Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 3-5 yosh

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

Maqola

da 3-5 yosh, 12-18 yosh, 5-8 yosh, 9-11 yosh, Salomatlik va kundalik parvarish, Salomatlik va kundalik parvarish
O'qish vaqti:4 daqiqa o'qildi
A A
0
Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

Albatta qiz bolaning jinsiy tarbiyasida ko‘plab o‘ziga xos jihatlar mavjud. Aksari ota-onalar go‘dak qizaloqlaridagi ayrim me’yoriy holatlarni dard alomatlari deb o‘ylashadi.

Xususan, go‘dak siynalari, ya’ni sut bezlarining vaqtinchalik biroz qattiqlashishi yoki gohida qizaloq jinsiy yo‘llaridan birozgina qizg‘ish suyuqlik chiqishi o‘tkinchi me’yoriy hollardir. Qiz bola, tetapoya bo‘la boshlagan davrdanoq tashqi ta’sirotlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.

Qizaloq bir yoshga to‘lgunga qadar uning suyak tuzilishi to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish zarur. Jumladan, raxit kasalligida skelet muskulaturasi tonusining oshishi qiz bola chanog‘ining tor va yassiroq bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu hol o‘z navbatida jinsiy a’zolar rivojiga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.

Goho ulg‘ayib turmush qurilganda odatiy tug‘ruq yo‘llarining torligi bois, tug‘ish asoratli kechishiga ham bolalik davridagi befarq munosabat sabab bo‘lishi mumkin. Go‘dak beqiyos ona suti va tabiat ne’matlaridan qancha uzoq muddat bahramand bo‘lsa, uning zuvalasi shuncha pishiq bo‘ladi. Raxitni imkon qadar tezroq, shifokor nazoratida D-guruhidagi darmondorilarni tayinlash, quyosh nuridan bahramand etish bilan davolash lozim.

Qizaloqni yo‘rgak kasalliklaridan asrang

Go‘dak qizaloqni iloji boricha, yo‘rgak kasalligidan asrash lozim. Chaqaloq uzoq vaqt tagi ho‘l holatda yotishi natijasida, teri bichilishi, jinsiy a’zolar hududi ta’sirlanib, shishishi va qizarishi kabi asoratlarga olib kelishi bilan xatarlidir. Taglik sintetik bo‘lmagan oddiy materialdan bo‘lib, yaxshilab yuvilishi va zararsizlantirilishi, qulay bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Cho‘miltirishda har xil shampunlarning ishlatilishi ham qizlarda tashqi jinsiy a’zolarning jumladan, vulvaning allergik yallig‘lanishiga olib kelishi bilan xatarli. Bolakaylarni to‘g‘ri kiyintirish, ishtonchalarni tez-tez almashtirib turish ham zarur. Qiz bolalar ishtonchalarining pochasi yopiq bo‘lishi, jinsiy a’zolarni sovuq qotishdan hamda turli xatarli nopokliklar bilan bulg‘anishdan saqlashi bilan qulaydir.

Maktab yoshidagi qizlar parvarishi

Maktab yoshidagi qizaloqlarda ancha tortinchoqlik, uyatchanlik ustuvor bo‘lishini ota-onalar va muallimlar ko‘zda tutishlari joiz. Zero, qizaloqlarda peshob qopi va to‘g‘ri ichakning to‘lib ketishi, ya’ni hojatga ehtiyojmand bo‘lsa-da, qimtinib o‘z paytida chiqmasliklari bachadonning joyidan surilib, asta-sekinlik bilan egilib qolishi kabi xatarli asoratga olib keladi. Bunday holatlar keyinchalik bepushtlikka ham sabab bo‘lishini unutmasligimiz joiz.

Shu sababli ham dars o‘tilayotgan paytda qizlar uchun hatto ruxsatsiz birrovga chiqib kelishlariga qarshilik qilinmasa, nazarimda ayrim ko‘ngilsiz holatlarning oldi olingan bo‘lardi.

Qiz bola jinsiy tarbiyasida rasida bo‘lish davriga qadar quyidagi hollarga ahamiyat berishlik joiz:

  • qiz bola bir yoshdan boshlab faqat onasi yordamida cho‘miltirilishi, aka-ukachalari bilan bir vannada cho‘milmasligi lozim;
  • o‘g‘il bolalar xush ko‘ruvchi toychoq, velosiped kabi tos a’zolarini ta’sirlantiruvchi o‘yinchoqlar, qizaloqlarda klitor sezuvchanligini oshirib, iffat pardasiga darz yetkazish ehtimoli mavjudligini unutmaslik kerak;
  • qizaloqlar ota-ona jinsiy munosabatidan imkon qadar bexabarroq bo‘lishi joizligi sabab, yotoqxonalar alohidaligi, ichki kiyimlarning esa ko‘zdan yiroq bo‘lganligi ma’qulroqdir;
  • jinsiy a’zolar ozoda tutilishi zarur; o‘g‘il bolalarning tor, badanni ta’sirlantiradigan kiyimlarini, xususan, shimlarini kiyish ham qizaloqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Yuqorida asosan balog‘at sari odimlayotgan qizaloqlar jinsiy tarbiyasidagi o‘ziga xosliklar haqida fikr yuritildi. Umuman balog‘atgacha va balog‘at davridagi o‘zgarishlar nimalarda namoyon bo‘ladi?

Balog‘at davri bosqichlari

Qiz bolalar rasida davri taxminan 9 yoshlardan boshlanadi. Shartli tarzda bu jarayonning quyidagi bosqichlarini tafovut etish mumkin:

  • 9-11 yoshli qizlarda (ayrimlarda 8,5 yoshdan 11,5 yoshgacha) tos, dumg‘aza suyaklarining sezilarli o‘sayotganligi kuzatiladi;
  • 10-11 yoshlarda (ayrimlarda 9,5 yoshdan 12 yoshgacha) qorin pasti, qov hududlarida ayollarga xos yakkam-dukkam, mayin tuklar paydo bo‘lishi va ko‘krak bezlarining sezilarli o‘sishi kuzatiladi;
  • 11-13 yoshlarda (ayrimlarda 10-15 yoshlarda) tashqi va ichki jinsiy a’zolarning keskin rivoji kuzatiladi. Qov tuklari ko‘payib, ko‘krak bezlari keskin kattalashib, uning uchida rangdorlik paydo bo‘ladi;
  • 13,5-14 yoshlarda (ba’zilarda 9-16,5 yoshlarda) keskin rivojlanish ro‘y berishi natijasida qo‘ltiq osti mo‘ylari paydo bo‘ladi hamda ilk hayz ko‘rish jarayoni kuzatiladi. Oradan ko‘p o‘tmay bu qizlar organizmida homilador bo‘lishlik imkoniyati ro‘y beradi;
  • 15,5-17,5 yoshlarga to‘lgach, qizlarda suyak, ya’ni bo‘y o‘sishi to‘xtaydi. Ovozlari istig‘noli, mayinlik bilan chulg‘anishi, husnbuzarlar toshishi ham shu yoshlarga xosdir. Har oyning ma’lum kunlarida hayz jarayoni ro‘y berishi odatiy maromga tushib oladi.

Balog‘at davridagi o‘zgarishlar

Balog‘at yoshidagi qizlarda tananing notekis o‘sish jarayoni boshlanadi. Sonning yog‘ to‘plashi, siynalarning kattalashishi, chanoq suyaklari kengayishi, dumba hududining et olishi va sezilarli to‘lishishlar shular jumlasidandir.

Keskin o‘sish jarayoni bilan birgalikda o‘spirin qiz ruhiyatida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berib, siqiluvchanlik, qimtinish kabi hollarga moyillik kuzatiladi. Ayrim qizlar ko‘kraklarining dirkillashidan andisha qilib, ko‘ksilarini ichga tortib yuradilar. Bu esa gavdaning me’yoriy o‘sishiga salbiy ta’sir etishi tufayli, nafas olish a’zolari va yurak xastaliklarining vujudga keltirishi mumkin.

Ayrim qizlar esa uzoq vaqtgacha ko‘kraklarini biror material bilan siqib o‘rab yuradilar. Natijada, siynalar yalpayib, xunuklashib ketishi bilan bir qatorda, kelajakda ko‘krak bezi kasalliklari vujudga kelishiga ma’lum darajada sabab bo‘ladi. Bu yoshdagi qizlar har jihatdan qulay, iqlimga mos, tabiiy, odmi matodan qilingan siynaband taqsalar bas, hushqomat va sog‘lom bo‘lishlari shaksizdir.

Balog‘at yoshidagi qizlarning og‘ir yuk ko‘tarishlari qin va bachadonning pastga tushish dardiga olib kelishi bilan xatarlidir. Ko‘pgina, onalar ginekolog shifokor maslahatiga faqat qizlari turmushga chiqqandan so‘nggina zarurat bor, deya xato o‘ylashadi. Natijada, balog‘at yoshidagi qizlarning jinsiy a’zo kasalliklari nazardan chetda qolib, o‘z vaqtida davolanmasligi bois, har xil xatarli asoratlarga, jumladan bachadon yoki tuxum yo‘llarining qayrilib qolishiga olib keladi.

Umuman olganda, har qanday qizaloqni ham bolalar ginekologi ko‘rigidan o‘tkazib turilishi bugungi kun talabidir.

Manba: www.dnk.uz

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

 

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Balog‘at yoshidagi qizlar salomatligi va xatarlar (Ota-onalar uchun)

Balog‘at yoshidagi qizlar salomatligi va xatarlar (Ota-onalar uchun)

12/04/2022
Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

11/04/2022
Bolaning koʻzi tez-tez yoshlanishi biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin — Mutaxassis

Bolaning koʻzi tez-tez yoshlanishi biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin — Mutaxassis

11/04/2022
Bolalardagi ko’z kasalliklari

Bolalardagi ko’z kasalliklari

11/04/2022
Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

11/04/2022
Hayz nima? Yosh qiz va onalarga maslahatlar

Hayz nima? Yosh qiz va onalarga maslahatlar

08/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish