Bizning homiladorlik haftaligi bo’yicha qo’llanmamiz yordamida siz homiladorlikning 21 haftaligida nimalar kutilishini bilib olishingiz mumkin.
Homilaning 21–haftasi
Sizning bachadoningiz qorin bo’shlig’ida bo’lganligi uchun jig’ildon qaynashi yoki ovqat hazm bo’lmasligi kuzatilishi mumkin. Shuningdek, bu davrda tez-tez kekirishingiz ham tabiiy hol. Garchi ochlikni his qilmasangiz ham, tavsiya etilgan sog’lom taomlarni iste’mol qilishga harakat qiling.
Rahbar va hamkasblaringizga xabar berish
Agar siz farzand kutayotganligingizni rahbaringiz va hamkasblaringizga aytib ulgurmagan bo’lsangiz, hozir ayni vaqti. Sizning ish joyingiz tug’ruq ta’tilini qoplash uchun zarur choralarni ko’radi.
21 haftalik homiladorlik paytida chaqalog’ingiz
Bu davrda sizning chaqalog’ingiz:
- uzunligi 18 sm gacha, vazni esa taxminan 390 g;
- kichkintoyingizning oyoqlari o’sgan va tanasiga mutanosib ko’rinadi;
- kichkintoyingizning miyasi o’sib bormoqda, lekin uning yuzasi hali ham silliq.
HOMILANING 22-HAFTASINI O’QISH
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi