Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 1-3 yosh

Bolalar immuniteti kamayishi va uning belgilari, oshirish yo’llari

da 1-3 yosh, 3-5 yosh
O'qish vaqti:6 daqiqa o'qildi
A A
0
farzand tarbiyasi

farzand tarbiyasi

IMMUNITET bu organizmning har xil infeksiyalarga qarshilik ko’rsata olish qobiliyatidir. Immunitet immun tizimining turli xil mikroblar bilan to’qnashuvi natijasida vujudga keladi. Bolalarda immun tizimining yaxshi faoliyat ko’rsatishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Chunki bolaning turlicha kasalliklarga chalinib oson tuzalib olishi, kasallikning asoratsiz kechishi aynan immunitetning hosil bo’lishiga bog’liq. Shunday ekan, immunitet pasayib ketmasligini ta’minlash lozim.

Immunitet pasayishi sabablari:

  • noto’g’ri ovqatlanish;
  • stress;
  • vitamin yetishmovchiligi;
  • ichki organlar kasalliklari;
  • organizmning o’tkir kasalliklari.

Bolaning immuniteti ikki xil bo’ladi: spetsifik va nospetsifik.

Spetsifik immunitet bolada individual bo’lib, bola yoshligida chalingan kasalliklarga va qilingan emlanishga bo’g’liq bo’ladi. Ya’ni bola kichikligida vetryanka yoki qizamiq bilan kasal bo’lgan bo’lsa, demak, unda bu kasalliklarga immunitet hosil bo’lgan va u boshqa bu kasallikka uchramaydi, yuqtirib olsa ham kasallik oson kechadi. Kasalliklarga qarshi qilingan emlanish natijasida ham organizmda o’sha kasallikka nisbatan immunitet hosil bo’ladi va shu kasallik bolaga kelajakda yuqmaydi, yuqsa ham yengil shaklda o’tib ketadi.

Nospetsifik immunitet, deyarli, barcha bolalarda bir xil bo’ladi. Nospetsifik immunitet bola organizmini oddiy bakterial infeksiyalardan saqlaydi.

Immuniteti past bolalar kuchli immunitetga ega bolalarga nisbatan ko’proq va og’irroq kasal bo’ladilar.

Bolaning immuniteti nimaga bog’liq?

  1. Ovqatlanish sifati – bolaning ovqatlanish ratsionida yetarlicha vitamin va minerallar mavjud bo’lishi kerak. Undan tashqari, ovqat ko’pligi bilan emas, xilma-xilligi bilan sifatli ekanligini unutmaslik lozim.
  2. Bolaning yashash sharoiti – oiladagi muhit, maktab-bog’chadagi sharoit bolaning immun tizimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Nafaqat sifatli ovqatlanish, balki ota-onaning mehriga to’yish ham sog’lom bo’lish garovidir.
  3. Bola ichki organlarining holati – organizmda biror organning faoliyati buzilganligi immun tizimining to’g’ri faoliyat ko’rsatishiga to’sqinlik qiladi. Surunkali kasallik (gastrit, pielonefrit, kariyes va hokazo)lar immunitetni keskin pasaytiradi.

Bolada immunitet pasayganligi haqida qanday bilsa bo’ladi?

  • Bola ko’p shamollaydi (yilda kamida 6 marta).
  • Oddiy shamollash o’g’ir kechadi, ketidan angina, otit, bronxit kabi og’irlashish vujudga keladi.
  • Bolaga davolash yaxshi ta’sir qilmaydi, kasallik odatdagidan ko’ra uzoq davom etadi.

Yuqoridagi ko’rsatkichlar organizmning immun holatini to’liq ochib bermaydi, immun tizimi faoliyatini aniq bilish, afsuski, juda qiyin va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shuning uchun bolada yuqoridagi ko’rsatkichlar takrorlanishini kuzatsangiz, uni shifokorga ko’rsatib, maslahatlashish talab etiladi.

Bolaning immunitetini oshirish yo’llari:

  1. Chiniqtirish

Bolani chaqaloqligidan chiniqtirish lozim. Faqat chiniqtirish deganda har kuni ma’lum bir soatda ma’lum bir mashqni qilish nazarda tutilmaydi. Chiniqtirish kundalik harakatlarda namoyon bo’lishi kerak. Ya’ni, ertalab turganda oddiygina jismoniy mashg’ulot (o’yin tarzida), yuvinish davomida suv bir oz salqinroq bo’lishi (sovuq emas, balki iliqdan salqinroq), kunda ikki marta sovuqda ham, yomg’irda ham mos kiyimda bo’lib toza havoda aylanish, chopish, o’ynash.

  1. Vitaminlar

Bolaning immun tizimi buzilishiga olib keluvchi yana bir sabab organizmda vitamin yetishmovchiligi (gipovitaminoz)dir. Vitaminlar yetarlicha qabul qilinishi uchun bolaning ovqatlanish sifati yuqori bo’lishi kerak. Meva va sabzavotlar, uglevod va oqsilga boy mahsulotlar bola organizmiga har kuni yetarlicha yetkazib berilishi lozim. Afsuski, qo’shimcha ichilgan dori shaklidagi vitaminlarning organizm tomonidan qabul qilinish darajasi juda past bo’ladi. Lekin talab etilsa, shifokor bilan maslahatlashgan holda vitaminlarni alohida qabul qilish tavsiya etiladi.

  1. Immunostimulyatorlarni qabul qilish

Hozirgi kunda immunostimulyatorlar juda ko’payib ketgan, lekin ularni faqatgina organizmga haqiqatan immunodefitsit (immun tizimini faoliyati pasaygani) aniq bo’lganda qabul qilish mumkin. Buni esa faqat immunologning maxsus tekshiruvlari aniqlab beradi. Agar immunologning tavsiyasi bo’lmasa, bunday dori vositalarini ichish bolaning tabiiy immun tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Bolaga immunostimulyator ichirish uchun quyidagi holatlardan biri mavjud bo’lishi shart:

  • bolada immunodefitsit immunolog tomonidan aniqlangan;
  • bolaning immunitetini oshirishning tabiiy yo’llaridan foydalanilsa ham, foydasi bo’lmagan (chiniqtirish, vitamin va mineralga boy ovqatlantirish, bolaning yashash muhitini yaxshilash);
  • bola ichki organlarining surunkali kasalliklari aniqlanmagan.

Immunitetni tabiiy ravishda oshiruvchi mahsulotlar:

  1. Sut
    2. Qatiq
    3. Olma
    4. Sabzi
    5. Asal
    6. Lavlagi
    7. Baliq
    8. Piyoz va sarimsoq piyozi
    9. Sedana yog’i (kuniga 1 choy qoshiq)
    10. Limon
    11. Na’matak damlamasi
    12. Turshak, olma qoqisi, olxo’ri qoqisi va ularning damlamalari
    13. Har xil danaklar
    14. Petrushka ko’kati

Farzandingiz nonushtasiga ushbu mahsulotlardan har kuni qo’shib bersangiz, uning immuniteti tabiiy ravishda ko’tariladi.

Bolani chiniqtirish deganda, kunda bir necha daqiqa davomida bolani sovuq suvda cho’miltirish, yoki qishda qorda yalang oyoq choptirish kabi muolajalarni emas, balki bolaga tabiiy hayot tarzini yaratib berishni tushunish kerak.

Tabiiy hayot tarzi tamoyillari:

  1. Harakat

Bola qancha ko’p toza havoda harakat qilsa, shunchalik foydali. Masalan, maktabga avtobusda emas, balki piyoda borgani, kino ko’rgandan ko’ra, ko’chada futbol o’ynagani, yakshanba kuni uy yumushlari bilan shug’ullangandan ko’ra, tabiat qo’yniga chiqqani ma’qul. Eng asosiysi, harakat to’rt devor orasida emas, balki ochiq havoda bo’lishi kerak.

  1. Kiyim

Kiyim terlatmaydigan bo’lishi shart. Shamollashga sovuqqotishdan ko’ra terlash ko’proq sababchi bo’ladi.

  1. Ovqatlanish

Ishtaha bo’lgandagina ovqatlanish lozim.

Agar siz bolangizning tabiiy ravishda chiniqqan bo’lishini istasangiz quyidagilarga amal qiling:

  1. Bolani har qanday havoda ko’chaga olib chiqing.
  2. Bolani harakatchan o’yinlarga jalb qiling.
  3. Uydagi kimyoviy tozalash anjomlar bilan bolaning aloqasini cheklang (Uy jihozlarini tozalashda, kiyimlarni yuvishda kimyoviy preparatlardan iloji boricha kamroq foydalaning).
  4.  Bolani terlash darajasida kiyintirmang.
  5.  Ovqatni kuch bilan yedirmang.
  6.  Agar bola ko’p kasal bo’layotgan bo’lsa, o’qish jarayonini bo’shashtiring (musiqa, chet tili, qo’shimcha darslarni kamaytiring).
  7.  Bolaning xonasini changdan holi qiling.
  8.  Toza havoga ko’p olib chiqing.
  9.  Dengiz, o’rmon va tog’ga bolani ko’proq olib boring.
  10.  Bolaning xonasini tez-tez shamollatib turing.

Chiniqish uchun quyidagi mashq tavsiya etiladi:

Ertalab toza havoda ko’chada 30 daqiqa davomida yugurish (qo’llarni yonga ko’tarish, o’tirib-turish, osilish kabi yengil mashqlarni qo’shimcha bajarish mumkin). Bu mashq faqat vaqtni talab etadi, kuch ishlatish kerak emas. Lekin agar har kuni bolangiz bilan yarim soatdan toza havoda yugurib yoki mashq qilib kelsangiz, sog’liq uchun foydasi katta ekanligini 1 oy ichida sezasiz.

Chiniqish davomida quyidagilarga ahamiyat bering:

– Muntazamlik – chiniqishni boshlagan bo’lsangiz, uni har kuni qoldirmasdan bajaring;

– Asta-sekinlik – mashg’ulotlar davomiyligi va og’irligini asta-sekinlik bilan oshiring;

– Shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish – yosh, vazn, bolaning psixologik yondashuvi, bolaning mavjud bo’lgan kasalliklari va boshqalar.

Bola chiniqish mashg’ulotlaridan lazzatlanishi kerak, shuning uchun bola o’zi xohlagan va tanlagan mashqlarni bajargani ma’qul.

Har qanday chiniqtirish ham bolani kasallikdan butunlay asray olmaydi, lekin kasallik og’irligini va davomiyligini bir necha barobar pasaytirishi mumkin.

Bola ko’p kasal bo’lmasligi uchun quyidagi tabiiy, oson va sinalgan qo’llanmalar yordam beradi.

Avallo, shuni ta’kidlab o’tishimiz joizki, ba’zi kasalliklarni bola kichikligida boshidan o’tkazib olgani ma’qul. Misol uchun, suvchechak yoki qizilcha kabi bolalikda 1-2 haftada o’tib ketadigan viruslik kasalliklar, katta odamlarda ba’zan jiddiy asoratlar bilan kechadi. Bolalarda esa bu viruslar kichikligida o’tib, immunitet hosil qilib beradi. Xuddi shunday yengil shamollash ham bolalikda namoyon bo’lib turishi zararli emas, u bolada immunitetini tabiiy ravishda oshishiga yordam beradi.

LEKIN…

Muhim tomoni shundaki, kasallanish yil davomida 2-3 martadan oshmasligi, davomiyligi 1-2 hafta oralig’ida bo’lishi va eng muhimi, asoratsiz chuqurlashmay o’tib ketishidir. Agar bola yilda bir necha bor yengilgina shamollab, shamollashi yomonlashmay, ozginagina muolajalar bilan o’tadigan bo’lsa, buning yomon tomoni yo’q.

Muammo shundaki, ko’pincha, bolalar qish bo’yi shamolashdan chiqmaydi. Oylab yo’talib, haftalab burni oqib, oddiy shamollash o’pka yallig’lanishi, gaymorit, sinusit, otit, laringit kabi jiddiy kasalliklarga o’tib, kasalxonada davolanishni talab etilish darajasigacha borishi mumkin.

Mana shunday keskinlashgan shamollash bolaning immun tizimini ishdan chiqaradi, endi tuzaldim, deganda bolaning immuniteti bo’shligi tufayli u qayta shamollaydi. Dori, ukollardan boshi chiqmay qoladi.

Mana shu darajaga keltirmaslik uchun, bola tabiiy ravishda oddiygina iliq sut bilan davolana olishi uchun uni chiniqtirish muhimdir.

  1. Qish kunlari bolani kamida 30 daqiqa davomida quyosh kunlari ko’chada o’ynatish. Harorat sovuq bo’lsa ham, issiq kiyintirib faol o’yinlar bilan uni ko’chada harakatlantirish. Bu faoliyatni qishki sport turlari bilan almashtirsa ham bo’ladi. Ya’ni changi uchish, konki, lija kabi sportga berish. Qishki sportga berishga imkon bo’lmaganda, shunchaki sovuq kunda ko’chada chopib o’ynashning foydasi juda katta bo’ladi.

Qishki sport bolaning immunitetini oshirishda, shamollamasligini ta’minlashda eng samarali vositadir!

  1. Qish kunlari hammada isitkich asboblari yoqilgan bo’ladi. Bu esa havoni quritadi. Quruq havo bolaning yo’talishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun, qish kunlari stolda doim iliq na’matak damlamasi, yoki smorodina, malina qo’shilgan choy turishi lozim. Bola kun mobaynida iliq suyuqlik ichib yurishga odatlansin.
  2. Bolaning oyog’i bo’kib, yoki qo’llari sovuqqotib, uzoq vaqt sovuqda qolgan payti, unga darhol jiyda, asal, smorodina, limon qo’shilgan damlamani yoki asal qo’shilgan iliq sutni har 30 daqiqada oz-ozdan ichirib turish kerak. Shamollashi avjiga olmaydi.

Oddiy moychechak damlamasini Germaniyada 100 ta dardga davo deb iste’mol qiladilar. Moychechak damlamasi bolaning shamolashini oldini oladi, undan tashqari shamollagan bolani oson va tez davolanishiga yordam ko’rsatadi.

  1. Qish kunlari vitamin kam bo’lishini inobatga olib, har kungi ovqatga mayda qilib barra piyoz va sarimsoqdan bilintirmay solib bolaga yedirish zarur. Bolaga sarimsoqni yeyish qiyin bo’lsa, u holda piyozning o’zi ham foydadan holi bo’lmaydi.
  2. Bola terlaganidan ko’ra biroz soyigani yaxshiroq. Doim terlab yuradigan bola oson shamollaydi. Kiyimiga e’tiborli bo’ling.
  3. Kun mobaynida bola pista, chips, popkorn yeb yurishidan ko’ra yong’oq, mayiz, turshak, mevalar yeb yurishiga sharoit yaratib bering.
  4. Ko’plab viruslar havo-tomchi orqali odamdan odamga yuqadi. Buning oldini olishning eng oson yo’li, qo’lni yuvib yurishdir. Bola ko’chadan kelgan zahoti, ko’chada ovqat yeyishdan oldin doim qo’lini sovunlab yuvishga odatlansin.
  5. Kun mobaynida televizor yoki kompyuterning oldida o’tirmay, bolani ko’chada faol o’yin bilan band bo’lishiga undang. Quyosh va toza havo bolaning immunitetiga kerakli vitamin Dni yetkazib beradi.
  6. Bolada Vitamin D yetishmovchiligi alomatlari (kuchsizlik, ko’p shamollash, rahit belgilari, jussasi kichikligi va boshqalar)bo’lsa, unga qish kunlari qo’shimcha ravishda Vitamin D(dozasini shifokordan so’ragan holda) bersangiz bo’ladi.
  7. Dars, uydagi muammolar yoki ichki kechinmalari tufayli bola ko’p asabiylashayotgan bo’lsa, uni ortiqcha stressdan xoli qiling. Bolada stress immunitetning tushishida, asabiy bo’lishida, ko’p kasal bo’lishida namoyon bo’ladi.

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

12/04/2022
Bolalarda tish kasalliklarini qanday oldini olish mumkin?

Bolalarda tish kasalliklarini qanday oldini olish mumkin?

11/04/2022
Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

11/04/2022
Bolaning koʻzi tez-tez yoshlanishi biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin — Mutaxassis

Bolaning koʻzi tez-tez yoshlanishi biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin — Mutaxassis

11/04/2022
Bolalardagi ko’z kasalliklari

Bolalardagi ko’z kasalliklari

11/04/2022
Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

11/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

10 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

10 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

10 oy avval
0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

1 yil avval
6-7 oylik chaqaloq rivojlanishi

6-7 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish