Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 12-18 yosh

Bachadondan qon ketishi (Yuvenil qon ketish) – sabablari, belgilari va davosi

Maqola

da 12-18 yosh
O'qish vaqti:3 daqiqa o'qildi
A A
0
Bachadondan qon ketishi (Yuvenil qon ketish) – sabablari, belgilari va davosi

Yuvenil qon ketishi balog’at yoshiga yetgan qiz bolalarda bachadondan atsiklik ravishda qon ketishi, tuxumdonlar funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq holat bo‘lib ginekologik kasalliklarning qariyb 10% ni tashkil etadi.

Bachadondan qon ketishi sabablari

Kasallik rivojlanayotgan organizmda salbiy ta’sirlarning bo‘lishi bilan bog‘liq, asosan o‘tkir va surunkali infeksion kasalliklar va intoksikatsiyalar, (angina, surunkali tonzillit, gripp, revmatizm, pnevmoniya), turmush sharoiti, noto‘g‘ri ovqatlanish (gipovitaminozlar), fizik va asabning zo‘riqishi, ko‘ngilsiz voqealar – doimiy psixik jarohatlar, charchash hollari, qo‘rquv, cho‘chish, bir paytning o‘zida psixik o‘zgarishlar, yurak, o‘pka va boshqa a’zolarning patologik holatlari sabab bo‘lishi mumkin.

Turli kasalliklar va zararli ta’sirlar organizmning adaptatsion holatlarini pasaytirishi, jinsiy a’zolarning faoliyatini buzilishini, shuningdek gormonal balans va endometriy holatini o‘zgartirishiga olib keladi. Bunda endogen va ekzogen omillar ontogenez davrida gipotalamus hujayralarining retseptor faoliyatiga ta’sir etishiga ko‘ra uning markazining ta’sirchanligi oshadi. Gipotalamus bu holda gipofizga to‘liq ta’sir ko‘rsata olmaydi, gonadotrop gormoni kam ajraladi. Bu o‘z navbatida tuxumdonda follikullar yetilishiga ta’sir etib, anovulyatsiyani yuzaga keltiradi. Yuvenil qon ketishida anovulyatsiyaning o‘ziga xos turi, follikullar atreziyasi (yorilmay qolishi) yoki kistaga aylanib qolishi kuzatiladi.

Estrogenlar uzoq vaqt davomida, progesteron oz miqdorda ajraladi. Bu hol endometriyda proliferatsiya xolatini keltirib chiqaradi. Giperplaziya yuzaga kelib, bez kistali o‘zgarishlar yuz beradi. Bu hol qon—tomirlar o‘zgarishiga, nekroz holatiga va qon ketish holatini yuzaga keltiradi.

Yuvenil qon ketishiga anovulyator tipdagi qon ketish xarakterlidir, ya’ni follikullar ovulyatsiya bosqichiga yetmay yetiladi. Follikullar shakillanadi, lekin yetilmay regressiyaga uchraydi. Atreziyalangan follikullar eriydi va ularda uzoq vaqt follikulyar suyuqlik (kistoz atreziya) saqlanadi. Doimiy tuxumdonlarda ko‘p atreziyalangan follikullar to‘planadi. Follikullardagi to‘plangan gormonlar endometriydagi proliferatsiya protsessini stimulyatsiya qiladi, shuning uchun giperplaziya sodir bo‘ladi, lekin endometriy sekretor transformatsiyasi sodir bo‘lmaydi.

Bachadondan qon ketishi klinikasi

Yuvenil qon ketish klinika belgisi davomiy, uzoq muddat, ko‘p miqdorda, atsiklik qon ketish bo‘lib, (7 kun va undan ko‘p) qon ketishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha hayz sikli to‘xtab qolgandan keyin (1,5 — 6 oy) qon ketib, qizni kamqonlik kasaligiga olib kelishi mumkin.

Asiklik qon ketishi menarxe vaqtidan boshlanishi yoki menarxedan 1,5 – 2 yil keyin, biron infeksion kasallikdan keyin, aqliy jismoniy charchash tufayli yuzaga keladi. 87% hollarda endometriyda giperplastik o‘zgarishlarni, adenomatoz va atipik giperplaziya xolatlarini ko‘rish mumkin, shifokor bunday holatlarga e’tiborli bo‘lishi kerak.

Yuvenil qon ketish klinikasida qancha miqdorda qon yo‘qotganligiga bog‘liq boladi: tez charchash, xolsizlik, ishtaxaning yo‘qligi, bosh og‘rishi, yurakni vaqti-vaqti bilan og‘rish hollari, taxikardiya kuzatiladi. Qon analizida trombotsitlar miqdorining o‘zgarganligi, fibrinogen konsentratsiyasi pasayishi, qonning ivish qobiliyati pasayishi kuzatiladi.

Yuvenil qon ketishda tekshirish usullari:

  1. Bazal (to‘g‘ri ichak) haroratini o‘lchash.
  2. UTT o‘tkazish.
  3. To‘g‘ri ichak orqali tekshirish.
  4. Umumiy qon va trombotsitlar sonini tekshirish.
  5. Qonda progesteron miqdorini tekshirish.
  6. Gonadotrop gormonlar (FSG, LG) konsentratsiyasini aniqlash.

Differensial tashxis

Bachadondan qon ketishi bir qancha boshqa kasalliklarda ham kuzatilib, buning differensial tashxisida quyidagi patologik holatlarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi:

  1. Tuxumdonning granulyoz hujayrali va mezodermal o‘smalari
  2. Bachadon va qindagi xavfli o‘smalar
  3. Jinsiy a’zolar sili
  4. Gemorragik diatez
  5. Trombotsitopeniya
  6. Gemofiliya S (qiz bolalarda X omilning yetishmasligi natijasida qonning ivishi ancha sust bo‘ladi).
  7. Angiogemofiliya Villebrand – Yurgens kasalligi – bunda qon ivishida ishtirok etuvchi VIII omil bo‘lmagani uchun qon ketishi uzoq davom etadi.
  8. Kapillyarlar toksik va allergik o‘zgarganda.
  9. Bo‘qoq bezi, buyrak usti bezi, diyensefal patologi

Davolash

Bachadondan yuvenil qon ketishni davolash usullari shu patologik holatni vujudga keltirgan sabablarni aniqlab, shu asosda davo choralarini qo‘llashdan iborat. Davolashni asosan ikki bosqichga bo‘lish mumkin:

– qon ketishini to‘xtatish;

– hayz siklini tartibga solish;

Agar kasalxonaga murojaat qilgan qiz bolada o‘tkir kamqonlik belgilari kuzatilsa: arterial qon bosimi pasaygan, taxikardiya, xolsizlik, gemoglobin miqdori 70 g/litrdan past bo‘lsa, gematokrit 20% – bu holda SZP 300-400 ml, ifezol va qon o‘rnini bosuvchi eritmalar quyish zarur, keyin gormonal gemostaz usuli va siklik yoki sintetik progestin bilan terapiya o‘tkaziladi.

Dispanser kuzatuvi oyiga bir marta hayz sikli barqarorlashguncha amalga oshiriladi, exografiya kamida 6-12 oyda bir marta amalga oshiriladi. Umuman olganda, yuvenil bachadondan qon ketishini davolashda bir qator mutaxassislar, jumladan pediatr , endokrinolog , gematolog, nevropatolog va oftalmolog kabi tor doira mutaxassislar konsultatsiyasi ham zarur. Shuningdek, bemor qizga psixologik maslahat berish ham tavsiya etiladi.

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

12/04/2022
Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

11/04/2022
Hayz nima? Yosh qiz va onalarga maslahatlar

Hayz nima? Yosh qiz va onalarga maslahatlar

08/04/2022
Chaqaloq va bolalarda uyatchanlik

Chaqaloq va bolalarda uyatchanlik

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Yoshlikning oltin davrini g’animat biling

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Bolalarga qanday antibiotiklar ichirsam bo’ladi?

06/04/2022
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish