Bolaga antibiotik ichirishdan oldin yaxshilab o’ylab ko’ring, bunga haqiqatdan ham ehtiyoj bormi? Antibiotikning zaruratsiz ichilishi bola immunitetining pasayib ketishiga olib keladi.
Bolaga antibiotik ichirishdan oldin quyidagilar bilan tanishib chiqish kerak:
- Bolaga antibiotik ukoli birinchi bor qilinayotgan bo’lsa, uni uy sharoitida olmaslik tavsiya etiladi. Chunki bolada antibiotikka nisbatan allergiya yo’qligiga amin bo’lish kerak. Buni esa poliklinikada maxsus test orqali bilib olsa bo’ladi.
- Bolaga antibiotikni faqat shifokor tavsiya qilsagina ichirish kerak. Chunki antibiotiklar guruhi turlicha bo’lib, bolaga qaysi guruhga mansub antibiotik berilishi kerakligi haqida faqat pediatr, kerak bo’lsa, analizlar topshirtirib qaror qabul qilishi lozim.
- Hech qachon antibiotik ichirishni o’z xohishingizga ko’ra to’xtatmang. Bolaning holati yaxshilangan taqdirda ham, shifokor aytgan muddatga qadar aytilgan miqdorda antibiotik ichirishni davom ettiring. Aks holda kasallik kuchliroq avj olib ketish ehtimoli bor.
- Virusli kasalliklar(gripp, qizamiq, qizilcha va boshqalar) antibiotik bilan davolanilmaydi. Virusli kasalliklar bilan organizmning immun tizimi kurashadi. Antibiotiklar esa immunitetni pasaytiradi.
- Antibiotik bilan davolanishni boshlaganda hech qachon kuchli antibiotiklardan boshlamang. Organizm kuchli antibiotikka o’rganib qolsa, har kasal bo’lganida yanada kuchliroq, bu degani bola organizmiga salbiy asorati yomonroq antibiotikka yoki ukolga o’tishga to’g’ri keladi.
- Agar bolada oldin ma’lum bir antibiotikka nisbatan allergik reaksiya namoyon bo’lgan bo’lsa, bu haqida shifokorga har safar eslatishni unutmang. Keyingi reaksiya undan-da kuchli va xavfliroq bo’lishi mumkin. Bundan shifokor xabardor bo’lishi kerak.
- Hech qachon shifokor yozgan antibiotik miqdorini va ichish intervalini o’zgartirmang. Agar antibiotik kuniga 3 mahal har 8 soatda 1 tabletkadan ichish tavsiya etilgan bo’lsa, bola uxlasa ham anitibiotik ichish vaqti kelgan bo’lsa, uni uyg’otib kerakli miqdordagi dorini ichiring.
- Yoshi 1 yoshdan oshmagan bolalarga antibiotik bermaslikka harakat qiling. Bir yoshgacha bo’lgan bolalar immuniteti antibiotik ichish natijasida juda pasayib ketadi. Keyinchalik bola ko’p kasal bo’lib, kasalliklar o’gir va uzoq davom etadigan bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun 1 yoshgacha bo’lgan bolalar salomatligini nihoyatda ehtiyot qilish lozim. Bola bakterial kasallikka uchrasa, faqat shifokor maslahati bilan kerakli antibiotikni berish kerak bo’ladi. Imkon qadar bolaga antibiotiklarning eng yengil guruhidan ichirishni boshlash haqida shifokor bilan maslahatlashing.
- Ma’lumki, antibiotiklar nafaqat kasallik bakteriyalarini, balki organizmga kerakli «yaxshi» bakteriyalarni ham o’ldira. «Yaxshi» bakteriyalar esa bola immunitetini kuchaytirib turadi. Shuning uchun uzoq vaqt antibiotik ichilganda bolada imunitet pasayishi, molochnisa kabi kasalliklar vujudga kelishi mumkin. Bu asoratlarning oldini olish maqsadida bolaga ko’proq qatiq ichiring. Qatiq organizmdagi «yaxshi» bakteriyalarni ko’payishiga yordam beradi.
- Shifokor ma’lum bir antibiotikni yozgan bo’lsa-yu, dorixonadan topilmasa, hech qachon dorixona xodimining tavsiyasiga binoan boshqa antibiotikni olmang. Aynan shifokor yozib berganini topib ichiring. Apteka xodimi maslahat bergan antibiotikni ichirish natijasida bola keyinchalik kuchli antibiotikka o’rganib qolishi, unda antibiotikka nisbatan allergiya namoyon bo’lishi yoki umuman undan foyda bo’lmay, kasallik kuchayib ketishi ehtimoli bor.
Shuni unutmangki, antibiotik virusli kasalliklarni davolamaydi!
Ota-ona bolaning salomatligi uchun hammadan ko’ra ko’proq mas’uliyatlidir. Shifokor antibiotik ichirishni tavsiya qilayotgan bo’lsa, nega shundayligini, nega aynan shu guruh antibiotigi kerakligini, qanday tarzda ichirish lozimligi haqida barcha ma’lumotlarni batafsil so’rab olish sizning haq va burchingizdir. Agar shifokor sizga kerakli ma’lumot bera olmayotgan bo’lsa, u holda boshqa shifokorga boring. Shifokorning mas’uliyatsizligi tufayli sizning farzandingiz qiynalmasligi kerak.
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi