Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Homiladorlik

Homiladorlik testi qanday o‘tkaziladi?

Maqola

da Homiladorlik, Farzand uchun tayyorgarlik
O'qish vaqti:4 daqiqa o'qildi
A A
0
Homiladorlik testi qanday o‘tkaziladi?

Homiladorlik testi homiladorlikni rejalashtirayotgan juftliklar, shuningdek o‘zida homiladorlik belgilarini sezgan ayollar uchun juda ham qulay vosita hisoblanib, u orqali osonlikcha homiladorlikni aniqlash mumkin.

Homiladorlik testidan foydalanishdan oldin unga ilova qilingan yoʻriqnoma bilan tanishib chiqish zarur.

Qachon homiladorlik testini o‘tkazish mumkin?

Agar hayz sikli sizda doimiy ravishda bir xil bo‘lsa, u holda testni hayz kechikgan kunida o‘tkazsa bo‘ladi. Yaʼni, hayz 28 mart kuni boshlanishi kerak bo‘lib, lekin kelmasa, 29-30 mart kunlari testni o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu holatda test natijasi salbiy (homiladorlik mavjud emas) bo‘lib chiqsa, lekin o’zingizda homiladorlik belgilarini sezsangiz, biroz kutish kerak. Va hayz kelavermasa, bir necha kundan so‘ng testni qayta o‘tkazsa bo‘ladi.

Hayz sikli muntazam bo‘lmagan hollarda homiladorlik testini oxirgi hayz kelgan kunidan boshlab, eng uzun hayz oraligidan keyingi kun testni o’tkazishingiz tavsiya etiladi. Misol uchun, agar sizning siklingiz 30 dan 35 kungacha bo‘lsa, test o‘tkazish uchun eng yaxshi vaqt 36 kun yoki undan keyingi kundir.

Homiladorlik testi necha kunlik homila aniqlaydi?

Doimiy siklik hayz davriga ega bo‘lgan ayollarda homiladorlik testi kutilayotgan hayz ko‘rish kunidan so‘ng o‘tkazilganda ijobiy natija bersa, oddiy hisoblash orqali homila necha kunlik ekanligini taxminan aytish mumkin.

Odatda, doimiy hayz sikl 28 kunda takrorlanib turadi. Agar navbatdagi hayz kechiksa va 29-kunda test o‘tkazganingizda ijobiy natija olsangiz, demak homilangiz 14 kunlik hisoblanadi.

Biroq, baʼzida testlar hayz kechikishining ilk kunlarida ijobiy natija bermay, testni keyinroq o‘tkazish kerak bo‘ladi. Va shunga monand hisob-kitob qilinadi. Masalan, testni hayz kechikishining 6-7 kunlarida o‘tkazsangiz va ijobiy natija olsangiz, demak homilangiz taxminan 20-21 kunlik yoki 3 haftalik deyish mumkin.

Doimiy bo‘lmagan hayz davriga ega bo‘lgan ayollarda esa, bu kabi hisoblash orqali homiladorlik muddatini aniqlash mushkul.

Biroq bu hisoblash taxminiy bo‘lib, aniq muddatni homiladorlikda UZI orqali bilib olish mumkin.

Shuning uchun oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, ro‘yxatga turish hamda homiladorlik muddatini aniqlash, shu bilan birgalikda boshqa zaruriy tekshiruv va ko‘riklardan har bir homilador ayol o‘tishi lozim.

Homiladorlik testi uy sharoitida qanday o‘tkaziladi?

Homiladorlikni aniqlash uchun testni, yuqorida ta’kidlab o‘tgan kunlarda ertalab o‘tkazish tavsiya etiladi.

Uy sharoitida ishlatiladigan homiladorlik testlari peshobdagi xorionik gonodotropin (XG) miqdoriga qarab, test rangining o‘zgarishiga asoslanib ishlaydi.

Avvalo, qanday test ishlatishingizdan qatʼiy nazar, uning yo‘riqnomasini bilan tanishib chiqing.

Eng ko‘p qo‘llaniladigan oddiy homiladorlik testini o‘tkazish uchun peshobni toza idishga yig‘ish va unga testni 20-30 soniya davomida maxsus ko‘rsatgichigacha (MAX belgisigacha) botirib turish kerak.

So‘ngra testni idishdan olib, natijani bilish uchun 3-4 daqiqa kuting. (Aniq kutish vaqti test turiga qarab o‘zgarishi mumkin.)

Natijani maksimal kutish vaqtidan oldin yoki keyin baholash noto‘g‘ri ijobiy yoki salbiy natijani berishi mumkin. Shuning uchun vaqtlarga yo‘riqnomaga muvofiq amal qiling.

Homiladorlik testi chiziqlari nimani ifodalaydi?

Demak, natijani baholash vaqti ham keldi. Tavsiya etilgan muddatda, yo‘riqnomaga amal qilgan holda homiladorlik testi o‘tkazilganda, oddiy homiladorlik testi chiziqlari quyidagi holatlarni ifodalaydi:

  • Bir pushti chiziq salbiy degan maʼnoni anglatadi;
  • Ikki pushti chiziq ijobiy degan maʼnoni anglatadi;
  • Hech qanday satr bo‘lmasligi, testning yaroqsiz ekanligini anglatadi.

Natija ijobiy chiqsa, nima qilish kerak?

Agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz va natijangiz ijobiy chiqqan bo‘lsa, homiladorlikni tasdiqlash uchun bir necha kunda so‘ng takroriy test o‘tkazing. Ikkinchi testda ham ijobiy natija olgan bo‘lsangiz, biz sizni tabriklaymiz!

Faqat 8-10 haftadan kechiktirmay, shifokor ko‘rigiga boring, zaruriy tekshiruvlardan o‘ting, homiladorlar davrasiga qo‘shiling!

Kamdan-kam holatlarda noto‘g‘ri ijobiy natija kuzatilishi mumkin. Masalan, kimyoviy homiladorlik, menopauza, bachadondan tashqari homiladorlik va tuxumdondagi baʼzi o‘zgarishlar noto‘g‘ri ijobiy natija olishga sabab bo‘lishi mumkin.

Agar ushbu omillardan biri sizga noto‘g‘ri ijobiy natija olishingizga taʼsir ko‘rsatgan deb taxmin qilsangiz, albatta shifokorga murojaat qiling.

Agar homiladorlik testi natijasi salbiy chiqsa?

Agar test natijalaringiz salbiy bo‘lsa, lekin siz farzand ko‘rishni xohlasangiz, homilador bo‘lishga harakat qiling va homiladorlikka tayyorlaning.

Hayz siklining barcha kunlari homilador bo‘lish uchun serhosil (fertil) emas. Shuning uchun fertil va ovulyatsiya kunini aniqlash uchun ovulyatsiya kalkulyatoridan foydalaning. Va homilador bo‘lish uchun eng mos muddatni tanlab, shunga muvofiq harakat qiling.

Agar bir necha marta homilador bo‘lishga harakat qilgan bo‘lsangiz, lekin natija salbiy chiqaversa, juftingiz bilan birgalikda reproduktiv tekshiruvlardan o‘tishingizni tavsiya etamiz.

Bu tekshiruvlar juftliklarning homilador bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotgan patologik holatlarni aniqlashga qaratilgan. (Masalan, bachadon naylari yopiqligi, anovulyatsiya, sperma sifati pastligi)

Homiladorlik testini o‘tkazishda ko‘pincha noto‘g‘ri salbiy natija ham olish mumkin. Bunga asosan, test juda erta o‘tkazilgan, yaʼni organizmda homiladorlikni ko‘rsatuvchi gormon hali kerakli darajagacha ko‘tarilishga ulgurmasdan test o‘tkazilsa noto‘g‘ri natija olish mumkin.

Bundan tashqari, yo‘riqnomadagi vaqtlarga amal qilinmasa, test suyuqlik isteʼmol qilgandan so‘ng yig‘ilgan suyuq peshobda o‘tkazilsa, baʼzi dorilarni muntazam qabul qilib yurilganda natija noto‘g‘ri salbiy bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik testi bo‘yicha ko‘p beriladigan savollar

Homiladorlik testi narxi qancha?

O‘zbekiston dorixonalarida test turiga va ishlab chiqaruvchi korxonasiga qarab, 1500 so‘mdan 30000 so‘mgacha sotilmoqda.

Testni buzib qo‘yish osonmi?

Homiladorlik testi tayoqchalarini ehtiyotkorlik bilan ushlash lozim. Peshobga botiriladigan qismini qo‘l bilan ushlash mumkin emas. Ushbu qism esa, quruq bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, testning yaroqlilik muddatiga ham eʼtibor berish lozim.

Homiladorlik testi xira chiqsa, nima qilish kerak?

Agar homiladorlik xira natija bersa, uni yana takror o‘tkazishingiz kerak. Sizda homiladorlikning belgilari kuzatilsa, lekin test xira chiqaversa, homiladorlikni aniqlash uchun ginekolog shifokor ko‘rigiga borishingiz lozim.

Test uchun qanday peshobni yig‘ish kerak?

Peshobning o‘rta qismini testga qo‘llash yaxshiroq. Yaʼni peshobning oz miqdori chiqariladi, keyin o‘rta qismi test uchun yig‘iladi va qo‘llaniladi. Shuningdek, peshob yig‘ishdan 1-2 soat oldin suv yoki suyuqlik ichish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik testi necha haftada bilinadi?

Hayz siklingiz muntazam bo‘lsa, ovulyatsiya bo‘lib, urug‘lanish yuz bergandan keyin taxminan 2 haftalikda homiladorlik testi ijobiy natija berishi mumkin.

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

13/04/2022
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

13/04/2022
Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar

Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar

12/04/2022
Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

12/04/2022
Qanday holatlarda ayollar gormonlarini tekshirtirishi kerak?

Qanday holatlarda ayollar gormonlarini tekshirtirishi kerak?

12/04/2022
Siz biologik mos juftlikmisiz?

Siz biologik mos juftlikmisiz?

12/04/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish