Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 12-18 yosh O'zaro yaqinlik va munosabatlar

Farzandingiz bilan munosabatingiz qanday?

da O'zaro yaqinlik va munosabatlar, O'zaro yaqinlik va muloqot, O'zaro yaqinlik va muloqot, O'zaro yaqinlik va munosabatlar
O'qish vaqti:5 daqiqa o'qildi
A A
0
ota va bola

ota va bola

Psixologlarning fikricha, bola tarbiyasida quyidagilar mumkin emas ekan:

Hech qachon bolani boshqa bola bilan, umuman, boshqalar bilan solishtirmaslik kerak.

Qo’shnining bolasi ingliz tilini o’rganayotgani uchun farzandini ingliz tili to’garagiga berish, jiyani a’lo baholarga o’qayotganini o’g’liga har doim namuna qilish, sinfdoshi yaxshi natijalarga erishganini ko’rib farzandidan ranjish – ko’pchilik ota-onaga tanish holat bo’lsa kerak. 

Aslida, aynan solishtirish yaxshi tarbiyaga to’sqinlik qilar ekan.

Birinchidan, bolani hadeb solishtiraverib uning haqiqiy qadr-qimmatini ko’rmay qolasiz. Qo’shningiz bolasining matematika bo’yicha a’lo baholarini quvish natijasida o’z farzandingizda, aslida, mavjud bo’lgan chizish qobiliyatini so’ndirib qo’yasiz. O’z bolangizni o’ylang, uning yutuqlaridan zavqlaning  birovdan— oshgani uchun emas, o’zi ajoyib bo’lgani uchun.

Ikkinchidan, bolani birov bilan solishtirganingizda uning yutuqlarini yutuqdek qabul qilmaysiz, balki o’sha qo’shni bolasining baholariga solishtirasiz. Agar solishtirish bo’lmaganda bolaning natijalari o’zining katta yutug’idek qabul qilinar edi. Masalan, ma’lum bir fandan sinfdoshi 78 ballga ega. Bolangiz o’sha sinfdoshiga yetishni maqsad qilib, 78 ball olsa…uni dildan maqtay olmaysiz. Faqatgina sinfdoshining natijasiga erishganligini ta’kidlaysiz. Bunda qahramon sizning farzandingiz emas, balki o’sha sinfdoshi bo’ladi.

Uchinchidan, solishtirishni eshitavergan bola o’zining siz uchun qimmati yo’q ekanligiga ishonib boradi. «Mening yutuqlarim, mening birovga o’xshashim yoki mening undan oshib ketishimgina ota-onamni xursand qila oladi, men emas», degan fikrga keladi. Bu fikr bolalikda shakllansa, keyinchalik hayot davomida inson o’zining qadr-qimmati haqida past, yomon fikrga ega bo’lishiga olib keladi. Natijada katta bo’lganida biror maqsadga erishishda, sevib-sevilishda muammolarga duch keladi.

Ota-ona bolaning o’zini sevadi. Lekin bola shunday sevgini his etishi lozim. «Qara ana u bolalarning jim o’tirishini, sen esa qanaqa to’polonchisan», «Nega sen palonchiga o’xshab 5 baho olib kelmaysan?», «Qachon qo’shnimiz bolasiga o’xshab medal olib kelasan?» va hokazo va hokazo. Bu gaplar bolani qulog’iga kirib dilini yaralaydi.
Bolaning o’zini seving, uning yutuqlaridan quvoning, bola hech kimga o’xshamasdan aynan o’zining xarakter va qobiliyatiga ega ekanligidan quvonishni biling. Shunda u sevimli ekanligiga, qanday baho olishidan qat’iy nazar uni ota-onasi yaxshi ko’rishiga ishonadi. Psixologlarning taʼkidlashicha, bunday tarbiya ko’rgan bola bugun bo’lmasa, ertaga, albatta, sizning ishonchingizni oqlaydi. O’zi, o’z xohishi bilan, o’zining qobiliyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiradi va bu oqlash baxtli qalb egasidan chiqadi.

Ayol va erkak farzandli bo’lgani bilan, yaxshi ota-ona bo’la olmasligi mumkin. Siz yaxshi ota-onamisiz?

Avallambor, sizni tabriklaymiz, ushbu maqolani o’qishni boshladingizmi, demak siz yaxshi ota-onasiz, hech bo’lmaganda, yaxshi ota-ona bo’lishni istaydigan va bunday bo’lishga harakat qilayotganlardansiz.

Bundan tashqari, quyidagi izohlarni o’qib o’zingizga baho berishingiz mumkin.

1. Siz farzandlaringizni ajratmaysiz. Har biriga bo’lgan muomalangiz, e’tiboringiz, mehringiz bir xil.

2. Siz farzandlaringiz bilan suhbatlashasiz. Bu yerda «Keldingmi, choyingni ichib ol», kabi gaplar emas, balki haqiqiy bafurja suhbat nazarda tutilmoqda. Bolaning bog’chasi, o’qishidagi bo’lgan voqealarni aytib berishini maroq bilan eshitish, uning hissiyotlariga quloq tutish, o’ziga yarasha dardiga malham bo’lish kabilar sizni farzandingizga yana-da yaqinlashtiradi.

3. Butun kuningiz bolaga ish buyurish bilan o’tmaydi. Bolaning o’ziga ajratadigan vaqtini hurmat qilasiz.

4. Bolaning nuqtayi nazarini hisobga olasiz va uni tushuna olmasangiz ham hurmat qilasiz.

5. Bolaning oldida qarindoshlarni ham, birovlarni ham yomonlamaysiz, haqoratlamaysiz.

6. Bolani urmaysiz.

7. Bolaning qiziqishlarini qo’llab-quvvatlaysiz.

8. Aytgan o’yinchog’i uchun do’konga chopmay, u bilan suhbat qurib, uning o’rniga boshqa narsa olish afzalroq ekanligini tushuntira olasiz.

9. Bolangiz dugonangiz yoki qarindoshingiz bilan suhbatingizga aralashsa, unga tanbeh bermay, kutib turishini tushuntirasiz. Yoki boshqalarni chetga surib qo’yib, unga bir zum quloq tutasiz. 

10. Bola injiqlik, qo’pollik qilayotgan bo’lsa, uni urishmay, sababini bilishni istaysiz.

Ushbu izohlarga qarashingiz ijobiy bo’lsa, siz yaxshi onasiz, desak, mubolag’a bo’lmaydi. 

Bundan tashqari, yaxshi ona bo’lishning eng oson yo’li bolani yoshidan qat’iy nazar kunda bir necha bor quchoqlash ekanligini unutmang!

Ota-ona bo’lish oson, lekin yaxshi ota-ona bo’lish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi ota-ona bo’lish sari yetaklaydi.

1. Asabiylashmang. Siz qanchalik muloyim va sokin bo’lsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda bo’lib o’sadi.

2. Aldamang. «Ovqat yesang, buvingnikiga olib boraman!», dedingizmi, olib boring yoki unday va’da bermang. bolaga berilgan va’dani bajarish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.

3. Urmang. Bolani urishdan yomoni yo’q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona o’z gapini o’tkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.

4. Har narsani man qilavermang. «U mumkin emas, bu mumkin emas, «Uni qilma, buni qilma», kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga e’tiborsiz bo’lib qoladi. O’zingiz uchun chindan mumkin bo’lmagan narsalar bilan sizga shunchaki noqulaylik keltiruvchi narsalarni ajratib oling. Masalan, mashina yo’lga chiqish rostdan ham man qilinishi shart bo’lgan narsa. Qumda yangi kiyimda o’ynashi esa, shunchaki, sizga noqulaylik keltiruvchi narsa. Haqiqatan mumkin bo’lmagan narsalarga yo’l qo’ymang. Sizga noqulaylik keltiradigan narsalarga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring.

5. Yomon namuna bo’lmang. O’zingiz xunuk so’zlarni ishlata turib, bolangizga «Xunuk gapirma!» deya olmaysiz. Xuddi shunday kuni bilan televizor yonida bo’lsangiz, bola ham dars qilmay televizor qarshisidan ketolmayotganiga hayron bo’lmang. O’zgarishni o’zingizdan boshlang.

6. Aybingizni tan olishni biling. Biror ishda xato qilib qo’ysangiz, bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning. Bola xato qilishdan qo’rqib yashamay, xatoni qanday qilib takrorlamaslikni o’rgansin. 

7. Bolani erka qilishdan qo’rqmang. Yetti yoshgacha erka bo’lgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi yangi o’yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin. 

8. Kechirim so’rashni biling. Siz ham nohaq bo’lishingiz mumkin. Boladan kechirim so’rashdan qo’rqmang. Bundan u mehrliroq va sabrliroq bo’lishni o’rganadi.

9. Quchoqlang! Bolani ko’proq quchoqlab, o’pishga odatlaning. Bola bunga ham ruhan, ham jismonan muhtoj bo’ladi.

10. Sabrli bo’ling. Ota-ona jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o’qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u sizni faqat suyuntirayotganini his qilasiz. 

Muminova D.R. 
Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Fikrlash va oʻyinlar: maktab yoshidagi bolalar

Fikrlash va oʻyinlar: maktab yoshidagi bolalar

06/04/2022
Tabiiy ofat va qaygʻuli yangiliklar eshitganda

Tabiiy ofat va qaygʻuli yangiliklar eshitganda: 6-11 yoshli bolalarni qo’llab-quvvatlash

06/04/2022
Bolalarning jamoat bilan aloqalari

Bolalarning jamoat bilan aloqalari: doʻstlar, qoʻshnilar va mahalliy tashkilotlar

06/04/2022
Farzandingiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish

Farzandingiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish va sizning munosabatlaringizni o‘rnatish bo‘yicha maslahatlar

06/04/2022
Uzunquloq Quyonboyevlar oilasi

Uzunquloq Quyonboyevlar oilasi

06/04/2022
zakolka

Qizchalar uchun soch tasmasi (obodok)

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

10 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

10 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

10 oy avval
0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

1 yil avval
6-7 oylik chaqaloq rivojlanishi

6-7 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish