Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Homiladorlik Farzand uchun tayyorgarlik Homiladorlikdagi munosabatlar

Yangi chaqaloqqa boshqa farzandlaringizni tayyorlash

1-12 yoshlar uchun

da Homiladorlikdagi munosabatlar
O'qish vaqti:4 daqiqa o'qildi
A A
0
Yangi chaqaloqqa boshqa farzandlaringizni tayyorlash

Asosiy nuqtalar

  • Siz yangi farzand ko’rayotganingizda, boshqa bolalaringiz buni katta qiziqish bilan kutishi va biroz xavotirga tushishlari mumkin.
  • Bu esa bola tug’ilishidan kamida 3-4 oy oldin bolangizga yangi farzand haqida tushuncha berishingizga sabab bo‘ladi.
  • Siz bolalaringiz bilan gaplashish, ularga chaqaloqlar haqida kitob o’qib berish, ularning tashvish-xavotirlarini tinglash, ularga mehr va e’tibor berish orqali ularni tayyorlab borishingiz mumkin.

Yangi chaqaloqqa boshqa farzandlaringizni tayyorlash: bolalaringiz bunday paytda o’zlarini qanday his qilishlari

Agar siz yangi bola ko’rish arafasida bo’lsangiz, boshqa farzandlaringiz bundan xursand bo’lishlari mumkin. Ammo ular sizning mehringiz va e’tiboringizni yangi tug’ilgan chaqaloq bilan bo’lishishni o’rganishlariga to’g’ri keladi. Bu ular uchun katta qadam bo’lishi mumkin, ayniqsa sizning farzandlaringiz hali ancha yosh bo’lsa. Ular o’zlarini onaning diqqat markazidan chetlatishayotgandek his qilishlari mumkin.

Deyarli barcha bolalar oilaga yangi chaqaloq qo’shilganda unga moslashish bosqichini boshidan o’tkazishlariga to’g’ri keladi. Ammo odatda chaqaloq taxminan 14 oylik bo’lguniga qadar, farzandlar o’rtasida ijobiy aka-ukalik, opa-singillik munosabatlari rivojlanadi.

Bolalarga yangi tug’ilgan chaqaloq haqida qachon aytish kerak

Agar siz yangi farzand ko’rishga tayyorgarlik ko’rayotgan bo’lsangiz, bolalarga yangi tug’ilgan chaqaloq haqida qachon aytishingiz va nimalarni aytishingiz o’zingizga bog’liq. Bunda farzandlaringizning yoshi ham muhim rol o’ynaydi.

Homiladorlikning boshida, ehtimol, bola tug’ilishidan kamida uch -to’rt oy oldin, farzandlaringizga tug’ilajak bolangiz haqida aytib berishingiz foydalidir. Siz avvaliga chaqaloqlar haqida umumiy gapirib berishingiz, undan so’ng esa bo’lajak chaqalog’ingiz haqida gapirishingiz mumkin.

Kichkintoylar vaqtni yaxshi tushunishmaydi, shunday ekan, siz bolangizga yangi chaqaloq tug’ilish arafasida ekanligini tushuntirayotganingizda, uning tug’ilish vaqtini biron-bir tanish voqea bilan bog’lashga harakat qiling. Masalan, oila a’zolaringizdan birining tug’ilgan kuni o’tganidan keyin ko’p o’tmay chaqaloq tug’ilishi haqida aytishingiz mumkin.

Yoshi kattaroq bolalar, chaqaloq qayerdan tug’ilishi, onaning qorin bo’shlig’iga qanday qilib tushib qolgani va u qanday chiqib ketishi haqidagi tafsilotlarni bilishni xohlashlari mumkin. Farzandlaringiz bilan suhbat davomida jinsiy aloqa haqida gap ketsa, eng yaxshisi yoshga mos ravishda, sodda qilib tushuntirganingiz ma’qul. Bunda sizga homiladorlik va tug’ilish haqidagi ko’plab kitoblar ham yordam berishi mumkin.

Bolalaringizni yangi tug’iladigan chaqaloqqa tayyorlash: maslahatlar

Yangi chaqalog’ingiz tug’ilishidan oldin, siz boshqa bolalaringizga oilaning yangi a’zosi haqida ijobiy fikr shakllantirishga hissa qo’sha olasiz. Buning uchun farzandlaringizga tayyorgarlik, muloqot va tushuncha kerak bo’ladi.

Tug’ilishdan oldin

Agar siz ushbu holatni ijobiy va hayajonli jarayonga aylantira olsangiz, farzandingiz oiladagi bu o’zgarishni nafaqat yangi tug’ilgan chaqaloq, balki oilaning barcha a’zolariga birdek tegishli ekanligini sezadi. Buni amalga oshirishga yordam beradigan ba’zi fikrlar:

  • Farzandlaringizga chaqaloqlar haqidagi ertaklarni o’qib bering. Rasmlar ko’rsating va oilangiz qanday qilib kattalashib borayotgani haqida gapirib bering.
  • Ularga o’zlarining chaqaloqlik davridagi suratlarini ko’rsating.
  • Farzandingiz chaqaloq ona qornidan turib, harkatlanayotganligini va tepayotganligini seza olishi uchun ularga ona qorniga tegishga ruxsat bering. Siz hatto shifokor yoki akusherga tashrif buyurganingizda bolalaringizni ham o’zingiz bilan birga olib borib, ularga chaqaloqning yurak urishini tinglashga imkon berishingiz mumkin.
  • Bo‘lajak chaqaloqqa tayyorgarlik ko’rish jarayoniga ularni ham jalb qiling. Uyingizni tayyorlashda, chaqaloqlar uchun kerakli buyumlar sotib olishda va uyni bezashingizda farzandlaringizning yordamidan ham foydalaning.
  • Farzandlaringiz bilan bo’lajak chaqaloq dunyoga kelganda qanday o’zgarishlar bo’lishini kutayotganliklari haqida gaplashing.
  • Agar farzandlaringiz yangi tug’ilgan chaqaloq haqida qayg’urayotgan bo’lsa, ular bilan qanday tashvishlar haqida o’ylashayotgani haqida suhbatlashing va ularni tinchlantiring. Ularga ko’proq mehr bering va quchoqlang. Shuningdek, ijobiy tomonlariga e’tibor qarating, masalan, ularga yana bir sevimli uka yoki singil dunyoga kelishi kutilayotganligini tushuntiring.

Farzandingizga oilada yangi bola tug’ilishi qanday bo’lishi haqida tushuncha berish ham yaxshidir.

  • Iloji bo’lsa, do’stlaringiz va ularning yangi tug’ilgan chaqaloqlari bilan birga vaqt o’tkazib turing. Farzandlaringiz yangi tug’ilgan chaqaloqlarning juda uyquchi bo’lishini, ularga g’amxo’rlik qilish kerakligini va ular bir zumda birga o’ynab ketadigan do’stlar bo’lolmasligini tushunib yetishi lozim!
  • Farzandlaringizga chaqaloq o’z ehtiyojlari mavjud bo’lgan alohida bir kichkina odamcha ekanligini anglating.
  • Farzandingizni boshqa bolalar bilan muloqot qilish va o’ynashga undang. Bu bolangizga yangi aka-uka, opa-singillari bilan yaxshi munosabatda bo’lish uchun kerakli ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ehtimol, siz bolalar o’yiniga qo’shilishingiz yoki butun oila a’zolarni jamlab, ham kattalar, ham kichiklar bilan birgalikda vaqtingizni maroqli o’tkazishingiz mumkin.
Agar sizning farzandingiz hojatxonadan mustaqil foydalanishga yoki katta to’shakda yotishga tayyor bo’lsa, bu o’zgarishlarni chaqaloq tug’ilishidan oldin boshlang yoki chaqaloq tug’ilganidan ma’lum vaqt o’tganidan so’ng amalga oshiring.

Kasalxonada qolish vaqtida

Ona tug’ruq tufayli kasalxonada qoladigan bo’lsa, farzandlarni tinchlantirishga, xavotirlanmasliklariga yordam beradigan ba’zi fikrlar:

  • Farzandlaringizga ularning onasi kasalxonada bo’lganida kim ularga g’amxo’rlik qilishini tushuntiring. Agar ular enagani yaxshi tanimasalar, ularga bunga ko’nikish uchun vaqt kerak bo’ladi.
  • Bolalaringiz yotog’i oldida turishi uchun oilaviy fotosuratlar chiqartirib qo’ying.
  • Iloji boricha bolalarning odatdagi kundalik tartibi saqlanishiga sharoit yarating. Bu ularga o’zlarini xavfsizroq his qilishlariga yordam beradi.
  • Kasalxonada qolish vaqtida ona va bolalar o’zaro aloqada bo’lishlari kerak. Agar ona ham, chaqaloq ham sog’lom bo’lsa, bolalar onasini ko’rib turishi uchun tashrif buyurib turishi kerak.
  • Farzandlaringiz oldingizga tashrif buyurgan paytida o’zlarining o’zgacha va sevikli ekanliklarini his eta olishlari lozim. Farzandlaringizga ularni ko’rganingizdan qanchalik xursand ekanligingizni ayting.

Chaqaloq uyga kelganda

Quyidagi g’oyalar yangi tug’ilgan chaqalog’ingiz uyga birinchi marta kelganida, qanday yo’l tutish kerakligini tushuntiradi:

  • Yangi tug’ilgan chaqaloqni birinchi marta tanishtirishdan oldin bolalaringizni (ayniqsa, ular hali kichkina bo’lishsa) mehr bilan mahkam quchoqlang.
  • Agar oila a’zolaringiz va do’stlaringiz yangi tug’ilgan chaqaloqqa sovg’a olib keladigan bo’lsalar, ularga boshqa bolalaringiz uchun ham biron-bir kichik sovg’a olib kelishini tayinlang. Sizning o’zingiz ham farzandlaringiz uchun kichik sovg’a olishingiz va sovg’ani yangi tug’ilgan chaqaloq nomidan berishingiz mumkin. Yosh bolalar sovg’a sifatida kichkina qo’g’irchoq olishni xohlashlari mumkin. Ular qog’irchoqlarni o’zlarining shaxsiy “chaqalog’i”dek ko’rishadi.

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Homiladorlikda bel og’rig’i — sabablari, xavfli va normal holatlar, davolash

Homiladorlikda bel og’rig’i — sabablari, xavfli va normal holatlar, davolash

31/03/2022
Sog'lom munosabatlar va homiladorlik

Sog’lom munosabatlar va homiladorlik

13/11/2021
Homiladorlik

Homiladorlik, jinsiy aloqa va munosabatlar: ayollar uchun

06/04/2022
Homiladorlik paytida jinsiy munosabat

Homiladorlik paytida jinsiy munosabat

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

1 yil avval
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

1 yil avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval
Sistit kasalligi va uning davolash usullari

Bolalarda sistit kasalligi, alomatlari, va uni davolashning yo’llari

4 yil avval
Davn sindiromi

Daun sindromi kasalligi nima?

4 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

3 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz