Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Kattalar Oilaviy hayot

Bolangizni qanchalik tushunasiz?

da Oilaviy hayot
O'qish vaqti:4 daqiqa o'qildi
A A
0
farzand tarbiyasi

farzand tarbiyasi

Hech bir ota-ona bolasini urib yoki urishib katta qilishni istamaydi. Biroq hech kimga sir emaski, bolasini biror marta urmagan ota-ona juda kam. Farzandimizni uramiz, keyin esa aynan urganimiz uchun o’zimizni koyib, bolalarimizga achinamiz. «Bolamni urgim kelmaydi, bolamni urishgim kelmaydi, lekin o’zi shunga majbur qiladi», deb o’zimizni oqlaymiz.

Biz hozir nega ota-ona bolasini jazolashi haqida emas, balki qanday qilib bolani urmaslik yoki urishmaslik mumkinligi haqida suhbatlashmoqchimiz. Axir bolaning ba’zi qiliqlari, faoliyati, gaplari uni jazolashga majburlaydi-ku…

Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bolani jazolashga yuzlab omillar sababchi bo’lar ekan. Qizig’i shundaki, biror omil ham bolaga taalluqli emas, ya’ni jazolashga bolaning o’zi hech qachon sababchi bo’lmas ekan.

Qanday qilib? Axir u oynani sindirib yubordi, u 4 soatdan beri kompyuterdan boshini ko’tarmayapti, u qo’shni bolaning sochini yuldi, u onasining atir-upasini to’kib yubordi, aynan u muzlatkichdagi ovqatni ag’darib ketdi, u televizorda yomon narsalar ko’radi, u yana u va yana u», deymiz, lekin bu faqat muammoning tashqi tomoni ekanligini tushunmaymiz.

Bolaning yuqoridagi «xatolari» muammo emas, balki chuqur muammoning bir ko’rinishi, xolos.

Bu chuqur muammo ota-ona bilan bola orasidagi munosabatning dars ketganligidir. Bola 2 yoshdami 20 yoshdami — har qachon ota-ona bilan munosabatda bo’ladi, ana shu munosabat izdan chiqsa, bola ko’p jazolanadigan bo’lishni boshlaydi.

Munosabatlar nega izdan chiqadi? Ota-ona bolasi deb shuncha ter to’ksa, mehnat qilsa, bor-yo’g’ini ayamasa, nega bola buni tushunmaydi?

Aslida, bola ota-onani emas, ota-ona bolani tushunishi kerak. Hamma bolasini sevadi, bolasi deb dunyo ishlarini qilishga tayyor bo’ladi, ba’zilar bolasi bilan g’ururlanadi, kimdir bolasini boshiga chiqarib oladi, lekin bolasini tushunadiganlar juda kam.

Bolani esa tushunish kerak. Seving, ardoqlang, himoya qiling, lekin tushunmasangiz hammasi bir pul. Bolaning tilini, dilini, ehtiyojini anglay olgan ota-ona har doim farzandi bilan yaxshi munosabatda bo’ladi.

Ikki oylik bola onasining qo’lidan olib karavotga yotqizilganda yig’laydi. «Kichkinagina bo’lib, halitdan qo’lni bilib, ota-onasini qiynaydi-ya» degan gaplar quloqqa chalinadi. Kulgili emasmi? Ikki oylik bola ota-onasining o’ynatishi yoki ularni o’zining yonida ko’proq ushlab turish uchun rejali ish qila olmaydi, balki qo’lda yurish 2 oylik bolaning jismoniy va psixologik ehtiyoji bo’lgani sababli shuni istaydi, xolos. Axir u go’dak, u hozir ayyorlikni qayerdan bilsin? U faqat o’z ehtiyojlarini qondirishni xohlaydi.

Uch yashar bolaga suv o’ynamaslikni ta’kidlaganingiz bilan imkoni bo’lsa, o’ynaydi, chunki u bola. U sizga o’xshab kamida 20 yil yashab, ko’p suv o’ynash natijasida kasal bo’lib qolish mumkinligi haqida hali tushunmaydi, aytsangiz ishonmaydi, u hozir miriqib o’z bolalik ehtiyojidan kelib chiqqan holda suvni o’ynamoqchi, xolos. Sizni ranjitish yoki jahlingizni chiqarish uchun emas, bola bo’lgani uchun!

Sakkiz yashar bola uy ishini qilishdan ko’ra, televizor oldidan keta olmayotgan bo’lsa, u aqlsiz, mas’uliyatsiz yoki ota-onasining gapiga kirmaydigan emas, u bolalik gashtini surishni istayotgan bir go’dak, xolos.

O’n besh yoshli bola uyga kech kelishni odat qilib, ota-onasining chizgan chizig’idan chiqib ketayotgan bo’lsa, bunga sabab ularning jig’iga tegish yoki ularga nisbatan behurmatlik ko’rsatish emas, balki o’smir yoshdagi bolaning shaxsiy psixologik ehtiyojlarini qondirish, xolos.

Unday bo’lsa, bolaga hamma narsa uchun ruxsat berib qo’yish kerakmi? Yo’q, albatta. Muhimi ruxsat berish yoki bermaslik emas, asosiysi bola biror ota-onasiga yoqmagan ish qilib qo’yganida uni jazolash emas, tushunish kerakligidir. Bolani tushungan ota-ona ruxsat bermaslik haqida o’ylamaydi, bolaga nega bu yaxshi emasligini tushuntirishni maqsad qiladi.

Bola yomon, aqlsiz, odobsiz bo’lgani uchun yoki ota-onasini o’ynatish maqsadida emas, balki bola bo’lgani uchun, ota-onasi unga to’g’ri yo’lni ko’rsata olmayotganliklari uchun, nihoyat, bolaning o’zi qiynalayotganligi uchun biror yomon ish qilib qo’yadi.

Bola gapga kirmaydigan bo’lib qoldimi, demak, u yordamga muhtoj.

Bolasini sevib turib uradiganlar juda ko’p. Bolani tushunishni o’rganing. Bolaning qilib qo’ygan ishiga baho berishdan oldin, u hali go’dak, psixologik jihatdan o’ta nozik inson ekanligini eslang. Xato qilib qo’ygan bo’lsa, sizni ranjitish yoki qiynash uchun emas, bola bo’lgani uchun qilganligini tushuning. Yomon narsani so’rab, injiqlik qilayotgan bo’lsa, aqli shunga yetmayotgani uchun emas, bola bo’lgani uchun istamoqda. Ellik marta bir narsa aytganingiz bilan qilmayotgan bo’lsa, maqsad sizni qiynash emas, balki bolalik ehtiyojini qondirish, xolos.

Agar har bir ota-ona bolani tushunishni o’rganib olsa, bolaga qo’yadigan talablari biroz yumshar edi, bolaning qilgan ishlari esa ota-onaga nisbatan behurmatlik sifatida emas, bolalikning belgilari sifatida qabul qilinar edi.

Bola yaxshi yo’ldan yurishini istagan ota-ona, birinchi navbatda, uni tushuna olishi kerak. Shundagina u bolaning ko’ngliga yo’l topa oladi, bolani qanday qilib shu holatda o’zgartirish mumkinligini o’ylab ko’radi.

«Bolamni zo’r bog’chaga berdim» yoki «bolamga eng zo’r telefon olib berdim», deb emas, bolamni juda yaxshi tushuna olaman, deb maqtaning.

 

Ota-onasi uni tushunayotganini his qilgan bola, o’z ehtiyojlarini ham ularga to’g’ri izhor eta oladi, o’z qarashlariga nisbatan hurmat ko’rgan bola, ota-onasining qarashlarini ham hurmat qila oladi.

Bolani aqlli, odobli, go’zal yoki boshqa bir yutuqlari uchun emas, bola bo’lgani uchun tushunish kerak. Bir oylik, 1 yoshlik, hatto 25 yoshlik bola ham ota-onasining tushunishini istaydi.

Bir eslang, 1 oylik bola yig’layotganda uni tushunib sut bersangiz, qanchalik xursand bo’ladi…har doim shunday. Faqat bola katta bo’lgani sari ehtiyojlari sutdan ko’ra ancha kattalashib boradi.

Shunda ota-ona unga xuddi 1 oylikligidagidek ehtiyojini qondira olsa yoki buning iloji bo’lmay bolaga muammo mohiyatini uning holati va istagini anglagan holda tushuntira olsa, bu bolalik ehtiyoji, qolaversa, ota-onaning maqsadi bolani koyish emas balki to’g’ri yo’l ko’rsatish ekanligini anglasa, bolani jazolashga ehtiyoj qolmaydi.

Qishning sovuq kunida muzqaymoq so’rayotgan bolaga: «Aqling bormi seni, qishda kim muzqaymoq yeydi?» yoki «Mumkin emas, dedimmi, demak, mumkin emas», deyishdan ko’ra «Seni tushunyapman, muzqaymoq juda mazali bo’lgani uchun uni yeging kelyapti, kel, yana ozgina kutaylik hech bo’lmasa bahor kelsa, olib beraman», deb ko’ring. Natijada bola qanchalik sizdan minnatdor bo’lganini, muzqaymoq yemaslik tog’ri ekanini tushunib yetganini shu zahoti his qilasiz (Sizning holatingizdan kelib chiqib boshqa shunga o’xshash javob topishingiz mumkin. Muhimi bolaning ehtiyojini tushunganingizni unga ko’rsatishdir).

Bola hech qachon yomon bo’lmaydi, bolani tushuna olmay katta qilayotgan ota-onalar aybni o’zlaridan qidirishlari kerak.

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

farzand tarbiyasi

Asabiy ona

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Bolalar psixologiyasi

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Oilaviy psixolog maslahatlari

06/04/2022
Bolalar xarakteri

Bolalar xarakteri

06/04/2022
Bolangiz bilan muomalangiz

Ota-onalarga maslahatlar

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

1 yil avval
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

1 yil avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

3 yil avval
Sistit kasalligi va uning davolash usullari

Bolalarda sistit kasalligi, alomatlari, va uni davolashning yo’llari

4 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

3 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz