Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Homiladorlik Salomatlik va tetiklik Sog'lom homiladorlik: siz va bola

Homiladorlikda yuzaga keladigan salomatlik muammolari

da Sog'lom homiladorlik: siz va bola
O'qish vaqti:6 daqiqa o'qildi
A A
0
homiladorlik

homiladorlik

Asosiy jihatlar
• Homiladorlikda yuzaga keladigan salomatlik bilan bog‘liq muammolarning aksariyati yengil va keng tarqalgan bo‘ladi. Qolganlari esa biroz jiddiyroq.
• Agar sizda xavotirga solishi mumkin bo‘lgan belgilar yuzaga kelsa, shifokor, ayollar maslahatchisi yoki tug‘ruqxonaga murojaat qiling.
• Tug‘ruqqacha vaqt bor, ammo sizda to‘lg‘oq boshlansa yoki favqulodda holat yuzaga kelsa, tez yordamga qo‘ng‘iroq qiling.
• Sog‘lom hayot tarzini olib borish homiladorlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olishi mumkin.

Homiladorlikdagi salomatlik bilan bog‘liq muammolar: xavfsiz bo‘lgan va jiddiy qarash lozim bo‘lgan jihatlar

Ko‘pchilik ayollarda homiladorlik vaqtida jismoniy jihatdan muammolar yuzaga keladi, bular qabziyat, bel og‘rig‘i, tez-tez hojatxonaga qatnash, hazm qilish bilan bog‘liq muammolar, oyoq og‘rig‘i, tomir tortishishi, gemorroy, burun qonashi va boshqalar.
Yuqoridagi muammolar keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pchilik ayollarda uchraydi va ularga jiddiy qaralmaydi. Ammo ba’zida tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati yuzaga kelishi mumkin. Bu borada shifokor yoki ayollar maslahatchisi bilan fikr almashganingiz ma’qul.

Homiladorlikda yuzaga keladigan salomatlik bilan bog‘liq muammolarga yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlar

Kam uchraydigan va homiladorlikda jiddiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan jismoniy va hissiy o‘zgarishlar mavjud. Agar sizda quyidagi belgilardan biri kuzatilsa tezda shifokorga, ayollar maslahatchisi yoki tug‘ruqxonaga qo‘ng‘iroq qiling:
• qattiq tushkunlikka yoki xavotirga tushsangiz yoki o‘zingizga yo farzandingizga biron gap bo‘ladi, deb qo‘rqsangiz;
• kundalik ishlar, dush qabul qilish va ovqatlanish kabi ishlarda qiyinchilik his qilsangiz;
• o‘zaro munosabatlarda muammolar yuzaga kelsa;
• oilada zulmga uchrasangiz.
• qorningiz yoki belingizda noqulaylik, og‘riq yoki siqilish yuzaga kelsa
• qorin sohasidan jismoniy zarba yoki jarohat olgan bo‘lsangiz, masalan, yiqilib tushsangiz, avtohalokat yoki oilaviy kelishmovchiliklar sabab jarohatlansangiz;
• homilaning qimirlash tartibida o‘zgarish sezsangiz;

•qindan qon ketsa, suyuqlik oqib chiqsa yoki ajralma haddan ortiq ajralsa;

• peshob vaqtida noqulaylik, og‘riq va achishish yuzaga kelsa;
• kuchli va davomli bosh og‘rig‘i yuzaga kelsa;
• boshingiz aylansa;
• ko‘rish bilan bog‘liq muammolar yoki o‘zgarishlar yuzaga kelsa, masalan, ko‘z oldingiz qorong‘ulashsa yoki ko‘zingizga chaqnash kabi yorug‘lik ko‘rinsa;
• kutilmaganda va tezlik bilan yuzingiz, qo‘lingiz yoki oyog‘ingizda shishish yuzaga kelsa;
• oyoqlaringizda shish va kuchli og‘riq paydo bo‘lsa;
• teri kuchli qichishsa, qo‘l va oyoqlarda qichishish yuzaga kelsa;

Qo‘shimcha holatlar:
• timay ko‘nglingiz behuzur bo‘lib, qayt qilsangiz va hech narsa yeya olmasangiz:
• harorat oshsa yoki qaltirash yuzaga kelsa.
Sizda yuqoridagi kabi belgilar kuzatilmasa-da, nimadir joyida emasligini his qilishingiz mumkin. Bunday holatda zudlik bilan mutaxassis tekshiruvidan o‘tishingiz lozim. U sizga kerakli muolajalarni belgilaydi yoki hammasi joyida ekanini aytib, sizni xotirjam qiladi. Agar shifokoringiz, ayollar maslahatchisi yoki tug‘ruqxona bilan ulana olmasangiz, uyingiz yaqinida joylashgan poliklinikaga yoki ayollar maslahatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Favqulodda holat yuzaga kelganida va o‘zingizning yoki bolangizning sog‘lig‘idan xavotirgan tushganingizda yoxud tug‘ruq muddatiga vaqt bor boʻlishiga qaramay, sizda to‘lg‘oq boshlanganida darhol tez yordamga qo‘ng‘iroq qiling.

Og‘riqlar, suv ketishi, bachadon va tos sohasidagi bosimning ortishi, Brakston Xiks qisqarishlarining ortishi va tos sohasidagi spazmlar tez orada tug‘ruq boshlanishidan darak berishi mumkin.

Avvalgi homiladorlikda kuzatilgan salomatlik bilan bog‘liq muammolar

Agar sizda avval quyidagi holatlar kuzatilgan bo‘lsa, homiladorlikda salomatlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘ladi:
• avvalgi homiladorlik davrida salomatlik bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan bo‘lsa;
• sizda avvaldan biron xastalik bo‘lsa;
• oilangizda homiladorlik davrida muammolar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kasallik kuzatilgan bo‘lsa.
Agar sizda yuqoridagi kabi holatlar kuzatilsa, tibbiy ko‘rikka borgan ilk vaqtlardayoq bu haqida shifokor yoki ayollar maslahatchisiga aytib qo‘ying. Ular sizga va farzandingizga alohida e’tibor ko‘rsatadi va muolaja tayinlaydi, shuningdek, homiladorlik davringizda zarurat tug‘ilganda sizga kerakli yordamni ko‘rsatadi.

Homiladorlikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olish

Homiladorlikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salomatlik bilan bog‘liq muammolarni to‘xtatib qolishning iloji yo‘q.
Ammo siz bunday muammolarning yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishingiz yoki og‘irlashishining oldini olishingiz mumkin. Buning uchun doimo tibbiy ko‘rikdan o‘tib turing va yuqorida keltirilgan belgilar paydo bo‘lishi bilanoq bu haqida shifokoringizga xabar bering.
Belgilar haqida shifokorga qanchalik erta xabar bersangiz, shuncha yaxshi bo‘ladi.
Agar sizda homiladorlikda salomatlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa shifokor sizni tekshiruvdan o‘tkazadi va davolanish uchun kerakli muolajalarni belgilaydi.

Homiladorlik davrida sog‘lom hayot tarzini olib borish

Sog‘lom hayot tarzini olib borish bilan salomatlikka doir ba’zi muammolar yuzaga kelishining oldini olish mumkin bo‘ladi.
Ovqatlanish
Homiladorlik davrida sog‘lom ovqatlanish salomatligingizga va o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bolangizning o‘sishi va rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega.
Sizda, odatda, yemaydigan narsalarni yeyish istagi paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bunga homiladorlik davrida tanangizda yuz berayotgan gormonal o‘zgarishlar sabab boʻladi. Agar umumiy holatda dietangiz sog‘lom va muvozanatlashtirilgan bo‘lsa, yangilik kiritishdan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi.
Jismoniy faollik
Doimiy ravishda yengil mashqlardan boshlab o‘rtachalarini bajarib borishga o‘rganish kayfiyatingizni, tana vazningizni va uyquyingizni yaxshi bo‘lishiga yordam beradi, quvvatingizni oshirib, belingizda yuzaga keladigan og‘riqlarni kamaytiradi.
Siz tashqarida sayr qilishingiz, suzish bilan yoki mutaxassis yordamida yoga bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Ammo, avvalo, shifokoringiz yoki ayollar maslahatchisi bilan homiladorlik davrida amalga oshirishni rejalashtirgan jismoniy faollik to‘g‘risida suhbatlashib oling.
Tos sohasi va qorin sohasi mushaklari uchun mashqlar bajarib, peshob chiqarish bilan bog‘liq muammolarning, masalan homiladorlikning so‘nggi bosqichlarida va tug‘ruqdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan peshob tuta olmaslik holatlarining oldini olish mumkin.
Ruhiy salomatligingiz

Jismoniy salomatligingiz qanchalik muhim bo‘lsa, ruhiy salomatligingiz ham shu qadar ahamiyatli ekanligini unutmang. Homiladorlik davrida sizda ruhiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi tabiiy   hol. Bunga homiladorlikda yuz beradigan jismoniy o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.
Ammo bunday o‘zgarishlar ikki haftadan ortiqroq davom etadigan bo‘lsa, bu depressiyaning belgisi bo‘lishi mumkin. Agar sizda depressiya belgilari kuzatilsa, darhol shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.
Agar ona bo‘lishni o‘ylab xavotirga tushsangiz yoki turmush o‘rtog‘ingiz bilan muammolar yuzaga kelsa, shu bilan birga, oilada zulm qilish holatlari bo‘lsa tibbiy ko‘rik paytida bu haqida xabar bering. Shifokoringiz yoki ayollar maslahatchisi sizga kerakli yordamni qayerdan olishingiz mumkinligi haqida ma’lumot beradi.

Chekish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va dori vositalari

Homiladorlik davrida chekishdan voz keching. Tamaki tutunidan nafas olmaslik uchun chekayotgan kishilardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling. Agar chekishga o‘rgangan bo‘lsangiz, tashlashga harakat qiling.
Homiladorlik davrida elektron tamakilardan ham uzoq turing.
Spirtli ichimliklar ichmang, chunki alkogol yo‘ldoshdan o‘tib homilaga ta’sir qilishi va uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
O‘zingiz iste’mol qilayotgan dori vositasining bola uchun xavfsiz ekani haqida shifokoringiz bilan maslahatlashing. Bunday vositalar shifokor yozib bergan dorilar, vitaminlar yoki giyohlar, shuningdek, dorixona yoki do‘konlarda sotiladigan dorilar bo‘lishi mumkin.
Quvvat beruvchi dorilar yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilmang. Agar shunday qilsangiz homiladorlikning ilk davridayoq bu haqda shifokoringizga ma’lum qiling va ulardan voz kechish uchun undan yordam so‘rang.

Bolaning harakatlanishi
Homiladorlik davrida bolangizning harakatlanishining tartibini bilish juda muhim. Agar farzandingiz odatga ko‘ra kuchli harakatlarni amalga oshiradigan bo‘lsa, bu uning sog‘lom va xavfsiz holatda ekanini bildiradi.
Homila qimirlashida o‘zgarish bo‘lganini his qilsangiz yoki uning qimirlayotganini sezmay qolsangiz darhol shifokor yoki ayollar maslahatchisiga murojaat qiling.
Uyqu
Homiladorlik davrida eng xavfsiz uyqu holat yonboshda yotishdir, chunki bu o‘lik bola tug‘ilishining oldini oladi. Yoshboshda yotish farzandingizga qon va boshqa kerakli ozuqalar yetib borishini ta’minlanishiga ham yordam beradi. Bu ayniqsa uchinchi uch oylikda muhim hisoblanadi.
Siz xohlagan tomoningizda yonboshlab yotishingiz mumkin. Qulayroq uhlash uchun oyoqlaringiz orasiga yoki ortingizga yostiq qo‘yib olishingiz mumkin. Uyg‘onganingizda chalqancha bo‘lib yotgan bo‘lsangiz hech qisi yo‘q. Yana yonboshlab olavering.
Salomatlik va kundalik gigiyena
Homiladorlikdan avval va homiladorlik davrida tishlar parvarishiga alohida e’tibor qaratish lozim, chunki tish va milk kasalligi muddatdan avval tug‘ish, bola vaznining kichik bo‘lishi va bolaning tishlari juda erta muddatda yemirilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Og‘zingizni chayqash, kunda ikki marta ftorli tish pastasi bilan tishingizni yuvish va har kuni tishlaringizni tozalab turish orqali ularni parvarish qilishingiz mumkin. Shuningdek, yilda hech bo‘lmasa bir marta stomatolog ko‘rigiga borib turing.
Doimiy ravishda qo‘llarni yuvish, ayniqsa tahoratdan so‘ng va ovqat tayyorlashdan avval ularni yaxshilab yuvish kundalik gigiyenaning asosiy jihati hisoblanadi. Bu sizga kasalliklar va infeksiyalardan himoyalanishda yordam beradi.
Emlash
Emlash sababli homiladorlik davrida o‘zingizni va farzandingizni sog‘lig‘ini saqlashingiz mumkin bo‘ladi.
Tibbiyot mutaxassislari homiladorlikda grippga qarshi emlanish kerakligini tavsiya qiladilar. Bu homiladorlikning har qanday davrida o‘tkazilishi mumkin. Homiladorlikning 20-32 haftalarida homiladorlarga bepul asosda qoqsholga qarshi vaksina qilinadi.
Shifokoringiz sizga homiladorlik paytida olish mumkin bo‘lgan vaksinalar haqida ma’lumot beradi.
Mashina haydaganda xavfsizlik choralariga rioya qilish
Mashina boshqarganda himoya kamarini taqib oling. Bunda tasmaning bir qismi qorningiz tepasidan, ikkinchi qismi esa qorningiz pastidan o‘tishi maqsadga muvofiq.

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Spirtli ichimliklar va homiladorlik: rasmlarda

Spirtli ichimliklar va homiladorlik: rasmlarda

06/04/2022
Tos bo’shlig’ini parvarish qilish: rasmlarda

Tos bo’shlig’ini parvarish qilish: rasmlarda

06/04/2022
Homilaning o'lik tug'ilishi

Homilaning o‘lik tug‘ilishi xavfini oldini olish

06/04/2022
Ayollar uchun homiladorlikda bajariladigan mashqlar

Ayollar uchun homiladorlikda bajariladigan mashqlar

06/04/2022
Ortiqcha vaznga ega ayollarda homiladorlik

Ortiqcha vaznga ega ayollarda homiladorlikning yaxshi o‘tishini taʼminlash

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Koronavirusga qarshi vaksina olish, homiladorlik va ona suti bilan oziqlantirish

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish