Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 0-3 oy Rivojlanish

Farzandingizning jismoniy rivojlanishi

da Rivojlanish, Rivojlanish
O'qish vaqti:13 daqiqa o'qildi
A A
0
chaqaloqlarda jismoniy rivojlanish
  • Olimlar bolalarning o’sish va rivojlanishini kuzatgan holda  quyidagi natijalarga keldilar. Bolalarda, ayniqsa, 0-3 yoshda b judayam katta psixologik va jismoniy rivojlanishlar sodir bo’ladi. Bu rivojlanish kun sayin emas, balki har bir daqiqada sodir bo’lar ekan.

Asosiy katta o’zgarishlar bo’layotgan payt bolaning xarakterida keskin o’zgarishlar namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, bola emaklashni o’rganayotganda birdan kechalari uyg’onib ketishi, yig’lab qolishi holatlari kuzatiladi yoki uning organizmi siz berayotgan ovqat miqdoridan qoniqmay yanada ko’proq ovqatni talab qila boshlaydi.

Bolalarda dastlabki yillarda aqliy rivojlanish jismoniy rivojlanishdan ustunroq va tezroq kechadi. Ana shunda bolalarda ichki ziddiyatlar namoyon bo’ladi. Masalan,  yuqorida turgan otasining telefonini olgisi keladi-yu, lekin qo’li yetmaganidan xafa bo’lib yig’laydi. Bunday misollar juda ko’p aslida.

Eng asosiysi, onalar bola tilini tushunishlari uchun unga quloq solishi lozim. Hech kim onachalik bolasini tushuna olmaydi. Agar bolangizda injiqlik, kechalari ko’p uyg’onish, yig’loqilik kabi sizni qiynaydigan holatlar paydo bo’lsa, bu bolada yangi jismoniy yoki aqliy rivojlanish bosqichi boshlanayotganini anglatishi mumkin.

Siz bu davrda bolangizga  vaqt ajratsangiz, ko’proq ahamiyat bersangiz va mehringizni ayamasangiz bu muammo o’z-o’zidan hal bo’lib  ketadi. 

Bolaning nutqi rivojlanishi uning yoshiga qarab bosqichma-bosqich yuz beradi. Har bir bosqichning o’z yutug’i bo’ladi.

1 oylik bola

Birinchi oyning oxiriga kelib, sog’lom bola unga ko’rsatilayotgan muomalani qabul qiladi: yig’lamay qo’yishi yoki yonidagi odamga qarab qolishi mumkin.

2 oylik bola

Ikkinchi oyda bola muloqot paytida kulishi mumkin. 6 haftalikda u shunchaki tabassum qilgan bo’lsa, 8 haftaga kelib haqiqiy kulishi mumkin.

3 oylik bola

Kattalar bilan muloqotda uch oylik bolada sezilarli o’zgarish kuzatiladi. Bola «gugulaydi», tipirchilaydi.

4 oylik bola

Birinchi tovushli kulgu paydo bo’ladi. Kattalar bilan muloqotda qiqirlash, qiyqirash kuzatiladi. 16 haftaga kelib esa uzoq davom etadigan kulgu paydo bo’ladi.

5 oylik bola

Tovush kelayotgan tomonga qaraydi, ashula ayta boshlaydi.

6 oylik bola

Sog’lom bola nutqida bu davrga kelib «ba», «ma» kabi bo’g’inlar namoyon bo’ladi. Tanish ovozlarni taniydi, gapga quloq solib turadi.

7 oylik bola

Kattalarni jalb qilish maqsadida har xil tovushlardan foydalanadi.

8 oylik bola

Notanish odamga reaksiya qiladi. «Ba-ba», «da-da», «pa-pa» bo’g’inlar qaytarilishi kuzatiladi. N, b, m, g, k, e, a kabi harflarni nutqda qo’llashni boshlaydi.

9 oylik bola

Bola qo’llarini ishlatgan holda ko’p o’ynaydi, chapak chalishni xush ko’radi.

10 oylik bola

Bu davrda bola aniq bir jarayonda aniq » so’zlarni («bo-bo», «ni-ni») ishlatadi.

11 oylik bola

Bola kamida  3 ta so’zni ishlata oladi.

1 yoshlik bola

Bu davrga kelib normada rivojlanayotgan bola 4 ga yaqin so’zni ishlatadi, ayrim so’zlarni tushuna oladi, so’zlarni narsalar bilan bog’laydi. «Ada qani?», «Qo’lingni ber» kabi oson talablarni tushunadi.

Tadqiqodlarning ko’rsatishicha, bolalar massaji uning rivojlanishiga, xulq-atvoriga juda ijobiy ta’sir ko’rsatar ekan. Bola massaji, avallo,  munosabatlarni ta’minlaydi, bu munosabat esa ona va bolaning o’zaro aloqalsini takomillashtiradi, bir -birlarini yanada osonroq tushuna olishga yordam beradi.

Albatta, ayrim hollarda massaj vrachlar tomonidan tavsiya etilgan bo’lishi mumkin. U holda bolangiz maxsus mutaxassis tomonidan massaj qilinadi. Agar chaqaloq sog’lom, vazni me’yorida bo’lsa, unga ham massaj juda foydali. Bunday bolalarga onaning o’zi  massaj qilishi mumkin. 
Massaj shunchaki bolaga yoqimli bo’lishidan qat’iy nazar, u bolani yaxshiroq rivojlanishini va o’sishini ta’minlaydi. Ayrim mamalakatlarda onaning bolasini  massaj qilmasligi katta xato sifatida qabul qilinadi. Massajning qiziqarli tomoni shundaki, massaj olgan bola tezroq o’sib, yaxshi rivojlanadi.

Nega deysizmi?

1. Bola silanganda bola organizmida o’sish uchun kerak bo’lgan maxsus moddalar ishlab chiqariladi. Masalan, vaqtidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarga massaj qilinganda ularning vazni 47%ga ko’proq o’sayotgani kuzatilgan. Hayvonlar ham bolasini tili bilan yalab massajga o’xshash harakatlarni amalga oshiradilar. Yangi tug’ilgan kuchuk bolalari onasidan ajratilib, yalashdan cheklab qo’yilganda, bu kuchuk bolalarining o’sish darajasi pasayib ketgan.
Mehr bilan bola silanganda uning o’sishi ta’minlanadi.

2. Yana bir tadqiqodning natijasiga ko’ra, massaj nafaqat tanani o’sishiga yordam beradi, balki miya rivojlanishiga ham katta ijobiy ta’sir ko’rsatar ekan. Tadqiqodchilarning aytishicha, chaqaloq silab massaj qilinganda, uning organizmida mielin moddasi ajralib chiqar ekan. Bu modda esa miya rivojlanishi uchun foydali ekan.

3.Massaj bolaning hazm qilish tizimini rivojlanishiga ham foydali. Bolani silab, massaj qilib turilsa, uning hazm qilish tizimi yanada yaxshiroq faoliyat ko’rsatar ekan, xususan, massaj qorin og’rig’i  kabi muammolarni bartaraf etar ekan.

4. Massaj bolaning xulqini yaxshilaydi, bolani silab, mehr bilan massaj qilinsa, u o’zini suyukli deb his etar ekan va xulqi yaxshilanar ekan. Uyqusiz bolalar esa massaj yordamida yaxshi uxlar ekan.

5. Massaj bolani o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Bolani sevib, mehr bilan massaj qilsangiz, bola o’zining  kerakliligini his eta boshlaydi.

6. Massaj qilayotgan ota-ona massaj orqali bolasini yanada yaxshiroq o’rgana oladi.

Massaj qilish jarayonida bolangizga quloq soling. Qilayotgan harakatlaringiz juda mayin va mehrga to’la bo’lishi lozim. Boshida oyoqlaridan boshlab sekin-sekin qorin, qo’l va beliga o’tishingiz mumkin. Chaqaloqlarda, asosan, silash va asta-asta ezib qo’yish qo’llaniladi. Agar bolangiz tipirchilab, oyoq qo’llarini tortayotgan bo’lsa, demak, sizning harakatlaringiz unga yoqmayapti. Bir oz dam berib boshidan mehrli qo’llaringiz bilan massajni qaytaring. Kuniga kamida bir marta massaj bola uchun zarur. Bora bora barmoqlar bilan asta bosish, asta-asta chimchilash, mayin urib qo’yish kabi harakatlarni qo’shib borishingiz mumkin. Yangi tug’ilgan chaqaloqning tizzalarini massaj qilish mumkin emas.
Eng asosiysi, bolani massaj qilayotganda uning ko’zlariga qarab, u bilan gaplashib mehringizni ayamasligingiz kerak.

Chaqaloqning rivojlanishi:

O’g’il bola:

(Jadvaldagi bo’y ko’rsatkichlaridan +/- 8 smga va og’irlik ko’rsatkichlaridan +/- 4 kg ga u yoki bu tomonga chetlashish normal hisoblanadi)

Yoshi

Bo’yi

(sm)


Vazni

(kg)
175.79.6
1.582.310.9
287.812.2
2.591.913.3
396.114.3
4103.316.3
511018.3
611620.5
7121.722.9
8127.325.4
9132.628.1
10137.831.2

Qiz bola:

(Jadvaldagi bo’y ko’rsatkichlaridan +/- 8 smga va og’irlik ko’rsatkichlaridan +/- 4 kg ga u yoki bu tomonga chetlashish normal hisoblanadi)

Yoshi

Bo’yi

(sm)


Vazni

(kg)
1748.9
1.580.710.2
286.411.5
2.590.712.7
395.113.9
4102.716.1
5109.418.2
6115.120.2
7120.822.4
8126.625.0
9132.528.2
10138.631.9

Bolani immunitetini oshirish haqida o’ylashdan oldin, uni pasayib ketmasligi haqida qayg’urish lozim.

Sog’lom bola tug’ilganida tabiiy ravishda o’zining kuchli immunitetiga ega bo’ladi. Bu immunitet unga onasidan o’tadi va bolaning ilk 6 oyiga qadar saqlanadi. 

Afsuski, ba’zi ota-onalar ana shu tabiiy immunitet kuchini buzib yuboradilar. Natijada, bola 1 yoshiga to’lmay turib bir necha bor qattiq kasal bo’lishga ulgurib oladi. Buning oqibati esa u nimjon va  immuniteti past bo’lib katta bo’ladi.

Immunitetni oshirish yo’llarini o’rganishdan oldin, bolaning tabiiy immunitetini buzib yubormaslik haqidagi quyidagi maslahatlar bilan tanishib chiqing:

Chaqaloqni terlatib kiyintirmang. Siz kiygan kiyimdan bittaga ko’proq kiyimda bo’lsin;

Konditsionerdan qo’rqmang. Kuni bilan xonada bir darajani ushlab tursangiz, bola konditsioner salqinidan shamollamaydi. Lekin bolani terlatib keyin birdaniga konditsioner yoki ventilyator yoqsangiz, albatta, teri qotmagan badani sovuq qotadi;

Chaqaloqli uyda ventilyator umuman ishlatilmaslik lozim.

  • Ona sutini emayotgan bolaga 6 oyga to’lguniga qadar qo’shimcha ovqat ham, qaynagan suv ham tavsiya etilmaydi. Barcha ozuqani ona sutidan oladi;
  • Qanday fasl bo’lishidan qat’iy nazar bolani har kuni ko’chaga olib chiqib, quyosh nurlariga to’ydiring;
  • Uyda chaqaloqga shapka kiydirmang;
  • Bola tez-tez terlaydigan bo’lsa(ba’zida bola isib ketgani uchunmas, boshqa sabablar bilan terlab turadi), u holda kiyimini tez-tez almashtirib turing, shilta kiyimda qolmasin;
  • Bolaning burni to’lib qo’layotgandek tuyulsa, u shamolladi deyishga shoshilmang. Chaqaloq burni ko’pincha quruq havodan bitib yoki to’lib qo’ladi. Uyni haddan tashqari isitib yuborayotgan yoki isitgichlarni qo’llayotgan bo’lishingiz mumkin. Bu esa havoni qurutib yuboradi. Chaqaloqlik uyda namroq havo bo’lgani ma’qul.
  • Bir yoshgacha bola shamollab qo’lsa, kuchli dorilar berib, uni tabiiy immunitetini buzib yuborishga shoshilmang. Shifokor kuchli dori berayotgan bo’lsa, boshqa shifokor bilan maslahatlashib ko’ring. Bolalarda, haqiqatdan shunday kuchli dori ichish darajasidagi kasalmi yoki bu shifokorning xatosimi ekanligini aniqlab davolang;
  • Bolani yoz kunlari kamida kunora, sovuq qish kunlarida haftada 2 marta cho’miltirishga odatlaning. Suvni bolaning badani ham xush ko’radi. Axir u 9 oy onasini qornida suyuqlikda bo’lgan;
  • Bolani ko’proq ko’tarib yuring. Bola qanchalik ko’p onasini bag’rida bo’lsa, u shuncha  sog’lom o’sadi.

Agar ushbu kichik maslahatlarga amal qilsangiz, bola 1 yoshiga to’lguniga qadar deyarli kasal bo’lmaydi. Undan keyin esa bolaning o’zi tabiiy ravishda o’z immunitetini oshiradi. Ko’chada o’ynayman deydi, suv o’ynagisi keladi, yomg’irda chopib oyoqlari bilan suvni chapillatishni xush ko’ra boshlaydi. Shu kabi sho’xliklarga «yo’q» deyishga shoshilmang. Bolaning bu tabiiy ehtiyojlari uni immunitetini oshirishga qaratilgan desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Bola nechi oydan boshlab boshini tuta olishi kerak?

Yangi tu’gilgan chaqaloq mustaqil ravishda boshini tuta olmaydi, shuning uchun uni emizganda, ko’targanda bo’ynidan boshini ushlab turish lozim.

Qachondan boshlab bola boshini ko’taradi?

  • Normada, bola tug’ilganidan so’ng 2-3 haftalarda qorincha yotganda boshini ko’tarishga harakat qila boshlaydi. Ko’tara olganda bu holatda bir necha soniya (30-60 soniya ) tura oladi.
  • Uchinchi oyga kelib, chaqaloq qorincha yotganida boshini bemalol ko’tarishni boshlaydi. Ko’targanda ham ushlay olishi mumkin, lekin baribir bu davrda bolani bo’yni va boshini ushlab turish kerak, chunki bo’yin mushaklari hali yetarlicha rivojlanmagan.
  • To’rtinchi oyga kelib bolaning bo’yin mushaklari ancha mahkamlanadi, endi u mustaqil ravishda bemalol boshini yonga qaratadi va ko’targanda ushlay oladi. Qorinda yotganda esa, ko’krak qismini ham ko’tarishni boshlaydi.

Boshini ushlay olmayotgan bolaga qanday yordam bersa bo’ladi?

Bolani ilk tug’ilgan kunlaridan boshlab kunda bir necha bor qorincha bir necha soniyaga yotqizish tavsiya etiladi.

{xtypo_quote_warning} Chaqaloqni qoringa yotqazganda uni yonidan 1 soniyaga ham ketmaslik lozim. Bolaning nafas olmay qolishi juda oson. {/xtypo_quote_warning}

Qorincha yotishga odatlanish bolaning qornida gazlar yig’ilmasligiga ham yordam beradi.

Agar bola 3 oyga kelib ham boshini tuta olmayotgan bo’lsa, nima qilish kerak?

Agar bola boshini faqat bir tomonga engashtirib, yoki orqaga otib, boshini ushlashga harakat ham qilmayotgan bo’lsa, uni shifokorga ko’rsatish muhimdir. Odatda bolalar nevrapotologi bunday holatni nazorat qiladilar. 

Chaqaloq 1 oydan boshlab boshini tik ushlay olishi har doim ham ijobiy ko’rsatkich emasligini ham bilish lozim. Normada 3 oyda bola boshini tutoladi. Juda erta boshini tutish ba’zida nevrologik kasallik bo’lib chiqishi ham mumkin.

Bolani qachon o’tqazish mumkin? Vaqtli o’tkazish zarar emasmi?

Bola rivojlanishi davomida barcha jismoniy bosqichlardan o’tishi muhim. O’tirish ham bir jarayon bo’lib, bolani bunga shoshiltirish kerak emas. 

Bola eng erta  4 oyligida o’tirishni istasa, kechi bilan 9 oyiga kelib o’tirishga intiladi.

Bola o’tirishi uchun eng muhimi u shuni istashi kerak va uning suyak va mushaklari buning uchun yetarlicha rivojlangan bo’lishi darkor. Mushak va suyaklar baquvvat bo’lishi uchun bolani chaqaloqligidan ko’proq qorincha yotqizish tavsiya etiladi. 

Qorincha yotgan chaqaloqni bir zumga ham bir o’zini qoldirib ketish mumkin emas. Nafas olmay qolishi juda oson bo’ladi.

Bola o’tirishga tayyorligini qanday bilsa bo’ladi?

Qo’lingizda turganida bola bemalol boshini va belini ushlay olayogan bo’lsa, demak u o’tirishni boshlashi mumkin. Faqat boshida bu holatda 5 daqiqadan ortiq ushlamagan ma’qul. Bola qiynalib, o’tirishdan bezillab qolishi, undan tashqari umurtqasiga og’irligi tushishi mumkin. 

Bola mustaqil o’tirishidan oldin onaning tizzasida beli bilan onasiga suyangan holda o’tirishi ham yaxshi. Bu holatni bola bo’yni va belini ushlay olgandagina, o’rtacha 6 oyligida bajarish mumkin. 

Ortoped va pediatrlarning ta’kidlashicha, bolani kamida 6 oydan so’ng o’tirishga undash lozim. Undan oldin bola o’tirsa, uning umurtqasiga va hatto siydik tizimiga ham og’irlik tushar ekan.

Bola 8-9 oyiga kelib ham o’tira olmayotgan bo’lsa nima qilish kerak?

Agar unda boshqa muammolar mavjud bo’lmay, yaxshi yeb, yaxshi o’sib kelayotgan bo’lsa, u holda uni shoshirmagan ma’qul. Ba’zi bolalar temperamenti tufayli tengdoshlaridan biroz kechroq biron jismoniy yutuqqa erishadi. 

O’tira olmasligiga qo’shimcha ravishda bola asabiy, ovqat yeyishda qiynaladigan, ko’p yig’laydigan bo’lsa, u holda uni nevrapotologga ko’rsatish tavsiya etiladi.

Mashhur  pediatr Komarovskiyning fikricha, qiz bolani vaqtli o’tqazish bilan keyinchalik rivojlanadigan umurtqa qiyshiqligi(skolioz) orasida  bog’liqlik mavjud ekan. Qiz bolani qancha erta o’tqazsa, unda skolioz rivojlanishiga moyillik shuncha yuqori bo’lar ekan.

Qachon bolaga o’tirishni o’rgatsa bo’ladi?

Bu savolga javob berib bo’lmaydi. Buni o’rgatish kerak emas. Bola o’zi bunga tayyor bo’lib harakatida namoyon qiladi. Undan oldin uni maxsus o’tqizuvchi moslamalarga yoki xodunok (o’zi yurar mashinalar)ga o’tqazmaslik kerak. Bunday o’yinchoqlarning bari bolaning umurtqasiga ziyon keltiradi. Bunday anjomlarda bola kunida ko’pi bilan 10 daqiqa o’tirsa bo’ladi.

Soatlab xodunokda yurgan yoki o’tirgan bolaning bel mushaklari bo’shashadi va yaxshi rivojlanmaydi. Emaklagan bolaning bel mushaklari esa yaxshi rivojlanadi.

Bola o’zi o’tirishni istayotgan bo’lsa, nima qilish kerak?

Ba’zi bolalar aktiv bo’lib erta o’tirishga intiladilar. Agar u o’tirgan holini xush ko’rib, yotqizsa yig’layotgan bo’lsa, unga yarim o’tirish(45 darajalik yaslanish) holatini ta’minlovchi holat qilib bering. Yostiq va ko’rpachalar bilan xavsizligini ta’minlab qo’ying. 

Belini ushlay olmayotgan bolani yostiq va ko’rpachalar bilan tirgab atayin o’tqazish mutlaqo mumkin emas!

Bolaning o’tirish jarayoni oson va vaqtida kechishi uchun nima qilsa bo’ladi?

1. Bolani qorincha yotqizib kunda 3-4 marta bel mushaklarini asta-sekin massaj qiling.

2.  Yotgan holida barmog’ingiz bilan  qattiq ushlatib badanini ko’tarishga urintiring. Siz tortmang, o’zi harakat qilsin.

3. Bola qorincha yotganida yoqimli o’yinchog’ini qo’li yetadigan joydan biroz uzoqroqqa qo’ying. Uni olaman deb harakat qilsin, bu tabiiy ravishda mushaklarini mustahkamlaydi.

Statistikani ko’rsatishicha, ko’pincha bolalar oltinchi oyga kelib o’tirishni boshlaydilar va 1-2 oy ichida mustaqil o’tira oladilar. 

Bolani vaqtida o’tirishiga nima ta’sir qiladi?

1. Bolaning vazni. Ozg’in, chayyir bolalar to’lishgan bolalardan ko’ra tezroq o’tiradilar.

2. Ota-onasi bola bilan shug’ullanishi. Bolasini tug’ilganidanoq ko’p massaj qilgan, gimnastika qildirgan va hatto ko’p cho’miltirgan ota-onalarning bolasi tezroq o’tiradi.

3. Temperament. Sokin, vazmin bolalar sho’x va chayyir bolalardan ko’ra kechroq o’tirishni boshlaydilar. 

Chaqaloqning rivojlanishini ota-onalar jiddiy kuzatadi. Bola qachon ag’darilishi kerak? Qachon boshini ushlashi kerak? Bola qachon dumalashi kerak? Shu kabi savollar ota-onani qiziqtirishi tabiiy holat. 

Bola 3 oylikda ilk bora boshini biron tovushga o’girishni boshlaydi. Lekin butun badani bilan dumalashni yoki o’girilishni 4-5 oylikda o’rganadi.

Bu davrda uning oyoq-qo’l va badan mushaklari ancha kuchaygan bo’ladi. 

Birinchi bo’lib, odatda chaqaloqlar belida yotgan holda yon tomonga o’girila oladilar. Bundan so’ng belida yotgan holda qorincha dumalab olishni bilib oladilar. Oxirida qorincha bo’la turib belga ag’darilishni o’rganadilar.

Bola 4-5 oylikda dumalay olmasligiga yordam berish mumkin. Muhimi, bu davrda bola boshini ushlay olgan yoki ko’tarishga urinayotgan bo’lishi kerak. Buning uchun:

  • Bola yotgan holida uning badanini kunda bir necha bor 10 daqiqa davomida silash lozim. Bu massaj o’z  samarasini beradi. Bolaning mushaklari kuchayadi.
  • Bola belida yotgan holida uni jalb qiluvchi tovushlar va yorqin ranglik o’yinchoqlar bilan yonga qarashiga undash kerak. Kerak bo’lsa, sekin yordam berib yuborish ham mumkin.

Bola 5 oylik bo’lganida ham dumalamayotgan, o’girilmayotgan bo’lishiga sabab nima?

Bolaning xarakteri. Ba’zi bolajonlar tug’ilganidan sho’xligi, harakatchanligi bilan ajralib turadi. Ba’zida esa bola biroz yumshoq xarakterga ega bo’lib, rivojlanishda tengdoshlaridan ozroq ortda qoladi. Bu muammo emas, balki bolaning temperamenti natijasidir.

Temperamenti past bolalar ham barcha rivojlanish bosqichlaridan(emaklash, o’tirish, turish, yurish va hokazolar) o’tadilar. Faqat o’tish muddatlari sho’x bolalarnikidan ko’ra ortda qolishi mumkin.

Nevrologik muammolar. Agar bola 5 oylikda  ham dumalamayotgan, o’girilmayotgan bo’lib, qo’shimcha ravishda injiq, asabiy, kam uxlaydigan va yaxshi emmaydigan bo’lsa, uni nevrapotolog ko’rigiga oborish tavsiya etiladi.

Jarohat. Ba’zida tug’ish jarayonida bolaga shikast yetkazilishi mumkin. Ana shuning natijasi keyinchalik uning rivojlanishida namoyon bo’lishi mumkin.

Ba’zi infeksiya va kasalliklar. Bu holat kelib chiqishini faqat pediatr bilan maslahatlashgan holda aniqlash mumkin. 

Bolaning jismoniy rivojlanishi hamma chaqaloqlarda har xil tezlikda bo’ladi, kimdir tezroq kimdir sekinroq rivojlanishi tabiiy holat. Farq normadan yiroq bo’lmasligi muhim. Normada muammosiz tug’ilib, sog’lom rivojlanib kelayotgan chaqaloq 4-5 chi oyga kelib joyidan qimirlaydi, o’giriladi va dumalaydi. Shuning uchun uni bu davrda, ayniqsa, beqarov qoldirish mumkin emas. Qaysi paytda qanchalik  holatini o’zgartira olishini bilib bo’lmaydi.  

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Chaqaloqni cho’miltirish — bilish muhim bo’lgan qoidalar, tavsiyalar

31/03/2022
0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

06/04/2022
Til kechikishi nima?

Til kechikishi

06/04/2022
Chaqaloq gapirishi va oʻqishi uchun gʻoyalar

Chaqaloq gapirishi va oʻqishi uchun gʻoyalar

06/04/2022
farzand tarbiyasi

Bolalarda til rivojlanishi: 0-8 yosh

06/04/2022
3-12 oylarda bola tilining rivojlanishi

3-12 oylarda bola tilining rivojlanishi

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

1 yil avval
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

1 yil avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval
Sistit kasalligi va uning davolash usullari

Bolalarda sistit kasalligi, alomatlari, va uni davolashning yo’llari

4 yil avval
Davn sindiromi

Daun sindromi kasalligi nima?

4 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

3 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz