Kreativlik – hozirgi kunda quloqqa koʻp chalinadigan so’z. Bolada kreativlik bo’lishi muhim ekan. Kreativlik esa ijodkorlikdir.
Hozirgi kunda aqlli bo’lish yetarli emas, kreativ bo’lish kerak. Biror talabni bekam-ko’st bajarish ko’pchilikning qo’lidan keladi, lekin talabni o’ylab topish, yangilik kiritish, ishga ijod bilan yondashish, yangi yo’llarni izlash, yangi ko’rinish topish, yangi usul qo’llash hammaga ham xos qobiliyat emas.
Quyidagi test farzandingizda kreativlik (ijodkorlik) qobiliyati qanchalik rivojlanganligini ko’rsatib beradi.
Ushbu testni 7-13 yoshdagi bolalarda o’tkazsa bo’ladi. Agar natija sizni xursand qila olmasa, xafa bo’lishga o’rin yo’q. Bola rivojlanishda davom etmoqda va unda ijodkorlik qobiliyatini uyg’otish ota-onaning qo’lida. Bolani ijodiyotga qiziqtirish yo’llari haqida mana bu yerda bilib olish mumkin.
21-asr bolalari kreativ-ijodkor bo’lishi shart.
Quyida keltirilgan savollarga «ha» yoki «yo’q» javobini berasiz. Har bir ijobiy javob uchun «1» ball qo’shiladi, salbiy javob uchun «0» ball qo’shib boriladi.
- Bola biror buyumga nisbatan noana’naviy foydalanish usulini qo’llaydimi?
- Bola o’sgani sayin qiziqishlarini o’zgartirib turadimi?
- Mavhum rasmlarni chizishni yaxshi ko’radimi?
- Tasavvuridagi buyumlarni chizadimi?
- Fantastik hikoyalarni yaxshi ko’radimi?
- O’zi ertak yoki she’r to’qib chiqaradimi?
- Qog’ozdan xilma-xil figuralarni kesishni yaxshi ko’radimi?
- O’zi duch kelmagan yoki ko’rmagan buyumni bilmasdan yasab qo’yganmi?
- Biror narsani yoki ko’rinishni o’z istagiga binoan o’zgartirib qo’yishni istaydimi?
- Qorong’ulikdan qo’rqadimi?
- Yangi so’zni o’zi o’ylab topganmi?
- O’ylab topgan so’zini tushunarli deb bilarmidi?
- Uy jihozlarini o’z istagiga muvofiq o’zgartirganmi yoki o’zgartirishni istaganmi?
- O’zgartirgan bo’lsa, yaxshi chiqqanmi?
- Buyumdan boshqa yo’lda foydalanishni tajriba qilganmi?
- Kichikligidan turli xil buyumlarni qay maqsadda ishlatilishini topa olarmidi?
- Kiyim tanlaydimi?
- O’z ichki dunyosiga egami?
- O’zi hali tushunmaydigan holatlarga izoh izlaydimi?
- Atrofidagi hodisalarni tushuntirib turadimi?
- Suratsiz kitoblarni o’qishni yaxshi ko’radimi?
- O’yinlarni o’zi o’ylab topadimi?
- Ko’rgan tushlarini yoki boshidan kechirganlarini aytib bera oladimi?
Javoblar uchun qo’yilgan ballarni qo’shib chiqing.
Test natijasi:
20 balldan 23 ballgacha: Bola zehni juda o’tkir. U atrof-muhitga va hodisalarga katta qiziqish bilan qaraydi. Unga hamma narsa qiziq. U haqiqiy ijodkor. Unga qobiliyatini rivojlantirishda yordam berish kerak. Qiziquvchanlik va bilimga chanqoqlik ehtiyojlarini to’ydirib turish muhim. Kelajakda u ijodkor, dizayner, kreativ direktor, har bir ishiga ijod bilan yondasha oladigan inson bo’lib yetisha oladi.
15 balldan 19 ballgacha: Bola biror narsaga qiziqib turganida ijodkorligi namoyon bo’ladi. Bunda boshqa narsalarga nisbatan ahamiyatsiz bo’ladi. Aynan shu qiziqishini rivojlanishida yordam bering. Qiziqishi so’nmasligi uchun muhit yaratib berish kerak.
9 balldan 14 ballgacha: Aqli ko’p narsaga yetishi mumkin. Ko’p narsani tez tushunib oladi. Lekin ijodkorlik qobiliyati rivojlanmagan. Uni ijodga qiziqtirish kerak.
8 ballgacha: Bolaga kreativlik yetishmaydi. U ijod qila olmaydi, yaratuvchanlik, o’z fikriga egalik unga xos emas. Lekin u yaxshi mutaxassis bo’lishi mumkin. Barcha talablarni a’lo darajada bajara olishi qiyin bo’lmaydi.
- Maxover psixologning fikricha, bolaning chizgan rasmi uning aqliy rivojlanishi haqida ma’lumot berishi mumkin ekan.
Yoshi 5 dan oshgan boladan biror odam rasmini chizishini iltimos qiling. «Qanday odam?» desa, aniq javob bermang. «Sen istagan odam», «ixtiyoriy odam», deb javob berishingiz lozim.
Chizgan rasmiga quyidagi ko’rsatkichlarga qarab baho beriladi:
- odamning ikki oyog’i bor;
- odamning boshi mavjud;
- qo’li ikkita;
- tana bilan boshi ajratib chizilgan;
- tana kengligi va uzunligi proporsional;
- yelkalar aniq ko’rinib turibdi;
- qo’l va oyoqlar tana bilan to’g’ri ulangan;
- qo’l va oyoqlarning tanaga ulangan joyi aniq ko’rsatilgan;
- bo’yin mavjud;
- bo’yin uzunligi tana razmeriga proporsional;
- yuzida ko’zlari mavjud;
- yuzida burni mavjud;
- og’zi mavjud;
- burun va og’zi normal razmerga ega;
- burun teshiklari ko’rinib turibdi;
- sochlar chizilgan;
- sochlar aniq bo’lib, boshni qoplab turibdi;
- odam kiyim kiygan;
- kiyimning ba’zi qismlari mavjud (shimi, ko’ylak);
- butun kiyimi aniq ko’rsatilgan;
- kiyimda noaniq yoki tushunarsiz buyumlar mavjud emas;
- qo’lning barmoqlari mavjud;
- har bir qo’lida 5 tadan barmoq bor;
- barmoqlar razmeri proporsional bo’lib, tarvaqaylamagan;
- katta barmoq aniq ko’rsatilgan;
- bilaklar ko’rinib turibdi;
- tirsak ko’rinmoqda;
- tizzalar ko’rinmoqda;
- boshning tanaga nisbatan razmeri proporsional;
- qo’llar tanaga nisbatan juda uzun emas;
- tovon uzunligi oyoqlar uzunligiga mos;
- oyoqlar uzunligi tana uzunligiga proporsional;
- qo’l va oyoq uzunliklari proportsional;
- oyoqlarda tovon ko’rinib turibdi;
- bosh shakli to’g’ri;
- tana shakli to’g’ri;
- odamning umumiy ko’rinishi yaxshi;
- odam rasmida qo’pol xatolar mavjud emas;
- quloqlar mavjud;
- quloqlar o’z joyida bo’lib, razmeri to’g’ri;
- qosh va kipriklar mavjud;
- ko’z qorachig’lari to’g’ri joylashgan;
- ko’z razmeri yuz razmeriga mos;
- odam to’g’riga qaramoqda, ko’zlar chetga qaratilmagan;
- peshona va dahan ko’rinib turibdi;
- lablar dahanga ulanib ketmagan.
Farzandingiz rasmida yuqoridagi ko’rsatkichlarning qaysi biri mavjud bo’lsa, 1 balldan berasiz. Hamma ballarni qo’shib, quyidagi bolaning yoshiga nisbatan olishi kerak bo’lgan o’rtacha ballar soni bilan solishtirasiz.
5 yosh – 10 ball
6 yosh – 14 ball
7 yosh – 18 ball
8 yosh – 22 ball
9 yosh – 26 ball
10 yosh – 30 ball
11 yosh – 34 ball
12 yosh – 38 ball
13 yosh – 42 ball
14 yoshdan katta – 42 balldan yuqori
Bolaning chizgan rasmiga qo’yilgan ball yoshiga nisbatan o’rtacha balldan qancha ko’p bo’lsa, shunchalik bola aqliy rivojlangan deb hisoblanadi. Va aksincha, yig’gan balli yoshiga nisbatan o’rtacha balldan pastroq bo’lsa, u holda u bilan ko’proq suhbatlashish, o’yin o’ynash va birga kitob o’qish tavsiya etiladi.
Bolaning o’z oilasini chizgan rasmiga qarab, uning oila a’zolariga bo’lgan munosabatini bilib olsa bo’ladi. Bundan tashqari, bola o’zini oilada qanday his etishini ham ko’rish mumkin.
Bolaga o’z oilasini chizib berishni taklif qiling. Chizish jarayoniga aralashmaslik muhim. Rasm tayyor bo’lganda, uni tahlil qilsa bo’ladi.
Ketma-ketlik: Oila a’zolarining chizilgan ketma-ketligiga qarab ularning qay biri bola uchun eng muhim ekanligini bilsa bo’ladi. Bola odatda birinchi bo’lib o’zi uchun eng qadrli va sevimli insonni chizadi. Agar oila a’zolaridan kimnidir chizish esidan chiqqan bo’lsa, demak u inson bilan munosabati yaxshi emas. Bola o’zini o’rtada tasvirlasa, oilada sevilayotganini his qilayotganidan dalolat beradi. O’zini umuman chizmasa, demak, u yolg’iz va oila a’zolariga o’zini keraksiz hisoblamoqda.
Razmer: Chizilayotgan insonning razmeri qanchalik katta bo’lsa, u shunchalik bola uchun hurmatga sazovordir. Oilada kamsitilayotganini his etgan bola o’zini kichkina chizadi.
Masofa: Oilada tinchlik-xotirjamlik bo’lsa, barcha a’zolar bir-biriga yaqin joylashgan bo’ladi. Agar oila a’zolari orasida biror buyum yoki masofa tasvirlangan bo’lsa, demak, bola oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarda uzoqlik borligini his qilmoqda.
Rang: Bola sevadigan narsalarini iliq, yoqimli ranglar bilan bo’yaydi. Qora rangda bo’yalgan oila a’zosiga nisbatan bolada nafrat borligi namoyon bo’lmoqda.
Tana a’zolari: Aniq va to’liq chizilgan tana a’zolariga ega inson bola uchun kerakli ekanligidan dalolat beradi. Agar oila a’zolaridan birining og’zi juda katta yoki tishlari bilan chizilgan bo’lsa, demak, u bolaga ko’p jahl qilmoqda. Ko’zlarini juda katta chizgan bola, nimadandir qo’radi. Qo’llari juda uzun yoki umuman tasvirlanmagan oila a’zosi bolaga qattiq kuch ishlatayotganini yoki uni psixologik ezayotganligini ko’rsatmoqda.
Bolaning dili juda nozik ekanligini unutmaslik kerak. Vaqt-vaqti bilan unga oila a’zolarini chizib berishni taklif qilib, o’z munosabatlaringizga baho bering. Bu ularni yaxshilashga turtki bo’ladi.
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi