Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 1-3 yosh Xulq-atvori Kichkintoyning fe'l-atvorini tushunish

Temperament: u nima va u nega muhim?

Bolalarning xulq-atvorini tushunish (0-8 yosh)

da Kichkintoyning fe'l-atvorini tushunish
O'qish vaqti:5 daqiqa o'qildi
A A
0
Temperament

Umumiy mazmuni:

  • Temperament bu bolangizning atrof-muhitga bo’lgan o’z munosabati.
  • Temperament bolangizning o’z his-tuyg’ularini boshqara olishi, xulqini nazorat qilishi va yangi odamlar davrasida o’zini qanday his qilishiga ta’sir etadi.
  • Siz bolangizning temperamentiga mos bo’lgan tarbiya vositalaridan foydalanib, uning rivojlanishini ta’minlay olasiz.

Temperament o’zi nima?

Temperament bu bolangizning atrof-muhitga bo’lgan munosabatidir. Siz bolangizning temperamentini quyidagi sifatlarning qay biri bolangizda ko’proq uchrashiga qarab aniqlay olasiz:

  • Reaksiya bildirish: bu bolangizning zavqli voqea-hodisalarga yoki istagan narsasiga erisha olmaslikka qanchalik kuchli munosabat bildirishi bilan o’lchanadi. Reaksiya bildiruvchi bolalar kuchli hissiyotga ega bo’lishadi.
  • O’z xulqini nazorat qilish: bu bolangizning o’z xulq-atvorini qanchalik boshqara olishi bilan o’lchanadi. Bunda ularning his-tuyg’ulari ham, e’tiborlarini jamlay olishlari va qanchalik qat’iy ekanliklari ham nazarda tutiladi.
  • Kirishuvchanlik: bu bolalarning yangi odamlar davrasida yoki yangicha hodisalar ro’y berganda o’zlarini qanchalik qulay his qilishlari bilan o’lchanadi.

Bolalar temperamentlari bilan birga dunyoga kelishadi va siz ham ehtimol farzandlaringizning go’daklik paytidanoq qanday temperamentga egaliklarini sezgan bo’lsangiz kerak. Misol uchun, “Zaynab judayam kirishimli” yoki “Odil tartibni yoqtiradi”.

Temperamentdagi har xillik tufayli bolalar bir-biridan ajralib turishadi. Masalan, sizning farzandingiz ozmi-ko’pmi reaksiya bildiruvchi, ma’lum darajada o’zini nazorat qila oluvchi yoki kirishuvchan bo’lishi mumkin.

Tarbiya vositasini bolaning temperamentiga moslash

Siz bolangizning temperamentini o’zgartira olmaysiz. Bolangiz qanday tug’ilgan bo’lsa, shunday va bu juda ham yaxshi.

Lekin siz bolangizning temperamentiga mos bo’lgan tarbiya vositalaridan foydalanib, uning rivojlanishiga ozuqa bera olasiz. Siz uning temperamentidagi ijobiy hislatlarini rivojlantirishida yordam berishingiz mumkin. Shuningdek, bolangizning temperamenti tufayli muayyan vaziyatlar uni qiynab qo’yishi mumkinligini ham tushuna olasiz. Siz esa unga shunday vaziyatlarni qanday bartaraf etishga ham ko’maklasha olasiz. Quyida bolangizning temperamentiga mos bo’lgan bir nechta tarbiya vositalari keltirilgan.

Reaksiya bildiruvchi temperamentga ega bolalarni tarbiyalash

Agar bolangiz ko’p reaksiya bildirsa:

Demak, farzandingiz yaxshi narsalar sodir bo’lganda juda quvnoq bo’lib qoladi. Bordi-yu nimadandir xafa bo’lsa, masalan, istagan narsasiga erisha olmasa, baland ovozda baqirishi yoki yig’loqilik qilishi ham mumkin. U holda siz bolangizga xotirjamlik bilan reaksiya bildirishni o’rgatishingiz kerak bo’ladi. Masalan, jahlni bosuvchi so’zlarni ishlatib, ularni tinchlantirish mumkin.

Ko’p reaksiya bildiruvchi bolalar jismonan faol bo’lishadi va ko’p vaqtini ko’chada o’tkazishlari mumkin. Siz bolangizga qandaydir bir sport turi bilan shug’ullanishni boshlashida ko’maklashishingiz mumkin. Shu bilan birga, bolangizga qanday qilib hordiq chiqarishni ham o’rgatishingiz zarur. Buni esa bolangiz uxlashga yotishidan oldin turli usullar yordamida amalga oshirishingiz mumkin.

Agar bolangiz kam reaksiya bildirsa:

Demak u bilan chiqishib ketish nisbatan oson, lekin ularning o’ziga bo’lgan ishonchi kamroq bo’lishi mumkin. Siz qanday qilib uni yaxshi ma’noda o’ziga ishongan qilib tarbiyalash usullarini bilishingiz kerak. Masalan, agar siz uning qandaydir vaziyatlarda o’zini ojiz his qilayotganini sezsangiz, unga o’sha vaziyatlarga boshqacha yondashishni o’rgatishingiz mumkin.

Shuningdek, kamroq reaksiya bildiruvchi bolalar oilaviy muzokaralar paytida bir chetda qolib ketmasliklari lozim. Misol uchun, “Jasur, sen hech nima demanding-ku. Aylangani shanba kuni borsak bo’ladimi?”

Kam reaksiya bildiruvchi bolalar, shuningdek, jismonan faol bo’lmasliklari mumkin. Biroq farzandingiz o’z ichki kuchini muayyan qobiliyatini rivojlantirishga bag’ishlay oladi. Masalan, u qog’ozdan buyumlar yasashi yoki rasm chizishi mumkin. Shunday bo’lsada, ularni jismoniy mashg’ulotlarga ham jalb etishni unutmang. Misol uchun, rasm chizishga qo’shimcha ravishda, bog’ingizdagi to’kilgan barglardan yig’ib kelishini aytishingiz mumkin. Yoki do’konga mashinada borishning o’rniga, birgalikda piyoda borishingiz mumkin. Bu o’zaro munosabatlarni yaxshilash uchun ham nihoyatda qo’l keladi.

O’z-o’zini nazorat qiluvchi temperamentga ega bolalarni tarbiyalash

Agar bolangiz ko’proq nazorat qiluvchi bo’lsa:

Demak u asabiylashganida yoki zavqlanganida, xotirjamlikni saqlab qolishning uddasidan chiqa oladi. Ular qiziqarli yoki ranjituvchi vaziyatlardan so’ng tezroq o’zlarini bosa olishadi va ular kamroq beriluvchan bo’lishadi.

O’zini ko’proq nazorat qiluvchi bola o’z e’tiborini ko’proq jamlay olishi ham mumkin. Misol uchun, ular biron nimaning uddasidan chiqmaguncha to’xtovsiz urinishadi, shuningdek , ishlarni kechiktirmasdan bajara olishlari va uyga vazifalarni ham ko’p yordamsiz o’zlari qila olishadi. Lekin ular perfeksionist (hamma narsa mukammal bo’lishini istaydigan odam) bo’lishlari ham mumkin, shunday ekan, ularga ba’zida xato qilib turish yomon narsa emasligini o’rgating.

Agar bolangiz kamroq nazorat qiluvchi bo’lsa:

Demak ular murakkab vazifalarni bajarishda sizning qo’llab-quvvatlashingizga zarurat his qilishadi. Bunday bolalar bir faoliyatdan boshqa biriga osonlik bilan o’ta olishadi. Ular shuningdek juda yaratuvchan bo’lishlari ham mumkin. Bolangiz e’tiborni bir joyga jamlashni o’rganishi uchun, mukofotlash usulini qo’llab ko’ring, yoki qilayotgan ishini qiziqarliroq qilish maqsadida har xil quvnoq o’yinlardan foydalaning.

Kirishuvchan temperamentga ega bolalarni tarbiyalash

Agar bolangiz ko’proq kirishuvchan bo’lsa:

Demak ularga boshqalar bilan birga bo’lish, o’yinlar o’ynash va guruh mashg’ulotlari bilan shug’ullanish yoqadi. Lekin har doim ham bolangiz uchun o’yinlar va guruh mashg’ulotlarini tashkillashtirib berishingiz shart emas, chunki bolangiz o’zi bilan o’zi ovora bo’lib yurishni ham bilishi kerak.

Ko’proq kirishuvchan bolalar, shuningdek,  juda moslashuvchan ham bo’lishadi va ular har qanday o’zgarishni kundalik odatlariga aylantira olishadi. Agar bolangizga har xil mashg’ulotlar topib bera olsangiz bu juda yaxshi, lekin u bilan birga vaqt o’tkazishni ham kanda qilmasligingiz kerak.

Agar bolangiz kamroq kirishuvchan bo’lsa:

Demak, u bir o’zi o’ynashni afzal biladi va boshqacha faoliyat turini ham o’zi uchun o’zi topa oladi. Lekin siz bolangizga do’stlar orttirishida yordam berishingiz zarur. Misol uchun, agar farzandingiz guruhda yoki ziyofatlarda o’zini noqulay his qilsa, siz bolangizning bir yoki ikkita do’sti bilan o’yin o’ynashini tashkillashtirib berishingiz mumkin. Buni o’z uyingizda yoki xiyobonda amalga oshirsangiz bo’ladi.

Agar farzandingiz unchalik ham moslashuvchan bo’lmasa, unga odatda bir xil ishlarni bajarish yoqadi va natijada boshqacha vaziyatlarda qiyinchilikka duch kelishlari mumkin. Siz esa bolangizning odatlanib qolgan faoliyatlari orasida har xil mashg’ulotlarni tashkil qilishingiz va unga o’zgarishlarni qanday qilib qabul qilishni o’rgatishingiz mumkin.

Bolangizning temperamenti siznikidan farq qilishi mumkin. Ba’zi ota-onalar uchun o’ziniki bilan bir xil bo’lgan temperamentli bolalarni tushunish va ularga g’amxo’rlik qilish oson bo’ladi. Misol uchun, agar siz bir xillikni yoqtirsangiz, muntazam uyqu talab qiladigan bolaga osonlikcha g’amxo’rlik qila olasiz. Ammo sizga turli ishlarni o’zingiz istagan paytda qilish yoqsa, demak, bolangizning bir xillikni yoqtirishiga ko’nikishingiz uchun ko’p vaqt ketadi.

Temperament qanday o’zgarishi mumkin?

Bolangiz voyaga yetgani sayin, uning temperamentida bir qadar o’zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bu asosan bolangiz boshidan o’tkazgan voqea-hodisalar uning xulq-atvoriga ta’sir etishi natijasida sodir bo’ladi. Misol uchun, maktabda e’tiborni bir yerga jamlay olmagan bola ulg’ayib, biznes uchrashuvlarida e’tiborini jamlay oladigan insonga aylanishi mumkin. Bu esa ular ulg’aygani sari o’zlashtirgan shijoatlari yoki chalg’ituvchi vositalarni yengishni o’rganganliklari tufayli sodir bo’lishi mumkin.

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Virtual autizm ‒ bolajonlarga xavf tug‘dirmoqda

Virtual autizm ‒ bolajonlarga xavf tug‘dirmoqda

31/03/2022
Vaqt ajratish

Vaqt ajratish: bolalarni tinchlantirishga yordam berish usuli

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Bolaga tamg’a bosmang

06/04/2022
Bolalar va o’spirinlarda o’zini-o’zi nazorat qilish

Bolalar va o’spirinlarda o’zini-o’zi nazorat qilish

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

10 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

10 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

10 oy avval
0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

1 yil avval
37 haftalik homila

37 haftalik homila

1 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish