Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 1-3 yosh

O’sayotgan bolani to’g’ri ovqatlantirish

da 1-3 yosh, 3-5 yosh, 5-8 yosh
O'qish vaqti:5 daqiqa o'qildi
A A
0
O’sayotgan bolani to’g’ri ovqatlantirish

Bola jismonan rivojlanishi uchun uni to’g’ri ovqatlantirish zarurligini barchamiz bilamiz. Lekin aqliy rivojlanish uchun ham kerakli mahsulotlarni iste’mol qilish foyda keltirar ekan. Maktab yoshidagi bolalarning o’sayotgan organizmi uchun ovqatlanish tarzi nihoyatda muhim hisoblanadi.

Aqlli va sog’lom bolani o’stirmoqchi bo’lsangiz, quyidagi maslahatlar bilan tanishib chiqing:

  • Bola xilma-xil ovqatlardan iste’mol qilishi kerak. Iste’mol qilinayotgan mahsulotlar turi qanchalik ko’p bo’lsa, ovqat ratsioni qanchalik xilma-xil bo’lsa, buning foydasi shunchalik ortadi. Bola kichikligidan har xil ta’mlarga o’rgangan bo’lishi kerak.
  • Bola go’sht mahsulotlaridan ko’proq iste’mol qilishi darkor. Go’sht — bu oqsil manbayidir. Oqsil esa organizmdagi gormonlar, fermentlar va antijismlarning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Undan tashqari, oqsil organizmdagi suv mutanosibligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Oqsil o’sayotgan bola organizmini sink moddasi bilan ta’minlaydi. Agar bolada sink yetishmovchiligi bo’lsa, u gripp kasalligiga ko’p chalinadi, sekin o’sadi, ishtahasi past bo’ladi va xotirasi yaxshi rivojlana olmaydi.
  • Yog’larning «foydali» larini bolaga yediring. Masalan, Omega-3 yog’lari miya rivojlanishiga, ko’rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Omega-3 yog’i danaklarda, zaytun yog’ida mavjud. Sariyog’ bolaga foyda keltirmaydi, qandli diabet bilan kasallangan bolalar uchun u zararli hisoblanadi.
  • Kalsiy bolaning salomatligi uchun nihoyatda muhim mineral hisoblanadi. Kalsiy suyaklarning to’g’ri o’sishi, organizmning qon bilan ta’minlanishi va hattoki yaxshi uyqu uchun juda kerak. Organimda kalsiy yetishmovchiligi mavjud bolalar juda asabiy, bir joyda o’tira olmaydigan, fikrini yig’a olmaydigan bo’ladilar.

1 dona sabzini qirg’ichdan chiqarib mayda to’g’ralgan shaftoli (konservadagi shaftoli yoki turshak) qo’shamiz. Aralashtirib 1 choy qoshiq smetana solamiz. Sabzidagi vitaminlar organizmga aynan smetana bilan yaxshi qabul qilinar ekan.

 

  • Bolalar meva va sabzavotlardan ko’p ist’emol qilishlari zarur. Meva va sabzavotlar ko’plab vitamin va mikroelementlarga boy. Sabzavotlarning yorqin ranglilarini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Maktab yoshidagi bola kuniga kamida 3-4 xildagi meva-sabzavotdan 5-9 marta oz miqdordan taomlar bilan iste’mol qilishi lozim.
  • Suvning ahamiyati haqida unutmang. Inson organizmi uchun suv nihoyatda muhimdir. Suv charchoqni oladi, organizmni ozuqa moddalar bilan ta’minlaydi, tana haroratini nazorat qiladi, bolaning shilliq a’zolarini namlab, ba’zi bakteriyalardan himoya qiladi. Bola so’ramagan holda ham unga muntazam ravishda suv ichirib turish kerak. Faqat sharbat, choy yoki boshqa ichimlikni emas, balki toza qaynatilgan suvni ichirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yaqinda rossiyalik olimlar maktab yoshidagi bolalarning yurak va nafas olish organlarining dars paytidagi holatini tahlil qilib chiqishdi. Tahlil natijasiga ko’ra, o’quvchining dars paytidagi xavotir darajasini kosmonavtlarning fazo holatidagi xavotir darajasi bilan solishtirsa bo’lar ekan. O’quvchi partada o’tirgani bilan u juda ko’p kaloriya yo’qotar ekan.

O’quvchining miyasi ovqat bilan kirgan energiyaning 25 foizini ishlatar ekan, vaholanki, kattalar atigi 3-4 foizini ishlatadilar. Shuning uchun bolalar 7-10 yoshida ovqat bilan birga kuniga 2000 kilokaloriya qabul qilishligi kerak, 11-14 yoshda 2400-2600 kilokaloriya, 16 yoshda esa 3000 kilokaloriya (kattalar – 2000-2200, keksalar – atigi 1500 kilokaloriya). Lekin bu degani o’quvchilar qornini sosiska, gamburger, qovurilgan kartoshka va shokoladli konfetlar bilan to’ldirsa, hammasi dars davomida so’rilib ketadi, degani emas. Birinchidan, so’rilib ketmaydi, hamma ovqat ham har xil so’rilish darajasiga ega. Hozirgi kunda o’quvchilarning 10 foizi ortiqcha vaznlik kasalligiga duchor boʻlgan. Ikkinchidan, farzandingiz aqlli, ziyrak bo’lishini xohlasangiz, u umuman boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishi zarur.

Onaning bo’tqasi.

Bolalar dietologi tavsiyasiga binoan, ertalab bola iliq, juda shirin ham bo’lmagan, juda yog’li ham bo’lmagan yegulik yeyishi lozim. Shuning uchun sosiska, kolbasali buterbrod, blinchik va bulochkalarni unuting. Kam uglevodli yegulikdan so’ng 2-darsga kelib bola charchoqni his qila boshlaydi. Ertalabki nonushta uchun eng yaxshi yegulik bu ona qo’llari bilan tayyorlangan kashadir.

Bo’tqa murakkab uglevodlarga boy bo’lib, ular glyukozani qonga asta-sekinlik bilan chiqaradi, bu esa bolangiz tushlikkacha o’zini to’q tutishining garovidir. Eng yaxshi bo’tqa — bu grechkali bo’tqadir. Unda miyaning aktiv ishlashi uchun zarur bo’lgan oqsillar, fosfor, kalsiy, temir moddalari va B guruhiga oid vitaminlar ko’p. Guruchli  bo’tqa ham yaxshi. Lekin unda oqsillarga nisbatan kraxmal ko’proq bo’ladi. Mankadan tayyorlangan bo’tqa oxirgi o’rinda, lekin bu degani u yomon emas, shunchaki yuqori kaloriyaga egaligi tufayli oxirgi o’rinni egallab kelmoqda. Aytgancha, musobaqalar va imtihonlardan oldin bolaga aynan mankali bo’tqani berish lozim. Faqat bo’tqani sutning o’zida emas, balki suv bilan aralashgan holda tayyorlash lozim, oshqozonda hazm qilinishi yengil bo’ladi. bo’tqani boshqa nonushtalar bilan almashtirib turish lozim, masalan, sabzavotli omlet, turli xil zapekankalar, pishloqdan va tvorogdan tayyorlangan taomlar.

Sutmi yoki Yogurtmi?

Sut bolaga juda foydali degan gapni ko’p uchratganmiz. Lekin sut hamma bolalarga ham foydali bo’lavermaydi. Agar oldin bolangiz sutni osongina ichib, keyin esa birdan ichmay qo’yib, qornidagi og’riqlardan shikoyat qila boshlagan bo’lsa, buni erkalik emas, fiziologik holat deb qabul qiling.

Uch-besh yoshgacha bolalar sigir sutini oson qabul qiladilar, chunki sutni hazm qiluvchi laktoza ichak fermenti ularda juda rivojlangan bo’ladi. Yoshi ulg’aygani sayin uning aktivligi pasayib boradi va 10 yoshga kelib bola sutni icha oladimi, yo’qmi aniq bo’ladi. Dunyo bo’yicha sigir sutini icha oladigan bolalar umumiy foizining katta qismi Shvetsiya, Angliya va Irlandiyaga to’g’ri keladi. Afrikada esa aholining 70-97 foizida laktoza fermenti genetik darajada mavjud emas. Rossiyada har uchinchi bola sutni hazm qila olmaydi. Shuning uchun aksariyat ota-onalar farzandiga umuman sutli mahsulot olib bermaydi. Bu noto’g’ri. Achitilgan sut mahsulotlarida aynan laktoza fermenti yo’q bo’lib ketadi, shuning uchun qatiq, yogurt, tvorog kabi mahsulotlarni, hattoki muammoli bolalar ham bemalol iste’mol qilishi mumkin.

Sho’rva

Sho’rva juda ham kerakli taom. Tushlikda hamma o’quvchilar sho’rva ichishlari lozim. Sho’rva — bu iliq, to’yimli va oson hazm bo’luvchi taom. U bolaning darsdan keyin qolmagan kuchlarini qayta tiklaydi. Undan tashqari, sho’rvada suv ko’p bo’ladi, bu esa o’qish uchun zarur. Lekin uzoq qaynatilgan suyak qaynatmalari foydali emas. Ularda xolesterin va yog’lar ko’p bo’ladi.

Baliq — juda mazali

Ota-onalarni so’roq qilish natijasida aniq bo’ldiki, bolalar oqsillarga boy bo’lgan go’sht, parranda mahsulotlarini yaxshi iste’mol qiladilar-u, lekin aminokislotalarga boy bo’lgan baliqni unchalik xush ko’rmas ekanlar. Vaholanki, aynan baliqda miyani aktivlashtirish uchun zarur bo’lgan Omega 3 va Omega 6 kislotalari juda ko’p. Qolaversa, baliq fosfor, kalsiy, yod, selen, A va E vitaminlarga boy. Agar bolangiz baliqni umuman yemasa, unda dengiz mavjudodlaridan tayyorlangan taomlardan taklif qilib ko’ring.

Shokolad

Shokolad — yana bir «aqlli” mahsulot. Uni imtihon paytlari bolalarga berish lozim. Shirinliklarda uglevodlar mavjud bo’lib, miyaning faol ishlashiga yordam beradi. Bu degani shokoladni kilolab yeyish mumkin, degani emas, kichik sinfdagi bolaga sutli shokoladdan bir parcha, yuqori sinfdagi o’quvchilar uchun esa qora shokoladdan bir parcha isteʼmol qilish yetarli. Lekin shokoladdan farqli o’laroq konfetlar bola organizmi uchun nihoyatda zararli.

O’quvchining nonushta qilish tartibi:

7.30-8.00 – Ertalabki nonushta

11.00-11.30 – Maktabda issiq nonushta

14.00-14.30 – Uyda tushlik

16.30-17-00 – Yengil tushlik

19.00-19.30 – Kechki ovqat

Bolani qanday qilib ovqat yeyishga majbur qilish mumkin?

Tanlash huquqiga ega bo’lsin. Agar bolangiz quymoq yeyishdan bosh tortayotgan bo’lsa, uning oldiga ayyorlik bilan quymoqning bir necha xilini turli meva, turshak, mayiz, murabbolardan qo’shgan holda taklif qilib ko’ring. Bolalar tanlashni juda xush ko’rishadi.
Smetana o’rniga yong’oq berib ko’ring. Sabzavotlar bola organizmi tomonidan oson qabul qilinishi uchun ularni yog’ bilan iste’mol qilish lozim. Agar bolangiz smetanaga aralashgan sabzavotlardan bosh tortsa, sabzavotlarni danak va yong’oqlar bilan aralashtirib berib ko’ring.

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

12/04/2022
Balog‘at yoshidagi qizlar salomatligi va xatarlar (Ota-onalar uchun)

Balog‘at yoshidagi qizlar salomatligi va xatarlar (Ota-onalar uchun)

12/04/2022
Bolalarda tish kasalliklarini qanday oldini olish mumkin?

Bolalarda tish kasalliklarini qanday oldini olish mumkin?

11/04/2022
Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

11/04/2022
Bolaning koʻzi tez-tez yoshlanishi biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin — Mutaxassis

Bolaning koʻzi tez-tez yoshlanishi biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin — Mutaxassis

11/04/2022
Bolalardagi ko’z kasalliklari

Bolalardagi ko’z kasalliklari

11/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish