Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Homiladorlik Salomatlik va tetiklik Homiladorlik: ruhiy salomatlik

Homilador ekaningizdan xabar topdingiz: sizning hislaringiz

da Homiladorlik: ruhiy salomatlik
O'qish vaqti:5 daqiqa o'qildi
A A
0
Homilador ekaningizdan xabar topdingiz: sizning hislaringiz

Homilador ekaningizdan xabar topdingiz: sizning hislaringiz

Asosiy jihatlar

·   Homilador ekaningizdan xabar topganingizda turli hislar qurshovida qolasiz.

·  Tuyg‘ularingizni o‘zingiz ishonadigan inson bilan bo‘lishishingiz mumkin. 

·  Ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab homiladorlik to‘g‘risidagi qorishiq tuyg‘ularni nazorat qilishingiz mumkin bo‘ladi. 

· Homiladorlik bo‘yicha xavotirga tushsangiz yoki bezovta bo‘lsangiz shifokor bilan gaplashing. 

Siz homiladorsiz: sanoqsiz va qorishiq tuyg‘ular 

Homilador ekaningizdan xabar topganingizda turli hislar qurshovida qolasiz, bular baʼzan qorishiq tuyg‘ular bo‘lishi ham mumkin.

Xayratlanish, ikkilanish yoki ishonchsizlik 

Siz xayratlanishingiz, o‘zingizni yo‘qotib qo‘yishingiz yoki xatto ishonmasligingiz ham mumkin – bunga homilador bo‘lish uchun tayyorgarlik ko‘rmaganingiz yoki kutganingizdan ko‘ra tezroq bu xabarni olganingiz sabab bo‘lishi mumkin. Homilador ekaningizni singdirishingiz uchun sizga maʼlum vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik yuz berganidan xabar topgan vaqtimda qanday holatga tushganimni aytadigan bo‘lsam, menda xayronlik, qo‘rquv va xursandchilik namoyon bo‘lgan edi. Biz farzandli bo‘lish uchun harakatni boshlash haqida suhbatlashgan edik. Ammo ikki oy bunga jurʼat qila olmadik. Nazarimda, ikkimiz ham hayotimizni o‘zgartirib yuborishi muqarrar bo‘lgan bu holatdan xavfsiragan edik! 
– Sashi

 Xursandchilik va hayajon

Siz tabassum qilish va kulishdan o‘zingizni to‘htata olmay qolishingiz mumkin. Agar atrofingizdagilarga yangilikni aytmagan bo‘lsangiz, ular sizni nima bunchalar baxtiyor etganiga xayron qolishlari mumkin. Bu bilan go‘yo boshqalar bilan bo‘lisha olmaydigan sirga ega insonga o‘xshaysiz.

Homiladorlik tasdiqlanganida men avvaliga “Test adashgan bo‘lsa kerak” deb o‘ylagan edim. Ammo keyin darhol xursandchilik tuyg‘ulariga ko‘mildim. Men homilador bo‘lish uchun yillar kerak bo‘lishini bilar edim, shuning uchun ham bir necha oyda maqsadimizga yeta olganimiz bizning omadimiz ekanini his qilib turgandim. 
– Janna

Xavotir, qo‘rquv va asabiylashish  

Siz endi nima bo‘ladi deb ikkilanishingiz mumkin. Yoki umr yo‘ldoshingiz bilan munosabatlaringiz o‘zgarishi yoki qanday ota-ona bo‘lishingizni o‘ylab xavotirga tushishingiz mumkin. Shuningdek, farzandni dunyoga keltirish jarayoni haqida o‘ylab biroz asabiylashishingiz yoki qo‘rqishingiz mumkin.

Yana homilador ekaningiz tasdiqlanmasidan avvalgi haftalarda sog‘lom bo‘lganligingiz haqida ikkilanib xavotirga tushishingiz mumkin, masalan o‘sha vaqtlarda muddati o‘tgan pishloq yemaganmidim yoki spirtli ichimlik ichmagandim deb o‘ylab qolasiz.

Qanday tuyg‘ular qurshovida ekaningizni aniq bilmaysiz
Homiladorlik haqida eshitgach o‘zingizni qanday his qilayotganingizni anglay olmasangiz hech qisi yo‘q. To‘g‘ri, tuyg‘ularni boshdan kechirishning yagona yo‘li yo‘q.  Siz va sizning turmush o‘rtog‘ingiz turlicha hislar taʼsirida bo‘lishingiz mumkin.

Baʼzi insonlar o‘z holatlaridan kelib chiqib qanday hislar taʼsirida ekanini bilmasliklari mumkin. Masalan, turmush o‘rtog‘ingiz sizga va farzandingizga g‘amxo‘rlik qilmaydigan inson bo‘lishi yoki siz yolg‘iz ona bo‘lishingiz mumkin. Yana yaqindagina bola tushishi yuz bergan bo‘lishi va siz yangi homiladorlik borasida o‘zingizni qanday tutish kerakligini aniqlab ololmagan bo‘lishingiz mumkin.

Agar siz davolanishlardan so‘ng yoki EKO yordamida homilador bo‘lgan bo‘lsangiz, niyatingizga yetganingizdan xursand bo‘lishingiz, shu bilan birga homiladorlik qanday kechishini o‘ylab xavotirga ham tushishingiz mumkin.

Siz jismoniy jihatdan o‘zingizni boshqacha his qila boshlashingiz mumkin. Masalan, sizda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, charchoq, bosh og‘rig‘i va qorinda  shishlar kuzatilishi mumkin. Ushbu jismoniy o‘zgarishlar sizning homiladorlikka bo‘lgan munosabatingizga taʼsir o‘tkazishi mumkin. Shuning uchun ham shifokoringiz bilan homiladorlik belgilari borasida maslahatlashib olishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Homiladorlik bilan bog‘liq tuyg‘ularingizni nazorat qilishning ijobiy yo‘llari 

Homiladorlik borasidagi qorishiq tuyg‘ularni nazorat qilish usullardan biri o‘zingizni ona bo‘lishga tayyorlab borishdir. Bu sizga ushbu holatning quvonchli tomonlariga eʼtibor qaratishga va farzandingiz bo‘lishi haqidagi fikrni yaxshiroq anglashingizga yordam beradi.

Ona bo‘lishga tayyorlanar ekansiz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin: 

·  Farzandingiz qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘ring va homiladorlik chog‘ingizdayoq u bilan muloqot qilib turing. Unga kuylab berishingiz yoki suhbatlashishingiz mumkin – bolangiz sizni eshita oladi. Yana qorningizni mayin silab qo‘yishingiz ham mumkin.

·  Ona bo‘lish siz uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida va qanday ona bo‘lishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.

·  Umr yo‘ldoshingiz bilan farzand o‘stirishda nimalarga eʼtibor berish kerakligi haqida fikr almashing.

·  Homiladorlik davrida turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatlaringizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga tayyorlaning. Buning uchun u bilan suhbatlashib olganingiz eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.

·  Yaxshi ovqatlanish, faol bo‘lish, imkon bo‘lganda dam olish, stressdan uzoq bo‘lish va o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish orqali o‘zingizga eʼtibor qarating. Chekish yoki spirtli ichimlik ichish kabi zararli odatlarni tark etish orqali hayot tarzingizni o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Sog‘lom hayot tarziga amal qilish orqali farzandingizning o‘sishi uchun kerakli narsalarni bera olasiz.

·  Shifokor yoki ayollar maslahatchisi bilan suhbatlashib yoki homiladorlar uchun tashkil qilinadigan suhbatlarda ishtirok etib homiladorlik va farzandingiz tug‘ilgach unga qanday g‘amxo‘rlik qilish kerakligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqing. Shuningdek, homiladorlik va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar parvarishi borasidagi maqolalarni o‘qib chiqishingiz mumkin. Bilimlaringizni oshirish o‘zingizga bo‘lgan ishonchning ortishiga va ona bo‘lishga tayyorlanishingizga yordam beradi.

Bundan tashqari ko‘mak guruhini rejalashtirish va tashkil qilish ham foydali bo‘lishi mumkin. Ko‘mak guruhi sizga va umr yo‘ldoshingizga yangi ota-ona sifatida amaliy va ruhiy tayanchga ega bo‘lishingizni taʼminlaydi. Farzandingizni hayotining ilk kunlaridanoq ijobiy, qo‘llab-quvvatlovchi munosabatlar qurshovida o‘stirishingiz ularning miyasi rivoji, ijtimoiy muvaffaqiyati, kirishuvchanligi va boshqa xislatlari uchun foydali bo‘ladi.

Sizning ko‘mak guruhingiz oila aʼzolaringiz, do‘stlaringiz, atrofingizdagi insonlar va shifokor yoki ayollar maslahatchisi kabi mutaxassislardan iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek siz oilaviy hamshira yoki oilaga xizmat ko‘rsatish markazlaridan sizni ota-onalar uchun tashkil qilingan guruhlarga yo‘llab qo‘yishlarini so‘rashingiz mumkin.

Agar o‘zingizni tushkunlikka tushib qolganingizni his qilsangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, yaqin do‘stingiz yoki shifokor yoki ayollar maslahatchisi kabi o‘zingiz ishongan odam bilan ichki kechinmalaringizni bo‘lishishingiz mumkin.

Homilador bo‘lish bilan bog‘liq murakkab ruhiy holat uchun yordam olish

Agar sizda biron xavotir, qo‘rquv yoki boshqa muammolar bo‘lsa bu haqda shifokoringiz yoki ayollar maslahatchisi bilan fikr almashganingiz maʼqul.

Tibbiyot mutaxassisi sizni qiynayotgan ko‘p mavzular borasida sizni xotirjam qilishi mumkin. Masalan, ular homiladorlikning ilk haftalarida sodir bo‘lgan ishlar farzandingizning o‘sishida katta taʼsirga ega emasligini aytishlari mumkin.

Homiladorlikni davom ettirish borasida ishonchingiz komil bo‘lmasa bu borada shifokor bilan maslahatlashing.

Agar umr yo‘ldoshingiz bilan munosabatlaringizda muammo paydo bo‘lsa, oilada zo‘ravonlikka uchrasangiz bu borada shifokorga xabar qiling. Ular sizga yordam olishingizda va farzandingizni sog‘lom dunyoga keltirishingizda yordam berishadi.

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Homila qimirlashi — his-tuyg’ular, kam va ko’p harakat sabablari, tavsiyalar

Homila qimirlashi — his-tuyg’ular, kam va ko’p harakat sabablari, tavsiyalar

31/03/2022
Stress va homiladorlik

Stress va homiladorlik

06/04/2022
tushkunlik

Tug’ruqdan oldingi va keyingi tushkunlik: homilador ayollar va bo’lg’usi onalar

06/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

10 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

10 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

10 oy avval
0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

1 yil avval
6-7 oylik chaqaloq rivojlanishi

6-7 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish