Asosiy jihatlar:
- Qoʻshiq kuylash bolaning ikkinchi tilni tez oʻrganishi uchun eng yaxshi usullardan biri hisoblanadi.
- Yosh bolalarga boshlanishiga aytilishi oson va tanish qoʻshiqlarni kuylab bering.
- Bu borada yoshi katta bolalar uchun pop qoʻshiqlar tanlashingiz mumkin.
Ikkinchi tilda qoʻshiq hirgoya qilish qanchalik bolaning til oʻrganishi uchun muhim?
Qoʻshiq kuylash bolani ikkinchi tildagi soʻzlar hamda gap tuzilishlariga tez moslashishiga yordam beradi. Bola takrorlanayotgan soʻzlar va birikmalarni koʻp eshitishi natijasida tilga tez moslashib boradi. Shu orqali bola soʻzlarni tez esda saqlab qolishi mumkin.
Ikkinchi tilda farzandingiz bilan qoʻshiq kuylash uchun sizga nimalar kerak boʻladi?
Asosiy tilingizda kuylangan qoʻshiq oʻrniga ikkinchi tildagi qoʻshiqlarni koʻp eshittirishga odatlaning.
Farzandingiz bilan ikkinchi tilda qanday usullarda kuylashingiz mumkin?
- Qoʻl harakatlari mavjud qoʻshiqlar tanlang. Bu asosan qoʻshiq ichidagi soʻzlarning qanday maʼnoda ekanligini tushunish uchun yordam beradi. Bola garchi qoʻshiqning barcha soʻzlarini eslab qololmasada, sekin-sekin kuylash davomida moslashib boradi.
- Qoʻshiqni imkon qadar siz ham chiroyli ohangda kuylang, sizning ovozingiz unga yoqishi bilan birgalikda, soʻzlarni harakatlaringiz hamda imo-ishoralaringiz orqali eslab qoladi.
- Asosiy tilingizda mavjud qoʻshiqlarni tarjimasidan ham foydalanishingiz mumkin. Masalan: «Tugʻilgan kuning bilan»
- Kuylayotganingizda soʻzlarni turlicha ifodalab bering, masalan qoʻl harakatlari, yuz mimikalari orqali
- Bola soʻzlarni kuylab boʻlgach maqtashni yodingizdan chiqarmang. Bola shu orqali dastlabki eshitishda bir yoki ikki soʻz va iborani yodlab qolishi mumkin.
- Qoʻshiq nima haqida ekanligini sodda soʻzlarda tushuntiring. Bunda butun boshli qoʻshiqni tarjima qilish nazarda tutilmayapti.
- Qoʻshiq kuylangach, kundalik hayotda shu qoʻshiqda ishtirok etgan soʻzlarni ishlatishga odatlaning. Masalan, qoʻshiqning maʼlum bir qismini kuylang, yoki, umuman gaplarda ishlatib turing.
Ikkinchi tilda qoʻshiq kuylash orqali bolani bosqichma bosqich tilga moslashtirib borish
Farzandingiz tugʻilgan zahotiyoq yoki undan oldin, unga turli tillarda qoʻshiq kuylab berishingiz mumkin. Bu uchun aynan bolaning gapirishni boshlagan vaqtini kutishingiz shart emas. Bolalar bir vaqtning oʻzida, ikki va undan ortiq tillarda oʻrgana olishini unutmang.
Pop qoʻshiqlar yoshi katta farzandingiz uchun tilni oʻrganishi uchun yaxshi usul boʻla oladi. Qoʻshiqni eshitish davomida bola bir nechta tanish soʻzlarni yodlab olishi mumkin. Shu orqali koʻp eshittirish va kuylash natijasida tilni oʻrganishni boshlaydi.
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi