Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Homiladorlik Farzand uchun tayyorgarlik Homiladorlik: chaqaloq anjomlari

Bolani ko‘tarib yurish anjomi, sling va ryukzaklardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

da Homiladorlik: chaqaloq anjomlari
O'qish vaqti:6 daqiqa o'qildi
A A
0
Bolani ko‘tarib yurish anjomi, sling va ryukzaklardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

Bolani ko‘tarib yurish anjomi, sling va ryukzaklardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

Asosiy fikrlar
• Bolani ko‘tarish va qo‘lingizning charchab qolishini oldini olishda ko‘tarib yurish anjomi, sling va ryukzaklardan foydalanish ayni muddaodir.
• Ushbu mahsulotlarni tanlashda bolangizning son qismi to‘g‘ri joylashishiga e’tibor qarating. Shuningdek, ularning siz uchun ham qulay bo‘lishi maqsadga muvofiq.
• Slingdan foydalanganda T.I.C.K.S. qoidalariga (mahkam bog‘lash, har doim ko‘rib turish, o‘pish uchun oson, bemalol nafas olishiga imkon yaratish, umurtqasining tekis bo‘lishi) rioya qilsangiz bolani moslamaga xavfsiz holatda joylashtirishingiz va bo‘g‘ilib qolish xavfining oldini olishingiz mumkin bo‘ladi.

Bolani ko‘tarib yurish anjomi, sling va ryukzaklar haqida

Bolani ko‘tarib yurish anjomi, sling va ryukzaklar bolani old yoki orqa tarafingizda ko‘tarib yurishingizga imkon beradigan turlicha mahsulotlardir.
Bolani ko‘tarib yurish anjomi tanangizning old tomoniga o‘rnatib bolani olib yurishingiz mumkin bo‘lgan yumshoq yostiqchali vosita. Ularning ba’zilarini o‘zgartirish mumkin bo‘lib, orqaga yoki son qismiga barobar ravishda olib yurishga imkon beradigan turlari ham mavjud.
Bolalar uchun sling xalta yoki mato tasmasi ko‘rinishida bo‘lib, yelka orqali o‘tkaziladigan va turli holatlarda qo‘llash mumkin bo‘ladigan vosita.
Bolani ko‘tarish ryukzaki dag‘al asosga ega bo‘ladi. Uni faqat tananingizning orqa qismiga kiyishingiz mumkin. Ryukzakni kattaroq va boshini tuta oladigan bolalar uchun qo‘llagan ma’qul. Bolangizni ko‘tarishda ryukzakdan foydalanish mumkinligi borasida shifokor yoki mutaxassis bilan maslahatlashib olsangiz foydadan holi bo‘lmaydi.

Bolani ko‘tarishda maxsus anjom, sling va ryukzakdan foydalanish qo‘llaringizning toliqishini oldini oladi va bola atrofga tepadan qarash imkoniga ega bo‘ladi. Agar ushbu vositalardan to‘g‘ri foydalansangiz, ular bolangiz va uning harakatlanishi uchun xavfsiz hamda qulay vosita bo‘ladi.

Bolani ko‘tarib yurish anjomini tanlash

Agar sizga shunday vosita kerak bo‘lsa, uni tanlashda quyidagilarga e’tibor bering:
• Vosita bolangizning son qismi to‘g‘ri joylashishiga imkon bersin
• Foydalanishga xavfsiz bo‘lsin
• Sizga ham kiyib olish uchun qulay bo‘lsin.
Bola sonining to‘g‘ri joylashishi
Bola sonining to‘g‘ri joylashishi son qismining to‘g‘ri rivojlanishida yordam beradi va son displaziyasining oldini oladi.
Bolani ko‘tarib yurish anjomi bolangizning sonlari ikki tomonga ochilib sizning tanangizga tegib turishiga imkon berishi lozim. Bolaning tizzalari ikki tomonga qaragan, sonlari biroz ko‘tarilgan va bo‘ksasi to‘g‘ri joylashgan bo‘lishi kerak.
Quyida bolani joylashtirishning to‘g‘ri va noto‘g‘ri usuli ko‘rsatilgan:

Bolani oyoqlarini butunlay ko‘tarib yurish anjomiga kiritib ko‘tarish ularda chanoq-son displaziyasi yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ushbu rasmlar Avstraliya Xalqaro chanoq son displaziyasi instituti ruxsati bilan internetda e’lon qilingan.
Bolani ko‘tarib yurish anjomi va slingdan foydalanganda xavfsizlik choralariga rioya qilish
Bu borada maxsus standartlar o‘rnatilmagan. Ammo yuqoridagi vositalardan foydalanganda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilib bolangizning xavfsizligini taminlashingiz mumkin bo‘ladi:
• Vositalarni tanlashda Yevropa va AQSH standartlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
• Ko‘tarib yurish anjomi yoki sling ulardan xavfsiz usulda foydalanishga imkon beruvchi tushunarli yozma, rasmli yoki video ko‘rsatmaga ega ekanini tekshiring.
• Ko‘tarib yurish anjomi yoki sling sotib olishga borganda bolangizni ham olib boring. Do‘kon vakilidan bolani vositaga to‘g‘ri joylashtirishni ko‘rsatib berishini so‘rang.
• Bolangiz boshi, qo‘l va oyoqlarini ishlata olishiga e’tibor bering.
• Bolangiz ko‘tarib yurish anjomi yoki sling orqali tashqarini ko‘ra olishini tekshiring, yuzi to‘silib qolmasligiga e’tibor bering.
• Vositalarni boshqalarning yordamisiz kiyishingiz va yechishingiz mumkinligiga ishonch xosil qiling. Yana kamarlar va bog‘ichlarni bir qo‘l bilan o‘zgartira olishingiz mumkinligini tekshirib ko‘ring.
• Slingni tanlayotganda uni bolaning yuzini to‘sib qo‘ymasligiga va unda bola g‘ujanak holatda joylashib qolmasligiga e’tibor qiling.
Bolani ko‘tarish anjomining qulayini tanlash
Ushbu vositaning qulayini topish uchun farzandingiz bilan uning bir necha turini sinab ko‘rishingiz lozim. Agar ushbu vositadan umr yo‘ldoshingiz va boshqa bolaga g‘amxo‘rlik qiladigan insonlar ham foydalanadigan bo‘lishsa ular uchun ham qulay bo‘lishini hisobga oling.
Ko‘tarib yurish anjomining qulayini tanlash uchun quyidagilarga e’tibor bering:
• Vositaning yelkadan va bel qismidan o‘tadigan keng va yumshoq kamarga ega ekanini tekshiring. Bu bolangizning og‘irgligi tekis taqsimlanishi va yelkangizga ortiqcha yuk bo‘lmasligiga yordam beradi. Kamar shuningdek vositaning u yoqdan bu yoqqa qimirlayverishining oldini oladi.
• Vositaning turli mavsumlardan ishlatish mumkinligiga va iliq ob-xavoda bolangizni isitib yubormasligiga e’tibor qarating.
• Agar bolani ko‘tarib yurish anjomidan keyinchalik ham foydalanmoqchi bo‘lsangiz, vositaning o‘zgartirish mumkin bo‘lgan modelini tanlang. Masalan, bolangiz kattaroq bo‘lganida oldinga qaratib joylashtirishingiz mumkin bo‘lsin.
• Bolangizning vazni og‘irlashganida yoki uni xavfsiz holatda ko‘tarib yurish qiyinlashganida vositadan foydalanishni to‘htatganingiz ma’qul. Ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmasi bilan tanishib ko‘tarish mumkin bo‘lgan maksimal tana vazni bilib oling.

Bolani ko‘tarib yurish anjomi to‘rt oydan kichik bo‘lgan yoki boshini tuta olmaydigan go‘daklarga tavsiya qilinmaydi. Bunday holatda bo‘yinga jarohat yetishi mumkin.

Bolani ko‘tarib yurish anjomi, sling yoki ryukzakdan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

Quyida ushbu vositalardan foydalanish jarayonida amal qilish kerak bo‘lgan xavfsizlik qoidalari keltirilgan.
Xavfsizlik bo‘yicha asosiy qoidalar:
• Balandlik va og‘irlik o‘lchovlari bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqing va bolangizning qomatiga mos xajmdagi moslamani tanglang.
• Bolani joylashtirishdan avval bog‘ichni bog‘lang, keyin uni bo‘shatishingiz yoki mahkamroq bog‘lashingiz mumkin.
• Bog‘ichlarni boshqarishda bir qo‘l bilan harakat qila olishingizga ishonch xosil qiling.
• Har safar bog‘ichlarning mahkam bog‘langanini tekshirishga odatlaning. Bolani o‘tkazishdan avval moslamaning zarar ko‘rmaganini tekshiring. Agar bog‘ich yoki qisqich ishdan chiqqan bo‘lsa ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi bilan bog‘laning.
• O‘zingiz yaxshilab o‘rganib olguningizga qadar bolani moslamaga joylashtirish uchun boshqalardan yordam oling. Ba’zi insonlar bunga o‘rganish uchun boladan avval o‘yinchoq yoki qo‘g‘irchoq yordamida mashq qilib ko‘rishadi.
Foydalanishda asqotadigan maslahatlar:
• Qulay oyoq kiyim kiyib oling va qoqilib tushmaslik uchun tekis joylardan yuring.
• Issiq xavoda bolani ko‘tarib yurish anjomidan foydalanmang, chunki ham sizning tanangiz, ham issiq xavo bolaning xaddan ortiq isib ketishiga sabab bo‘ladi.
• Ko‘tarib yurish anjomiga bolani joylashtirish va undan chiqarishda e’tiborli bo‘ling, bunda yiqilish holatlarining sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Imkon bo‘lsa yoningizdagilardan yordam so‘rang yoki o‘tirib oling.
• Moslamaning kamarlarini mustahkamlashda suyanishiningizga to‘g‘ri kelsa ishonchli narsaga masalan qattiq ustunga suyaning.
• Taom tayyorlashda bolani ko‘tarib yurish anjomi yoki slingdan foydalanmang, bunda bolangizning kuyib qolish xavfi mavjud bo‘ladi.
• Moslamadan foydalanishda issiq ovqat va ichimliklarni ushlab turish, katta farzandingizning ortidan yugurish va boshqa xavfli ishlarni bajarmang.

Bolangizning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi uchun jismoniy faollik muhim sanaladi. Bolangizni ko‘tarib yurish va uning bemalol harakatlanishi uchun gilamchada yotishi va jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi kabi vaziyatlar uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlab oling.

Bolalar uchun sling: bo‘g‘ilib qolish xavfining oldini olish

Farzandingizni sling moslamasiga to‘g‘ri joylashtirmaydigan bo‘lsangiz bo‘g‘ilib qolish xavfi yuzaga keladi. Chunki bolangiz nafas olishiga to‘sqinlik qiluvchi xavfli holatga tushib qolsa harakatlana olmay qoladi.
T.I.C.K.S. qoidalari sizga bolani sling moslmasida to‘g‘ri joylashtirishinni eslab qolishingizga yordam beradi:
• Mahkam (Tight): slingni mahkamlash kerak, bola baland va boshini tutib turishga imkon beradigan vertikal holatda joylashishi kerak. Har qanday yumshoq mato farzandingizning qomati bukchayishi va nafas olishga qiynalishiga sabab bo‘ladi.
• Har doim ko‘rib turish (In view at all times): hamisha bolaning yuzini ko‘rib turishingiz kerak. Uning yuzi, burni va og‘zi sling matosi yoki sizning tanangiz bilan to‘silib qolmasligini nazorat qiling.
• O‘pish uchun yaqin (Close enough to kiss): bolangizning boshi sizning yuzingizga shunday yaqinlikda joylashsinki, istagan vaqtda uning boshini o‘pa oladigan bo‘ling.
• Dahanni ko‘krak qafasidan uzoq tutish (Keep chin off the chest): bolaning dahani ko‘tarilgan va tanasidan uzoq ekanini tekshiring. Bola dahani ko‘krak qafasiga tegib qoladigan darajada bukchayib qolmasin. Bu nafas olishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Doim bolaning holatini nazorat qilib turing. Bolalar odatda og‘ir ahvolga tushib qolganlarida hech qanday belgi kuzatilmasligi mumkin.
• Gavdani tik tutishga yordam berish (Supported back): bola qorni va ko‘krak qafasini sizga qaratgan holatda gavdasini tik tutib turishi kerak. Egilganingizda bir qo‘lingiz bilan bolani orqasidan tutib turing. Bel bilan emas tizzalaringiz bilan egiling.
Quyidagi holatlarda bolangizni ko‘tarib yurish anjomi yoki slingdan darhol chiqaring:
• Uning yuzi to‘silib qolgan yoki dahani qisilib qolgan bo‘lsa
• Bolaning qaddi bukchayib qolgan bo‘lsa
• Bola yig‘lasa, xirillasa yoki qiyin nafas olsa, tez-tez yoki ovoz chiqarib nafas olsa
• Bolaning terisi oqarsa yoki ko‘karsa
• Bola behalovat, bezovta yoki o‘zini yaxshi his qilmayotgan bo‘lsa.

Chala tug‘ilgan, tana vazni kam, nozik va to‘rt oylik bo‘lmagan go‘daklarning bolalar slingida bo‘g‘ilib qolish xavfi yuqori bo‘ladi. Slingdan foydalanishdan avval shifokor yoki mutaxassis bilan maslahatlashing.

 

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Homiladorlikda bel og’rig’i — sabablari, xavfli va normal holatlar, davolash

Homiladorlikda bel og’rig’i — sabablari, xavfli va normal holatlar, davolash

31/03/2022
Yangi chaqaloq uchun kerakli narsalar

Yangi chaqaloq uchun kerakli narsalar ro‘yxati: uy uchun va go‘dak uchun kerakli narsalar

06/04/2022
Bolalar uchun xavfsiz jihozlar

Bolalar uchun xavfsiz jihozlar ro‘yxati

06/04/2022
Bolalar aravasidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

Bolalar aravasidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

1 yil avval
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

1 yil avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

3 yil avval
Sistit kasalligi va uning davolash usullari

Bolalarda sistit kasalligi, alomatlari, va uni davolashning yo’llari

4 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

3 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz