Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Homiladorlik Salomatlik va tetiklik Sog'lom homiladorlik: siz va bola

Ayollar uchun homiladorlikda bajariladigan mashqlar

da Sog'lom homiladorlik: siz va bola
O'qish vaqti:5 daqiqa o'qildi
A A
0
Ayollar uchun homiladorlikda bajariladigan mashqlar

Ayollar uchun homiladorlikda bajariladigan mashqlar

Asosiy fikrlar
• Homiladorlik vaqtida harakatchan bo‘lish o‘zingiz va farzandingiz uchun foydali.
• Homiladorlikda yengil va o‘rtacha mashqlarni bajarish xavfsiz hisoblanadi.
• Yurish, suzish va velosipedda mashq bajarish homiladorlar uchun xavfsiz mashqlardir.
• Ortiqcha yuklanishga sabab bo‘ladigan, yiqilish, qorindan zarba olish, qizib ketish yoki holatni tez fursatda o‘zgartirish kabi vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mashqlardan voz keching.
• Agar o‘zingizda biror o‘zgarish his qilsangiz, darhol maslahatchi yoki shifokoringizga murojaat qiling.

Homiladorlikda mashq bajarishning foydalari

Homiladorlik paytida harakatda bo‘lish o‘zingiz va farzandingiz uchun juda foydalidir.
Davomli tarzda jismoniy mashqlarni bajarish homiladorlik davri davomida o‘zingizni ham jismoniy, ham hissiy jihatdan yaxshi his qilishingizga yordam beradi.
Jismoniy faollik quyidagi holatlarda sizga yordam beradi:
• jismoniy ko‘rinishingizni yaxshilashda;
• uyqungizni yaxshi bo‘lishida;
• sog‘lig‘ingizga munosib ravishda vazn olishingizda;
• kayfiyatingizning yaxshilanishi va ruhiy xotirjamlikka erishishingizda;
• quvvatingizni oshirishingizda;
• qabziyatning oldini olishda;
• stressdan qutulishda.
Homiladorlik paytida mashqlar bajarish gestatsion diabet, preeklampsiya va haddan ortiq vazn yig‘ish kabi homiladorlik muammolarining oldini olishda yordam beradi. Agar sizda gestatsion diabet bo‘lsa, doimiy ravishda mashqlarni bajarish qoningizdagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam berishi mumkin.

Doimiy ravishda bajarilgan tos sohasi mashqlari homiladorlik paytida peshob chiqarish bilan bog‘liq muammolarning va tug‘ruqdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan peshob tuta olmaslik muammosining oldini olishda yordam beradi.

Homiladorlik paytida mashqlar bajarish:

Agar sog‘lom bo‘lsangiz va homiladorligingiz ko‘ngildagidek kechayotgan bo‘lsa mashqlarni bemalol bajarishingiz mumkin bo‘ladi.
Homiladorlik davomida haftasiga 2.5 soatdan kam bo‘lmagan mashq bajarish tavsiya etiladi. Buning uchun siz haftaning besh kuni davomida yarim soatdan mashq qilishingiz yetarli bo‘ladi.
Agar siz homilador bo‘lmasingizdan avval doimiy ravishda yengil mashqlarni bajarib kelgan bo‘lsangiz, homilador bo‘lgach ularni davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi.
Agar homiladorlikdan avval davomli tarzda mashq bajarmagan bo‘lsangiz, asta-sekinlik bilan haftasiga 2.5 soatni tashkil qiluvchi mashqlarni bajarishni odat qilishingiz mumkin. Eng yaxshisi, yengil mashqlardan boshlashingiz va  o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan holatga o‘tishingiz kerak.
Haftasiga 2.5 soatlik mashqlarni bajarish qiyinchilik tug‘diradigan bo‘lsa, kun davomida oz-ozdan jismoniy mashqlarni bajarishingiz mumkin. Yodingizda bo‘lsin, umuman harakat qilmaslikdan ko‘ra ozgina bo‘lsada mashq bajarish yaxshiroq.

Agar sizda homiladorlik bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa yoki kamqonlik, yurak yoxud o‘pka bilan bog‘liq kasallik bo‘lsa, ayollar maslahatchisi yoki doktoringiz bilan maslahatlashing. Ular bilan homiladorlik paytida mashqlarni bajarishingiz mumkinmi yoki yo‘qmi, so‘rab ko‘ring.

Homiladorlikda bajariladigan xavfsiz va qulay mashqlar

Imkon bo‘lsa, aerobik mashqlar va kuch bilan amalga oshiriladigan mashqlarni birgalikda olib boring, chunki ular tanangizning turli joylariga ta’sir ko‘rsatadi.
Yurish aerobik mashqlar ichida eng yaxshi va eng xavfsizi hisoblanadi. Yurish davomida butun tanangiz harakatlanadi va siz istagan vaqtingizda va istagan joyingizda ushbu mashqni bajarishingiz mumkin bo‘ladi. Yurish kun davomida mashq bajarishingizning oson bo‘lishiga yordam berishi mumkin, chunki u kundalik tartibingizning bir qismi bo‘la oladi. Masalan, siz poyezd bekatiga, do‘konlar yoki pochta offisiga yurib borishingiz mumkin.

Tana vazningizga ta’sir ko‘rsatuvchi aerobik mashqlar siz uchun, ayniqsa, homiladorlikning so‘nggi bosqichlarida foydali bo‘lishi mumkin. Bunday mashqlarga velosiped mashqi, suzish va homiladorlarning suvda bajariladigan aerobik mashqlari kiradi. Suvda bajariladigan mashqlar homiladorlikda yuzaga keladigan og‘riqlar va noqulayliklarni bartaraf qilishga yordam berishi mumkin, chunki suv butun tanangizga quvvat beradi.
Boshqa ko‘plab aerobik mashqlar ham agar siz ular bilan homilador bo‘lmasingizdan avval ham shug‘ullanib kelgan bo‘lsangiz, siz uchun xavfsiz bo‘lishi mumkin. Bularga misol sifatida yugurish yoki mayda qadamlar bilan yugurish va kam yuklama beradigan mashq turlarini keltirish mumkin.
Homiladorlar yogasi yoki malakali murabbiy bilan olib boriladigan pilates kabi kuch talab qiluvchi hamda qayishqoqlik bilan olib boriladigan mashqlarni bajarish ham siz uchun xavfsiz bo‘lishi mumkin, ammo bunda chalqancha yotishdan saqlanishingiz lozim.
Agar homilador bo‘lishdan avval ham yengil yoki trenajyor yordamda kuch yordamda bajariladigan mashqlarni bajarib kelgan bo‘lsangiz, homilador bo‘lgach ularni davom ettirishingiz mumkin.

Homiladorlik paytida biror bir yangi mashqni bajarishga kirishishdan avval ayollar maslahatchisi yoki shifokoringiz bilan maslahatlashganingiz ma’qul. Agar yangi mashqlar guruhini bajarishni boshlagan bo‘lsangiz, tajribali fitness murabbiysi bilan ishlashingiz muhim ahamiyat kasb etadi. Murabbiyingizga homilador ekanligingizni xabar qiling va u sizga beradigan yuklamalarning homiladorlarga mos kelishini ta’minlaydi.

Homiladorlikda bajarish mumkin bo‘lmagan mashqlar

Homiladorlik sizning vazningizni, sizdagi og‘irlik markazini, bo‘g‘imlar barqarorligini, qon aylanishi va nafas olishingizni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlarning ba’zilari homiladorlikning ilk vaqtlarida yuzaga kelishi ham, yoki homiladorlikning oxirgi pallasigacha namoyon bo‘lmasligi ham mumkin. Bu kabi o‘zgarishlar ba’zi mashqlarni bajarish bilan o‘zingizga yoki homilaga zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu holatda quyidagi jismoniy mashg‘ulotlardan voz kechganingiz ma’qul:
• sakrash yoki yo‘nalish va holatni kutilmaganda o‘zgartirish bilan bo‘g‘imlarga yuqori ta’sir ko‘rsatadigan mashg‘ulotlar: tennis, basketbol yoki netbol;
• qorindan zarba olish xavfi bo‘lgan mashg‘ulotlar: sokker, xokkey, futbol, softbol, basketbol, boks va boshqalar;
• yiqilish xavfi yuqori bo‘lgan mashg‘ulotlar: velosiped uchish, chang‘i sporti, ot minish va ba’zi gimnastika turlari;
• og‘ir vazn uchun mo‘ljallangan mashqlar;
• bosim o‘zgarishi yuqori bo‘lgan mashg‘ulotlar: suv ostiga sho‘ng‘ish va parashutdan sakrash.

Homiladorlikda issiqlik darajasining oshib ketishi
Homiladorlikda haddan ortiq isib ketish homila uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ham qizdiruvchi yoga yoki qizdiruvchi pilates kabi tananing isib ketishiga sabab bo‘ladigan mashqlardan chetlangan ma’qul. Shuningdek, homiladorlikda massaj salonlari yoki saunalarga tashrif buyurmang.
Shuningdek, quyidagi holatlarda mashqlardan voz kechgan holda tanangizning ortiqcha qizib ketishining oldini olishingiz mumkin bo‘ladi:
• kun tig‘ida mashq qilish;
• haroratingiz ko‘tarilganida yoki o‘zingizni yomon his qilganingizda;
• zo‘r berib mashq qilish.
Mashqlarni bajarish jarayonida isib ketishning oldini olish uchun yetarlicha suv ichishingiz va yengil hamda qulay kiyimlar kiyishingiz kerak.

Mashqlar davomida chalqancha yotishdan saqlaning. Chalqancha yotish orqali sizda va homilada qon aylanishi qiyinlashishi mumkin, natijada bosh aylanishi va havo yetishmasligi kuzatiladi.

Homiladorlik paytida jismoniy mashqlarni qachon to’xtatish kerak?

Quyidagi holatlar yuz bersa mashq qilishni to‘xtating va ayollar maslahatchisi yoki shifokorga murojaat qiling:
• bachadondan qon ketishi yoki homila suvining ketishini sezsangiz;
• homilaning odatiy qimirlash tarzi o‘zgarsa;
• doimiy va og‘riqli to‘lg‘oqlar bo‘lsa;
• kutilmaganda paydo bo‘lgan yoki kuchli nafas qisishida;
• bosh aylanishi yoki bosh og‘rig‘ida;
• ko‘z oldning qorong‘ulashishida;
• muvozanatni yo‘qotganda;
• qayt qilish yuz bersa;
• orqada, qorinda yoki tos sohasida og‘riq yuzaga kelsa;
• kutilmaganda yuz, qo‘llar yoki to‘piqlar shishsa;
• oyoqlar shishsa yoki ularda kuchli og‘riq yuzaga kelsa.

 Agar mashq jarayonida o‘zingizni yomon his qilsangiz, ko‘nglingiz behuzur bo‘lsa yoki nafas olish bilan muammo yuzaga kelsa, darhol mashqni to‘xtatib dam oling va keyingi mashqlarni biroz yengillashtiring. Agar xavotirga tushsangiz, ayollar maslahatchisi yoki shifokorga murojaat qiling.

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Spirtli ichimliklar va homiladorlik: rasmlarda

Spirtli ichimliklar va homiladorlik: rasmlarda

06/04/2022
Tos bo’shlig’ini parvarish qilish: rasmlarda

Tos bo’shlig’ini parvarish qilish: rasmlarda

06/04/2022
Homilaning o'lik tug'ilishi

Homilaning o‘lik tug‘ilishi xavfini oldini olish

06/04/2022
homiladorlik

Homiladorlikda yuzaga keladigan salomatlik muammolari

06/04/2022
Ortiqcha vaznga ega ayollarda homiladorlik

Ortiqcha vaznga ega ayollarda homiladorlikning yaxshi o‘tishini taʼminlash

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Koronavirusga qarshi vaksina olish, homiladorlik va ona suti bilan oziqlantirish

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish