Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 1-3 yosh

Bolaga ikki tilni o’rgatish

da 1-3 yosh, 12-18 yosh, 3-5 yosh, 5-8 yosh, Rivojlanish, Rivojlanish, Rivojlanish
O'qish vaqti:6 daqiqa o'qildi
A A
0
farzand tarbiyasi

farzand tarbiyasi

Bola ikki tilni o’rgana olishi uchun unga sharoit yaratib bermoq lozim. Bu sharoit ikki tilning bola hayotidagi o’rnini muvozanatlashtirish darajasiga bog’liq bo’ladi.

Buning uchun bola uxlamaydigan vaqtini sanab uni ikkiga bo’lamiz. Birinchi yarmini o’zbek tiliga, ikkinchi qismini esa chet tili uchun ajratamiz. Bunday hol bola hayotining birinchi uch yilida alohida e’tiborda bo’lishi lozim. Agar bolaning vaqti bir til tomonga og’ib ketsa, ikkinchi til bilan muloqotda bo’lish uchun vaqt topa bilish lozim. Ya’ni agar bola kuni bilan faqat o’zbek tilida gaplashsa, u holda uni ko’chaga, parklarga olib chiqib chet tilida so’zlashadigan bolalari bilan gaplashtiring, yoki chet tilini o’rgatadigan to’garak, bog’chalarga olib boring, shuningdek, birgalikda chet tilida multfilm ko’rishingiz, qiziqarli kitoblar o’qishingiz mumkin.

Iloji boricha qarindoshlaringiz, do’stlaringizni bolangiz bilan o’zbek tilida gaplashishga undang. Bola nafaqat ota-onasi bilan, balki boshqalar bilan ham o’zbek tilida gaplashishi mumkin ekanligini his eta bilsin.

Qachon bolaga ikki tilda gapirishni o’rgatish mumkin? Albatta eng yaxshi payt — bu muomalaga kiradigan payti. Ya’ni 2-3 oyligidan boshlab.
Lekin bu ikki til bola hayotida, iloji boricha, teng bo’lishi kerak. Aks holda, bir til asosiy, ikkinchisi qo’shimcha til bo’lib qoladi.

Bir yoshdan oshgan bolalarda ikki tilni o’rganish biroz qiyinroq. Bunday hollarda bolaga ikkinchi, ya’ni chet tilini yangi bir odam, masalan bog’cha tarbiyachisi, yoki til o’rgatuvchi mutaxassis o’qitgani ma’qulroq bo’ladi. Agar ota-onaning o’zi bola bilan bir yoshgacha bir tilda gaplashib, keyin boshqa tilda muloqot qila boshlasa, bolada bu holat psixologik travma yaratishi mumkin.

Uch yoshdan so’ng ota-onalar ham bolasi bilan ikki tilda muloqotda bo’lishlari mumkin.

Katta yoshdagi bolalar ikkinchi tilni bog’cha, maktablarda oson o’rganib oladilar, shuning uchun ular bilan uyda o’zbek tilidagi muomalani yo’qotmaslik ota-onasining qo’lida.

Fransuz lingvisti M.Grammontning fikricha, bolani yoshligidanoq ikki tilga o’rgatish oson. Agar ota bolasi bilan bir tilda, ona esa ikkinchi tilda doimiy ravishda gaplashib borsa, bola 3-4 yoshiga kelib ikkala tilda oson gaplasha oladi. Eng asosiysi, bolada har bir til bilan assotsiatsiya bo’lgan inson ko’z oldida namoyon bo’lmog’i lozim.

Ikki tilni o’rganish uslublaridan yana biri bu TIL VAQTI uslubidir, bunda bola bilan ayrim soat yoki kunlarda bir tilda gaplashilib, boshqa ajratilgan vaqtda esa boshqa tilda gaplashiladi.

Quyidagi holatlarda bolaga ikki tilni o’rgatish tavsiya etilmaydi.

  1. Agar bolada logopedik muammolar bo’lsa, ya’ni 3 yoshga kelib to’liq, ravon so’zlasha olmasa, gapirmoqchi bo’lgan gapini, xohishini so’z bilan izhor eta olmasa.
  2. Bola jismonan baquvvat bo’lmasa, ko’p kasal bo’lsa.
  3. Agar o’zingizda bola bilan ikki tilda muloqot qilish uchun iroda yetarli bo’lmasa. Bolaga ikki tilni o’rgatishda ota-onaning roli katta.
  4. Bolaga ikki tilni qaysi uslub bilan o’rgatasiz, bolaga psixologik stress keltirmaslik uchun ikki tilni o’rgatish zaruriyati bo’lishi shart.

Bola ikki tilda gapiradigan, ya’ni otasi va onasi har xil millatga mansub bo’lgan oilada ulg’aysa, yoki bir millat oilasi boshqa mamlakatda yashayotgan bo’lsa, o’sayotgan bola umrining birinchi yilidanoq ikki tilni eshitadi. Shunday holda bolada ikki til ham to’g’ri rivojlanishi uchun ota-ona bolaning nutq tarbiyasiga ma’lum tartib-qoidalar asosida yondashmog’i lozim.

1-qoida: Bir odam (ya’ni ota yoki ona) – bir til

Bu eng qulay va ko’p qo’llaniladigan  qoida bo’lib, tarbiyaning boshidanoq ijobiy natijalarga olib keladi. Bu prinsip 100 yildan beri ko’plab oilalarda qo’llanilib kelinmoqda. Ko’p ota-onalar bolasi uchun ikki til ona tili bo’lishi uchun shu qoidadan foydalanadilar. Hozirgi kunda undan foydalanish darajasi dunyoda yana-da ortib bormoqda.

Undan tashqari, bu prinsipga nafaqat ota-ona, balki qarindoshlar, do’stlar va bolaga qaraydigan enaga ham amal qilishi mumkin.

Eng asosiysi, bola bilan doimiy muloqotda bo’lishdir. Ikki tildan har birida bola bilan bir necha odam gaplashishi mumkin, muhimi, har biri bola bilan muomala qilayotganda faqat bir tilni qo’llashdir.

Bu prinsip qo’lanilayotganda kattalar nafaqat bola bilan bir tilda so’zlashadilar, balki bola bo’lgan joyda boshqalar bilan ham faqat o’sha aynan tanlangan tilda muomala qilishlari lozim. Bu holda bola tezroq ikki tilni ajrata olib, aralash gapirmaslikka harakat qiladi.

Uch-to’rt yoshgacha bola kattalar ikki tilni aralashtirib gapirayotganini eshitishi mumkin emas. Aks holda, uning xayolida chalkash obrazlar hosil bo’ladi.

Agar oilada ikki farzand bo’lib, ikkalovi ham ikki til prinsipi bo’yicha tarbiyalanayotgan bo’lsa, bolalar bir-biri bilan qaysi tilda gaplashishini o’zlari tanlaydi. Ularga buni majburan uqtirib bo’lmaydi. Agar bir tilni keskin rivolantirish niyatingiz bo’lsa, katta farzandga o’sha tilda ukasi bilan gaplashishi kerakligini tushuntiring. Bola o’z mas’uliyatini his qilib ukasiga tilni o’rgatish jarayonida ishtirok etayotganidan xursand bo’ladi.

2 – qoida: Bir sharoit — bir til

Bu prinsip tilni ishlatish joyini belgilaydi. Ya’ni uyda ishlatiladigan til  va uy tashqarisida ishlatiladigan tilga ajratish mumkin. Bu prinsip chet elda yashayotgan o’zbek oilalariga juda mos keladi. Oilada bola bilan faqat o’zbek tilida gaplashib, maktab, bog’chada chet tilida muomala qilinadi.

Bu prinsipni uy ichida ham qo’llash mumkin. Masalan, bir xonani o’zbek tili xonasi deb, u yerda faqat o’zbek tilida gaplashib, ikkinchi xonani esa chet tili xonasi deb, u yerda oila a’zolarining barchasi faqat chet tilida so’zlashadi.

3 – qoida: Bir vaq — bir til

Bu prinsipga asosan ota-onalar ayrim bir tilni ayrim vaqt mobaynida qo’llaydilar. Ya’ni kunning yarmi o’zbek tiliga ajratilsa, kunning ikkinchi yarmida faqat chet tilida gaplashiladi. Kattalardan qanchalik ko’p odam bu qoidaga amal qilsa, bola uchun ikki tilni o’zlashtirish shunchalik oson bo’ladi.

Lekin bolaning vaqtni aniqlashda qiyinchilikka duch kelganligi tufayli bu prinsipnj juda ham effektiv deb aytib bo’lmaydi.

Bolada bilingvizm (ikki tillilik) muammosi ayniqsa aralash oilada, ya’ni ota-onasi turli til egalari bo’lgan oilalarda ko’p uchraydi. Chunki bunday oilada ota-ona o’z ona tilini farzandiga o’rgatishni, natijada, bu til keyingi avlodga ham o’tishini xohlaydi.

Lekin hozirgi kunda ota-onasi bir til egalari bo’lgan oilalar ham farzandida ikki tilni rivojlantirishni xohlaydilar va u bilan ikki tilda muloqot qiladilar. Ota-onaning biri farzandi bilan ona tilida gaplashsa, ikkinchisi chet tilida muloqot qiladi. Bunday bolalar ota-onasiga har xil tilda murojaat qiladilar. Buning yaxshi yoki yomon ekanligi ota-onaning mazkur holatga bo’lgan munosabatiga va e’tiboriga bog’liq. Agar bolada ikki tilni rivojlantirmoqchi bo’lsangiz, bunga alohida yondashuv kerakligini unutmang.

Ota-ona ikki millatga oid bo’lgan oilalarda bola nafaqat ikki tilni, balki ikki madaniyatni ham o’zlashtiradi.

Bola uchun ota yoki ona o’sha madaniyatga olib kiruvchi eshik bo’ladi. Shuning uchun bolaning madaniyatga bo’lgan munosabatini yaratishda ota-onanig roli nihoyatda katta.

Agar bola uydagi madaniyat ko’chadagi madaniyat bilan farqli ekanligini anglamasa (o’zbek oilasi chet elda yashaydigan holat), u bog’cha, maktabga chiqib, bora-bora chet el madaniyatiga singishib ketishi oson bo’ladi. Unda o’zbek madaniyati faqat uyda kerak ekan, degan xayol paydo boʻladi. Shuning uchun bolani boshqa o’zbek xonadoniga, o’zbek bolalari mavjud bo’lgan joylarga ko’proq olib boring. O’zbeklar uyushtiradigan bayramlarda qatnashing, bola ota-onasidan tashqari boshqa o’zbeklarni ham ko’rmog’i, ular bilan munosabat va muloqotda bo’lmog’i lozim.

Agar bola ikkala tilda bemalol so’zlasha olib, istagan odam bilan xohlagan tilida gaplasha olsa, o’z hissiyotlarini izhor eta olsa, u holda bolada tabiiy bilingvizm shakllangan bo’ladi. Agar bola ikkinchi tilga ma’lum bir yangilik, muomalaning boshqa turi, o’yin sifatida qarasa, u holda bu majburiy bilingvizm hisoblanadi. Agar ota-ona bu jihatga ahamiyatsiz bo’lsa, u holda bola ikki tilni doimiy ravishda ishlatib, ularni aralashtirib yuboradi. Ya’ni muloqot davomida ikki til so’zlarining ishlatish tartibini qo’llaydi. Bunday gaplar ikki tilning aralashib ketishiga va nutqdagi ko’plab xatolarga olib keladi. Agar ota-ona bola nutqiga ahamiyat bersa, bolada ikki tilda muomala qilish vaqti, qoidalari va hajmi aniq belgilab qo’yilgan bo’ladi.

Bolaning ikki tilda ham to’g’ri va ravon gapira olishi ota-onaning bola nutqiga qaratadigan e’tiboriga bog’liq.
Shuni taʼkidlash joizki, qarindoshlar ham ota-ona prinsipiga, uslubiga amal qilishlari lozim.

Ko’p bolalar kuni bilan maktab, bog’chalarda chet tilida gapirib, uyga kelib o’zbek tilida gapirishni istamaydi. Bunday holatda ota-ona kuchli bolani o’zbek tilida so’zlashishga undab, qiziqtirmog’i lozim. Aks holda, bola qiynalmaslik uchun, umuman, ota-ona bilan muomala qilmay qo’yishi mumkin. Shu bilan birga, bola ko’chada ham ota-onasi bilan bo’lganida o’zbek tilida muloqot qilishga uyalmasligi kerak. Buning uchun bolada o’zbek tiliga nisbatan hurmat tuygʻusini uyg’otish shart. Ya’ni bola uyda ota-ona o’zaro o’zbek tilida gaplashganini ko’rishi kerak. Ko’chada yurganida esa ota-ona bolaga faqat o’zbek tilida murojaat qilib, undan o’zbek tilida javob kutishi kerak. Qolaversa, chet el bolalari oldida ota-ona bolaga o’zbek tilida murojaat qilayotganida, bola uyalmasdan o’zbek tilida javob bera olishini ta’minlash lozim.
Bola har xil tilda gapira olishini kamchilik deb emas, balki yutuq deb his qilishi kerak.

Bola ikki tilni bir vaqtda o’zlashtirayotgan paytda kattalar bola nutqi to’g’ri va ravon bo’lishi uchun yordam berishlari lozim. Bola uchun ikki tilda gaplashish ham qiziqarli, ham oson bo’lishi kerak.

Bolalar bilan muomala qilayotgan kattalar bolaning shunchaki nutq texnikasini tekshirib qolmay, u bilan ALOQAga kirishishlari tavsiya etiladi. Bu degani kattalar uchun bola qanday gapirayotgani emas, balki nimani gapirayotgani qiziq bo’lishi kerak. Albatta, xatolar bo’lishi yaxshi emas, lekin ota-ona bu xatolarni bolaga, iloji boricha, sezdirmasdan to’g’irlamog’i lozim.

Masalan, bola bir nimani xato bilan yoki undan kutayotgan tilda emas boshqa tilda gapirib yubordi. U holda kattalar uning fikri, gapirgan narsasi bilan hisoblashib, kerak bo’lsa javob ham berib, keyin esa bola gapirgan gapni boshidan xatosiz qaytarishini so’rashlari kerak.
Ikki tilni o’rganishda ota-ona bolaga to’g’ri uslub qo’llayotganini ko’rish uchun bolaning nutqiga ahamiyat berish yetarli. Bola javob berayotganda savol berilgan tilda javob beradi, o’zi savol berayotganda esa o’zi uchun qulay tilda savol beradi. Bundan siz bolaga qaysi til qulay va yoqimli ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, bola yoqtirmaydigan tilni qiziqarliroq, bolaga tushunarli va oson qilib, muomalada ko’proq ishlatmog’ingiz kerak bo’ladi. Bu haqida ikki tilni muomalaga kiritish yo’llari maqolasi orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)

12/04/2022
Balog‘at yoshidagi qizlar salomatligi va xatarlar (Ota-onalar uchun)

Balog‘at yoshidagi qizlar salomatligi va xatarlar (Ota-onalar uchun)

12/04/2022
Bolalarda tish kasalliklarini qanday oldini olish mumkin?

Bolalarda tish kasalliklarini qanday oldini olish mumkin?

11/04/2022
Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

11/04/2022
Bolaning koʻzi tez-tez yoshlanishi biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin — Mutaxassis

Bolaning koʻzi tez-tez yoshlanishi biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin — Mutaxassis

11/04/2022
Bolalardagi ko’z kasalliklari

Bolalardagi ko’z kasalliklari

11/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish