Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Kattalar Oilaviy hayot

Oilaviy psixolog maslahatlari

da Oilaviy hayot
O'qish vaqti:3 daqiqa o'qildi
A A
0
farzand tarbiyasi

farzand tarbiyasi

 

Ota-ona, ko’pincha, bolasining jismoniy salomatligi uchun ko’p qayg’uradi-yu, lekin ruhiy salomatligi haqida o’ylamaydi. Bolaning ruhiy salomatligi — psixikasi o’ta nozik bo’lib, uning sinishi kelajakdagi ko’plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Uzbaby.uz saytida bolaning ruhiy holati — psixologiyasiga oid savollarga oilaviy psixolog, shifokor-endokrinolog, bolalar psixologi Abdullayeva Robiya Usmonjonovna o’z maslahatlarini beradilar.

 

  1. Bolaning psixikasi necha yoshdan boshlab rivojlanadi?

Bolaning psixikasi homila bo’lgan ilk davridan boshlanib rivojlanadi.

  1. Bolaning jismoniy salomatligi bilan psixikasi orasida qanday bog’liqlik bor?

Bolaning psixikasi qanchalik sog’lom bo’lsa, uning jismoniy holati ham shunchalik mukammal bo’ladi.

  1. Bola psixikasini buzishning eng oson davri necha yoshiga to’g’ri keladi?

Bolaning ruhiy salomatligiga 5 yoshgacha nihoyatda ehtiyot bo’lish kerak. Bu davrgacha bo’lgan bolaning psixikasini buzish oson. Asorati esa butun umr davomida namoyon bo’ladi.

  1. Bola ota-onaga umuman quloq solmasligining asosiy sababi nima?
  • ortiqcha qattiqqoʻllik bilan tarbiyalash;
  • ko’p urishish va tanbeh berish;
  • yoshiga nisbatan ko’proq talab qilish.
  1. Bola dars qilishni istamasligining sababi nima?

Bolaga undan talab qilinayotgan narsa to’g’ri va aniq tushuntirilmayotgani.

  1. Bolaning do’stlari kam bo’lib, o’ziga berkinishining sababi nima bo’lishi mumkin?

muloqot qila olmasligi (uyda u bilan muloqot qilinmaydi);

qo’rqoqlik (bola o’ziga ishonmaydi).

  1. Bola o’z ko’rinishidan, uyidan yoki ota-onasidan uyalsa nima qilish kerak?

Bolaning ota va, ayniqsa, onasi psixolog bilan ishlashi kerak. Muammoning sababi — noto’g’ri tarbiya va munosabat.

  1. Bola bilan jinsiy madaniyat haqida qachon gaplashish kerak?

Jinsiy gigiyena haqida 2 yoshdan, jinsiy munosabatlar haqida o’smirlik davridan boshlab gaplashsa bo’ladi.

  1. Bolaning uyda yaxshi yurib, birovlarning oldida injiqlik qilishining sababi nima va uni qanday hal qilish mumkin?

Odatda, bunday bolalarga uyda ko’p narsa man etiladi. Ular o’z niyatlariga birovlarning oldida erisha oladilar. Bunday vaziyatda uydagi munosabatni o’zgartirish talab etiladi.

  1. O’g’il bolani tarbiya qilishda eng muhimi nima?

Otaga nisbatan hurmatni his ettirish.

  1. Qiz bolani tarbiya qilishda eng muhimi nima?

Onasi va onasining hayoti unga namuna bo’la olishi.

  1. Bola yomon so’zlarni ishlatsa, qanday yo’l tutish kerak?

Avallambor, uyda unday so’zlarni ishlatishni yo’q qilish, agar ko’chada o’rganayotgan bo’lsa, so’z kuchi qanday ekanligi haqida unga tushunarli tilda aytib berish lozim.

  1. Bola ota-onadan ruhan uzoqlashib ketayotgan bo’lsa, nima qilsa bo’ladi?

Aslida, bu holat oilada ota-ona bir-biridan uzoqlashayotganidan dalolat beradi.

  1. Qaysi so’zni bolaga nisbatan ishlatish ASLO mumkin emas?

Haqorat!

  1. Ikki farzandning bir-biri bilan urushishiga, ota-onasini rashq qilishiga qarshi nima qilsa bo’ladi?

Aslida sababsiz rashq bo’lmaydi, rashq qilayotgan bo’lsa, demak unga mehr yetmayapti.

  1. Bolani urmaslik uchun nima qilsa bo’ladi?

Bolani urish – bu o’zini urish degani. Inson o’zidan qoniqishni o’rganishi kerak.

  1. Bolada maktabda yoki bog’chada biron muammo bo’lib u yerga borishni istamasa, ota-ona qanday yo’l tutishi kerak?

Muammoni aniqlash va birinchi navbatda bolaga yordam berish.

  1. Bola o’g’irlik qilgan bo’lsa (uydan pul olish, do’stini telefonini so’ramasdan olib kelish va hokazo), nima qilish kerak?

O’g’irlik bu ota-onaga ko’rsatilayotgan qarshilikdir. Bolaga ota-ona unga nisbatan qilayotgan tarbiya va munosabatda biron narsa juda yoqmayapti.

  1. Bola ko’p aldaydigan bo’lsa, kim aybdor?

Bolani aldashga asosan ikki sabab undaydi: qo’rquv va o’ziga ishonmaslik.

  1. Bolani baxtli qilib katta qilish uchun 3 asosiy yo’l?

Bunga bir yo’lning o’zi kifoya – ota-onaning baxtli bo’lishi.

  1. Toshkentda bolalar psixologini qaerdan topsa bo’ladi? (bog’cha psixologidan tashqari)?

Respublika malaka oshirish institutidan, «Avloniy» markazidan va shahar malaka oshirish markazlaridan.

  1. Psixologdan haqiqatda foyda kelayotganini qanday bilsa bo’ladi?

Bola psixologga borishni boshlaganidan 1-2 oy o’tgach bolaning kutilayotgan tomonga o’zgarishi namoyon bo’lishi kerak.

  1. Bolada jismoniy nuqsonlari bo’lsa, uni psixikasi sinmasligi uchun nima qilsa bo’ladi?

Ota-ona uni boshqa bolalaridan ajratmay, unga achinmasligi kerak.

  1. Bolaga kun mobaynida aytish kerak bo’lgan 3 so’z?
  2. Men seni sevaman;
  3. Sen eng ajoyibsan;
  4. Sen mening xursandchiligimsan

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

farzand tarbiyasi

Asabiy ona

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Bolalar psixologiyasi

06/04/2022
Bolalar xarakteri

Bolalar xarakteri

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Bolangizni qanchalik tushunasiz?

06/04/2022
Bolangiz bilan muomalangiz

Ota-onalarga maslahatlar

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

10 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

10 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

10 oy avval
0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

1 yil avval
37 haftalik homila

37 haftalik homila

1 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish