Abu Bakr Siddiq halollikka o’ta qattiq e’tibor berar, bir luqma boʻlsa ham haromdan hazar qilardi. Uning bir xizmatkori boʻlib, ishlab Abu Bakr Siddiqqa ovqat olib kelardi.
U yegulik olib kelganda har safar: “Buni qayerdan olib kelding?» deb so’rardi. Toki qalbi taskin topib, uning halolligini bilmaguncha yemasdi.
Bir kuni xizmatkor ishlab, u kishiga yegulik olib keldi. Kelib ovqatni Abu Bakr Siddiqning oldiga qo’ydi. Ovqatning qayerdan va qaysi pulga olinganini so’rash esidan chiqdi. Bir luqma ogʻziga solgandan keyin xizmatkor: “Bu ovqatni qayerdan olib kelganimni bilasizmi?” deb soʻradi.
Abu Bakr Siddiq qattiq qoʻrqib ketdi va: “Buni qayerdan olib kelding?» deb so’radi.
Xizmatkor aytdi: «Men johiliya davrida kohinlik (folbinlik) qilardim. Bir kishini aldab, unga fol ochdim. Pulini bermay ketgandi. Oradan shuncha vaqt o’tib oʻsha fol ochganim uchun endi pul berdi. Oʻsha pulga sizga ovqat olib keldim”.
Abu Bakr Siddiq ovqatning harom pulga kelganini bilgach, qoʻlini ogʻziga tiqib qayt qildi.
Saboq: musulmon inson har doim faqat halol yeyishi, haromdan hazar qilishi lozim. Halol yegan odamning soʻragani ijobat boʻladi. Haromxoʻrning esa duosi ham qabul qilinmaydi.
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi