Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 1-3 yosh Xulq-atvori Kichkintoyning fe'l-atvorini tushunish

Bolalar va o’spirinlarda o’zini-o’zi nazorat qilish

1 - 18 yoshlilar uchun

da Kichkintoyning fe'l-atvorini tushunish
O'qish vaqti:5 daqiqa o'qildi
A A
0
Bolalar va o’spirinlarda o’zini-o’zi nazorat qilish

Umumiy mazmuni

  • O’z-o’zingizni nazorat qilish bu – o’z xulq-atvoringiz va munosabatingizni tushunib boshqara olish.
  • O’zini nazorat qila olish bolalarga va o’spirinlarga yangi bilimlarni o’rganishga, tartibga rioya qilishga, boshqalar bilan chiqishib ketishga va mustaqil bo’lishga yordam beradi.
  • O’zini nazorat qila olish bolalarda 6-8 yoshlarda keskin rivojlana boshlaydi va u ulg’ayganda ham davom etadi.
  • Bolangizning o’zini nazorat qila olish qobiliyatini u bilan suhbatlashish, ishlarni birgalikda rejalashtirish, muammolarni hal qilishni o’rgatish va nihoyat, yaxshi o’rnak bo’lish orqali rivojlantira olasiz.

O’zini-o’zi nazorat qila olish nima?

Bu o’z xulq-atvoringizni va atrofingizda sodir bo’layotgan hodisalarga bo’lgan munosabatingizni tushunib boshqara olish qobiliyati hisoblanadi.

Bunga quyidagi sifatlarni kiritish mumkin:

  • asabiylashgan, zavqlangan, g’azablangan va hijolatga tushgan paytdagi munosabatingizni nazorat qila olish;
  • zavqli yoki ko’ngilni xira qiluvchi voqeadan so’ng tezda o’zini bosa olish;
  • biror vazifaga e’tiborini qarata olish;
  • yangi vazifaga o’tganda yana e’tiborni jamlay olish;
  • impulsni nazorat qila olish (ya’ni nimagadir tezda berilib ketmaslik yoki berilib ketsa oldini olish);
  • boshqalar bilan chiqishib ketishingizga yordam beradigan xulq-atvorga ega bo’lish.

O’zini nazorat qila olish nega muhim?

Bolangiz ulg’aygani sayin o’z-o’zini nazorat qila olish unga quyidagilarni amalga oshirishda yordam beradi:

  • maktabda yaxshi o’rganish, chunki o’zini nazorat qila olish bolangizga sinfxonada o’tirish va tinglay olish qobiliyatini beradi;
  • o’zini ijtimoiy jihatdan to’g’ri tutish, chunki o’zini nazorat qila olish bolangizga impulsni nazorat qilishda yordam beradi;
  • do’stlar orttirish, chunki o’zini nazorat qila olish bolangiz o’rtoqlari bilan o’ynayotganida yoki suhbat qurayotganida, boshqalarga navbat berish, o’yinchog’ini berib turish va o’z hissiyotlarini to’g’ri ifodalay olishiga yordam beradi;
  • mustaqil bo’lish, chunki o’zini nazorat qila olish bolangizga muayyan vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishiga va natijada yangicha vaziyatlarda o’zini qanday tutishni sizning yo’rig’ingizsiz ham qaror qila olishiga yordam beradi.

O’zini nazorat qila olish qachon va qanday rivojlanadi?

Bolalar o’zini nazorat qila olish qobiliyatini iliq va tushunuvchan sharoitlarda rivojlantira olishadi. Shuningdek, ular atrofdagi kattalarning xulq-atvorini kuzatib ham o’rganishadi.

O’zini nazorat qila olish bolalarda chaqaloqlik paytidan boshlanadi. Bu ko’pincha 1-6 yosh oralig’ida rivojlanadi, ammo u ulg’ayganda ham rivojlanishda davom etadi.

Misol uchun, chaqaloqlar o’zlarini qulay his qilishlari uchun barmoqlarini so’rishlari va charchagan paytlarida uzoq-uzoqlarga boqishlari mumkin.

1-3 yoshlar orasidagi bolalar ovqat va o’yinchoqlarini tezroq olgilari keladi. Ammo ular o’ynashni xohlagan o’yinchoqlari boshqa bir bolaning qo’lida bo’lsa, o’sha o’yinchoqni undan tortib olishlariyam mumkin. Bunday bolalar kuchli hissiyotlarga berilib ketganda, birdaniga o’jarliklari ham tutib qolishi mumkin.

3-6 yoshlar orasidagi bolalar boshqa bolalar bilan o’ynashni va o’zlarini muayyan vaziyatda qanday tutish kerakligini endigina tushuna boshlagan bo’lishadi. Masalan, bunday bolalar hamma kinofilm tomosha qilayotgan paytda past ovozda gapirish kerakligini bilishadi.

Maktab yoshidagi bolalar o’z xohish-istaklarini yaxshiroq nazorat qila olishni, boshqalarning xohish-istaklarini ham tasavvur qila olishni va vaziyatning ikkala tomonini ham ko’ra olishni endigina o’rgana boshlagan bo’lishadi. Bu degani, misol uchun, ular bahs-munozarasiz ham boshqa bolalarning istagiga qarshi chiqa olishlari mumkin.

O’spirin va o’smirlar rejalar tuzishni, murakkab vazifalarni uddalay olishni, ijtimoiy tomondan to’g’ri harakat qila olishni va o’z xatti-harakatlari boshqalarga ham ta’sir qilishi mumkinligini yaxshi biladigan bo’lishadi. Misol uchun, sizning o’smir bolangiz ko’chada o’ynash bo’yicha qo’ygan cheklovlaringizni muzokara qilishda sizning ham xohish-istaklaringizni inobatga olishga qodir bo’ladi.

Hamma narsani keskin va kuchli his qiluvchi bolalar, odatda, o’zlarini nazorat qilishga qiynalishadi. Ancha chiqishuvchan bolalarda esa bunday emas. Hatto katta yoshdagi bolalar va o’smirlar ham ba’zida o’zini nazorat qilishga qiynalishi mumkin.

Bolalar va o’smirlarga o’zini qanday nazorat qilishni o’rgatish

Quyida siz bolangizga o’zini nazorat qilishni o’rgatish bo’yicha bir nechta tavsiyalarni ko’rishingiz mumkin:

  • Bolangizning o’z hissiyotlarini tushunish va boshqara olish qobiliyati ustida ishlang.
  • Go’daklarni tinchlantirish, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni tinchlantirish, o’spirin va o’smirlarni tinchlantirish usullaridan foydalaning.
  • Yoshi kichik bolangiz o’zini sinab ko’rishi mumkin bo’lgan murakkab vaziyatni rejalashtiring. Misol uchun, bolangizga shunday deng: “Biz hozir boradigan do’konda darrov sinib qoladigan narsalar juda ko’p. Ularni tomosha qilsang mayli, lekin iltimos, ularga tegma.” Keyin esa do’konga kiraverishda bolangizga mayinlik bilan eslatib qo’ying: “Faqat tomosha qilamiz, bilasan-a?”
  • O’spirin va o’smir yoshidagi bolangizni muammolarni hal qiladigan yoki muzokarali vaziyatlarga qo’yib ko’ring. Misol uchun, unga shunday deng: “Men shu hafta oxirida ham ishda bo’laman, shunday ekan, sen ko’p zerikib qolishing mumkin. Lekin o’zing bir o’ylab, vaqtingni nimalar bilan o’tkazishni reja qilib ko’rgin-chi.”
  • Bolangiz o’zini nazorat qilishning yoki murakkab vaziyatdan chiqib ketishning uddasidan chiqqanda uni maqtab qo’ying. Misol uchun, “Barakalla, o’z navbatingni sabr bilan kutib turding” yoki “O’rtog’ing so’ragan narsani unga berib turganing menga juda ham yoqdi.”
  • Bolangizga o’zini nazorat qila olishni o’rnak bo’lish orqali o’rgatishga harakat qiling. Masalan, unga ayting: “Jon deb bog’dagi ishlarni qilaverardim, lekin hozir yig’ishtirib olmasam, seni futbol o’yiniga vaqtida oborolmayman” yoki “Buni yaxshisi kalendarga yozib qo’yay, aks holda, unutib qo’yishim mumkin”.
Siz bolangizdan kutadigan xulq-atvor uning yoshi va rivojlanish davriga monand bo’lishi kerakligini unutmang. Bu bilan bolangiz aslida undan nimalar kutayotganingizni tushunmaslik va bundan asabiylashish holatlarining oldini olgan bo’lasiz.

O’zini nazorat qilishda uchraydigan muammolar

Ba’zi-ba’zida har xil narsalar bolangizning o’zini nazorat qilishiga to’sqinlik qilishi mumkin.

Misol uchun, charchoq, kasallanish yoki bolaning kundalik ishlaridagi o’zgarishlar uning munosabati va xulq-atvorini nazorat qilish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, ba’zi bolalar bog’chada, maktabda yoki sport mashg’ulotlarida o’zlarini yaxshi nazorat qila olishlari, ammo uyda buning uddasidan chiqa olmasliklari mumkin. Boshqa bolalar esa supermarket kabi shovqin, tirband joylarda o’zlarini nazorat qilishga qiynalishadi. Bolalar ulg’aygani sayin o’zlarini nazorat qilishlari ham murakkablashib boraveradi, ayniqsa, ularning ko’plab uyga vazifalari yoki insonlar bilan munosabatda uchraydigan muammolari bo’lsa.

Bunday muammolar odatiy holdek ko’rinishiga qaramasdan, bordi-yu farzandingizning xulq-atvori haqida xavotirda bo’lsangiz, mutaxassis bilan bog’lanish tavsiya qilinadi. Misol uchun, oilaviy shifokor bilan yoki farzandingiz maktabidagi tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’qituvchi bilan bog’lanishingiz mumkin.

Agar quyidagilarni o’z farzandingizda uchrata boshlasangiz, mutaxassis bilan bog’lanib ko’ring:

  • tengqurlariga qaraganda ko’proq o’jarlik qilsa yoki xulq-atvori qiyinroq bo’lsa;
  • ulg’aygani sayin o’zini yanada qiyin va nazorat qilib bo’lmaydigan darajada tuta boshlasa;
  • o’ziga va boshqalarga xavf keltirishi mumkin bo’lgan ishlarni qila boshlasa;
  • tarbiyalash va ijobiy tomonga o’zgartiruvchi vositalaringiz ish bermayotgan bo’lsa;
  • juda ham odamovi va boshqalar bilan chiqisha olmaydigan bo’lsa;
  • tengqurlari qatori bir xil ijtimoiy qobiliyatlarga egadek ko’rinmasa yoki suhbatlashishga qiynalsa.
Agar bolangizda murakkab xulq-atvor yoki qandaydir nogironlik bo’ladigan bo’lsa, mutaxassis bilan bog’laning. Mutaxassislar sizga bolangizning xulq-atvori va o’zini nazorat qila olishini yaxshilash usullari bo’yicha tavsiya berishadi.

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Virtual autizm ‒ bolajonlarga xavf tug‘dirmoqda

Virtual autizm ‒ bolajonlarga xavf tug‘dirmoqda

31/03/2022
Vaqt ajratish

Vaqt ajratish: bolalarni tinchlantirishga yordam berish usuli

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Bolaga tamg’a bosmang

06/04/2022
Temperament

Temperament: u nima va u nega muhim?

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish