.

Tug’ruq oldi ko’riklarida chetda qolib ketish

Homiladorlik xizmatlari bilan bog’liq ba’zi tajribalar siz kutgandek bo’lmasligi mumkin.

Erkaklarni tug’ruq oldi jarayonlariga jalb qilish bo’yicha xizmatlar yaxshilanayotgan bo’lsa-da, ba’zida tizim erkaklar qiziqishini va ularning shu jarayonda qatnashishga bo’lgan ishtiyoqini hisobga olmaydi. Agar sog’liqni saqlash mutaxassisi ayolingizga faqat u farzand kutayotganday gapirsa, o’zingizni chetda qolganday his qilishingiz tabiiy.

Tug’ruq oldi ko’riklarida «Janob, siz o’z ishingizni bajarib boldingiz, endi buni bizga qoldiring» degan gaplarni ham aytishadi. Ayollar shifoxonasiga borsangiz  hamma narsa ayollar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Ba’zi ko’riklarda hatto men uchun joy yo’q edi, erkaklar hojatxonasini esa umuman topolmadim. Bu xuddi biror choyxonaga kirsangiz u yerdagilarning hammasi o’sha yerning odamlari-yu, siz esa chetdan kelib qolganday gap. Umuman olganda, bu ijobiy tajriba edi. Tug’ilish haqida gap ketganda, men o’zimni bu jarayonda to’laqonli his qilolaman va o’zimni shu jarayonning bir bo’lagi deb bilaman.
– Milton, dadalardan biri.

Homiladorlik paytida rashk, tajovuz va zo’ravonlik

Ba’zi erkaklarda homiladorlik paytida chetda qolib ketish rashk yoki g’azab kabi kuchli reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

G’azab — bu oddiy insoniy tuyg’u – har bir kishi har qanday bosqichda g’azablanadi. Ammo agar g’azablanish holati tez-tez ro’y bersa yoki  nazoratdan chiqib ketsa, bu muammoga aylanishi mumkin.

G’azablanganingizda jahlingiz chiqsa, chaqalog’ingizning onasini qo’rqitib, stressga solishingiz mumkin. Stress bolaga yo’ldosh orqali o’tadigan kortizolni ko’paytirishi mumkin va bu chaqalog’ingizga yomon ta’sir qiladi. Bu chaqalog’ingizning erta tug’ilishiga, vaznining yengil bo’lishiga va rivojlanishidagi muammolarga olib kelishi mumkin.

Agar siz bu tuyg’u g’azab yoki zo’ravonlikka olib kelishi mumkin deb o’ylasangiz, yordam so’rang. Shifokor bilan gaplashishingiz mumkin.

Homiladorlikda e’tiborsiz qolish  va boshqa tuyg’ular bilan kurashish

Agar siz o’zingizni chetda qolganday his qilsangiz, kimdir: ayolingiz, do’stingiz yoki oila a’zolaringiz bilan gaplashishga harakat qiling.

O’z his-tuyg’ularingizni ayolingizga tushuntirishingiz sizni eshtishlariga va homila jarayoniga qo’shilishingizga yordam beradi.

Ochiq va samimiy muloqot sizga har qanday xafagarchilikni yoki tushunmovchiliklarni bartaraf etish imkoniyatini beradi. Buni kechroq emas, oldinroq qilish kuchli his-tuyg’ularni boshqarishga yordam beradi.

Agar siz boshqa dadani yoki bo’lajak dadani bilsangiz, undan o’z tajribasi haqida so’rashingiz mumkin. U ham ayolining homiladorligi paytida o’zini tashlandiq his qilganmi? Unga yordam beradigan biron bir maslahat berishganmi? Agar berilgan bo’lsa u qanday maslahat edi?

Siz har qanday stress va zo’riqishni mashqlar, nafas olish mashqlari, mushaklarni dam oldirish mashqlari, yoga va sizga yoqadigan yoki o’zingizni erkin his qilishga yordam beradigan boshqa mashg’ulotlar orqali  kamaytirishingiz mumkin. Siz chaqaloq uchun mebel yasash yoki bolalar bog’chasining devorlarini bo’yash kabi loyihalar ustida bosh qotirishingiz mumkin.

Agar sizning ayolingiz haqiqatan ham chaqaloq narsalarini yoki chaqaloq ismlarini ko’rishni xohlasa, unga bu borada yordam berishingiz ham mumkin. Avvaliga g’alati tuyilishi mumkin, lekin siz ham bu ishlarga o’zingizni jalb qilsangiz, o’zingizni boshqacha his qila boshlaysiz.

Siz qila oladigan narsalar

  • Agar siz chetda qolganingizni his qilsangiz, turmush o’rtog’ingizga bu haqida ayting, sizni ham tug’ruq jarayoniga qo’shish imkoniyatini bering.
  • Siz o’z tajribangiz haqida oila a’zolaringiz, do’stlaringiz yoki boshqa farzand kutayotgan dadalar bilan suhbatlashishingiz mumkin. Ehtimol, ular ham shu tajribalarni boshidan o’tkazgan bo’lishi mumkin.
  • Agar siz homiladorlik tajribasidan tashqarida ekanligingizni his qilsangiz, sizni qo’shishlarini kutmang – o’zingiz qo’shiling! Bolalar kiyimiga yoki mebellariga qarashga vaqt ajratish ham ayolingiz bilan vaqt o’tkazish imkoniyatidir.
  • Stress va zo’riqishni kamaytirishga yordam beradigan mashqlar, mushaklarning dam olishi, chuqur nafas olish va boshqa mashqlarni bajarib turing.
  • Agar siz chetda qolib ketishingiz g’azab yoki zo’ravonlikka aylanishi mumkin deb o’ylasangiz, yordam so’rang. Shifokorga murojaat qiling.

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Birinchi trimesterdagi skanerlash va skrining

Birinchi trimesterdagi skanerlash va skrining: dadalar uchun

06/04/2022
Erkaklarga maslahatlar

Kayfiyatdagi o’zgarishlar va ko’ngil aynishi: erkaklarga maslahatlar

06/04/2022
Erta homiladorlik

Erta homiladorlikdagi erkaklarning his -tuyg’ulari

06/04/2022
Otalar

Otalar: pul, budjet va oilangizni ta’minlash

06/04/2022
Otalar

Otalar: bola tug’ilganidan keyin munosabatlardagi o’zgarishlarga tayyorgarlik

06/04/2022
Dadalar: erta ko’zi yorish va erta tug’ilgan chaqaloqlar

Dadalar: erta ko’zi yorish va erta tug’ilgan chaqaloqlar

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

1 yil avval
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

1 yil avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

3 yil avval
Sistit kasalligi va uning davolash usullari

Bolalarda sistit kasalligi, alomatlari, va uni davolashning yo’llari

4 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

3 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz