Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Homiladorlik Salomatlik va tetiklik Sog'lom homiladorlik: siz va bola

Homilaning o‘lik tug‘ilishi xavfini oldini olish

da Sog'lom homiladorlik: siz va bola
O'qish vaqti:4 daqiqa o'qildi
A A
0
Homilaning o'lik tug'ilishi

Homilaning o'lik tug'ilishi

Asosiy jihatlar

· Aksariyat ayollarda homiladorlik yaxshi kechadi, shunga qaramay o‘lik bola tug‘ilishi holatlari ham uchrab turadi. 

· Bolangizning harakatlarini tekshirish va bunda o‘zgarish paydo bo‘lsa darhol tibbiy yordam olish orqali o‘lik bola tug‘ilishi xavfining oldini oling. 

· Homiladorlikda yonboshlab yoting va o‘lik bola tug‘ilishi xavfining oldini oling. 

· Farzandingizning yaxshi rivojlanishiga yordam berish uchun homiladorlik davrida sog‘lom hayot tarziga amal qiling. 

· Farzandingizni tartibli ravishda tekshirib turishlari uchun doimo tibbiy ko‘rikdan o‘ting. 

O‘lik homila tug‘ilishi xavfining oldini olish 

Aksariyat ayollarda homiladorlik yaxshi kechadi, shunga qaramay o‘lik bola tug‘ilishi holatlari ham uchrab turadi.

Siz har doim ham o‘lik homila tug‘ilishining oldini ololmaysiz. Ammo bunday xavfning oldini olish uchun baʼzi choralarni ko‘rishingiz mumkin. Bunga quyidagilar kiradi:

· Bolaning harakatlarini kuzatib borish

· Yonboshlagan holatda uxlash

· Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish

· Tibbiy ko‘rikka borish.

Bola harakatlaridagi o‘zgarishlarni kuzatib borish 

Homiladorlik davrida farzandingizning harakatlanish tartibini bilib olishingiz muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlarida biron o‘zgarishning yuzaga kelishi uning ahvoli yaxshi emasligini bildiradi.

Agar homila odatiga ko‘ra kuchli harakat qilsa bu uning sog‘lom va xavfdan holi ekanini bildiradi. Masalan, siz kun davomida uning qorningizga suyanib olganini, tepayotganini, tirsaklari bilan turtayotganini, holatini o‘zgartirayotganini yoki hiqichoq tutayotganini sezishingiz mumkin.

Aksariyat ayollar homiladorlikning 16-24 haftalarida homilaning qimirlayotganini his qiladilar. Agar siz homiladorlikning 24 haftasidan o‘tgan bo‘lsangiz, ammo bolaning harakatlarini sezmagan bo‘lsangiz shifokor yoki ayollar maslahatchisiga murojaat qilishingiz kerak.

Homila kattalashgani sari uning harakatlari davomiyligi va kuchi ortib boradi. Tahminan 28 haftadan keyin to tug‘ilguniga qadar bolaning harakatlari bir xilda bo‘ladi.

Agar siz homilaning qimirlash tartibida o‘zgarish bo‘lganini sezsangiz yoki uning qimirlamayotganini his qilsangiz darhol shifokorga yoki ayollar maslahatchisiga murojaat qiling.

Yonboshlab yotish

Yonboshlagan holda uyquga yotish, ayniqsa uchinchi uch oylikda yaʼni 28 haftadan boshlab to tug‘ruqqacha bo‘lgan davrda o‘lik bola tug‘ilishining xavfini kamaytiradi.

Chalqancha yotish sababli bachadon katta vena tomiriga bosim o‘tkazishi mumkin. Bu esa homilaga qon va boshqa kerakli ozuqalarning yetib kelishiga to‘sqinlik qiladi.

Siz ikki tomonga ham qarab yonboshlab yotishingiz mumkin. Qulayroq uhlash uchun oyoqlaringiz orasiga yoki belingizga yostiq qo‘yib olishingiz mumkin. Bu beldagi og‘riqlarni kamaytirishi yoki ularning oldini olishi mumkin.

Agar uyg‘onganingizda orqangiz bilan yotgan bo‘lsangiz hech qisi yo‘q. Shunchaki yana yonboshlab oling va uhlashda davom eting.

Homiladorlikda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish 

Homiladorlik vaqtida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish o‘lik bola tug‘ilish xavfining oldini olishga va farzandingizning rivojlanishi uchun kerakli sharoitni yaratishga yordam berishi mumkin.

Chekishdan voz kechish
Farzandingizning sog‘lom bo‘lishi uchun qilishingiz kerak bo‘lgan ishlardan biri chekishdan voz kechish va chekuvchilardan uzoqroq bo‘lishdir.

Homiladorlik davrida chekish o‘lik bola tug‘ilishi, muddatdan avval tug‘ish, tug‘ruq jarayonidagi nuqsonlar va farzandingiz salomatligida boshqa jiddiy holatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Turmush o‘rtog‘ingiz yoki oilangizdagi boshqa bir kishining tamaki chekishi ham farzandingiz uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Demak, agar turmush o‘rtog‘ingiz tamaki chekadigan bo‘lsa hozir bu odatdan voz kechishning ayni vaqti. Bu borada mutaxassisdan yordam olishingiz mumkin.

Spirtli ichimliklar va mast qiluvchi moddalardan voz kechish 

Homiladorlik davrida ichishni tashlash juda muhim hisoblanadi. Bu davrda mast qiliuvchi yoki giyohvand moddalar va dorilarni isteʼmol qilish xavfli hisoblanadi.

Agar siz spirtli ichimliklar ichsangiz va turli dorilar qabul qilsangiz, ammo homiladorlik davrida ulardan voz kechishga qiynalsangiz bu haqda shifokoringizga maʼlum qiling va undan yordam so‘rang.

Sog‘lom ovqatlanish va doimiy ravishda jismoniy mashqlarni bajarish

Homiladorlik davrida sog‘lom ovqatlanish nafaqat sizning sog‘lig‘ingiz uchun, shu bilan birga farzandingizning o‘sishi va rivojlanishi uchun muhim omil sanaladi. 

Davomli tarzda jismoniy mashqlarni qilib borish o‘zingizning va farzandingizning salomatligi uchun foydalidir. Doimiy ravishda yengil yoki o‘rtacha darajadagi mashqlar bilan shug‘ullanish homiladorligi yaxshi o‘tayotgan ayollar uchun ayni muddaodir. Shifokor yoki ayollar maslahatchisi bilan qaysi mashqlarni qilish siz uchun mos kelishini maslahatlashib olsangiz yana ham yaxshi.

Shifokor yoki ayollar maslahatchisiga murojaat qilib, o‘zingiz qabul qilayotgan dori vositalarining bolangiz uchun xavfsiz ekanligi haqida bilib oling. Bunday vositalarga doktor belgilagan dorilar, vitaminlar yoki giyohli dorilar, shuningdek, do‘konlar va dorixonalardan olingan vositalar kiradi. 

Tibbiy ko‘rikka borib turish 

Tibbiy ko‘rikdan o‘tishga borib tursangiz shifokoringiz sizning va farzandingizning holatini tekshirib turish imkoniga ega bo‘ladi.

Doimiy ravishda ko‘rikka borsangiz shifokor farzandingizning o‘sishini nazorat qilishi oson bo‘ladi.

Aksariyat bolalar barqaror va sog‘lom surʼatda o‘sib boradi. Ammo baʼzi bolalar sekinroq o‘sadi yoki kutilganidan ko‘ra kichikroq bo‘ladi, bu esa o‘lik bola tug‘ilish xavfining mavjudligini ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatda shifokor bolaning salomatligini tekshirish uchun sizga qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tishni tavsiya qilishi mumkin.

Tibbiy ko‘rik vaqtida shuningdek o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berib shifokordan javob olishingiz mumkin bo‘ladi.

Shifokoringizga o‘zingizda bo‘layotgan belgilarni aytishingiz kerak, shunda ular salomatligingiz bilan bog‘liq muammolar, shuningdek homilaga yoki o‘zingizga xavf bor yo‘qligini aniqlashlari mumkin bo‘ladi. Agar biron muammo bo‘lsa, uni erta aniqlab davolash ishlarini boshlab yuborish mumkin bo‘ladi.

O‘lik bola tug‘ilishiga olib keluvchi omillar 

Baʼzi omillar homilador ayolning o‘lik bola tug‘ish xavfini oshirishi mumkin.

Bu omillar quyidagilardan iborat:

·  35 yoshdan keyin homilador bo‘lish

·  Ayolda o‘lik bola tug‘ilishi avval kuzatilgan bo‘lsa

·  Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lsa

·  Ayolda biron hastalik, masalan diabet yoki preeklampsiya kuzatilsa

· Tana vazning ortiqcha yoki xaddan ortiq bo‘lishi

·  Homilador bo‘lish uchun qo‘shimcha reproduktiv tehnologiyalardan foydalanilgan bo‘lsa

·  Homilador ayol chekish, ichkilik ichish yoki giyohvand moddalar qabul qilish kabi zararli odatlarga ega bo‘lsa

· Homiladorlik davrida jarohatlanish, chuqur stress va oilada zo‘ravonlikka uchrash holatlari yuz bersa

· Tug‘ruq kechikadigan bo‘lsa

Shifokoringiz bilan o‘lik bola tug‘ilish xavfi bo‘yicha individual holatingiz haqida maslahatlashib olganingiz maʼqul.

Agar sizda o‘lik bola tug‘ilish xavfini yuzaga keltiruvchi omillar bo‘lsa, shifokor sizga bu xavfning oldini olish uchun nimalar qilish mumkin ekanligi haqida maʼlumot beradi.

Homiladorlik davrida chuqur stressni boshdan kechirish, jarohatlanish va oilada zo‘ravonlikka uchrash o‘lik bola tug‘ilish xavfini oshiradi. Agar sizda shu holatlar kuzatiladigan bo‘lsa yoki yuqorida keltirilgan boshqa muammolar bo‘lsa darhol bu haqda shifokoringizga xabar bering. Ular sizga yordam olishingizda va farzandingizni sog‘lom dunyoga keltirishingizda ko‘mak berishadi.

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Spirtli ichimliklar va homiladorlik: rasmlarda

Spirtli ichimliklar va homiladorlik: rasmlarda

06/04/2022
Tos bo’shlig’ini parvarish qilish: rasmlarda

Tos bo’shlig’ini parvarish qilish: rasmlarda

06/04/2022
homiladorlik

Homiladorlikda yuzaga keladigan salomatlik muammolari

06/04/2022
Ayollar uchun homiladorlikda bajariladigan mashqlar

Ayollar uchun homiladorlikda bajariladigan mashqlar

06/04/2022
Ortiqcha vaznga ega ayollarda homiladorlik

Ortiqcha vaznga ega ayollarda homiladorlikning yaxshi o‘tishini taʼminlash

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Koronavirusga qarshi vaksina olish, homiladorlik va ona suti bilan oziqlantirish

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

10 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

10 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

10 oy avval
0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

1 yil avval
6-7 oylik chaqaloq rivojlanishi

6-7 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish