Asosiy jihatlar:
- Yangi tugʻilgan chaqaloqning tibbiy tekshiruvi qon bilan bogʻliq boʻlib, kamdan kam uchraydigan kasalliklarni aniqlashtirishda yordam beradi.
- Agar vujudga kelishi ehtimoli bor kasalliklarni vaqtida oldini olinsa, erta davolanishni boshlash maqsadga muvofiq.
- Shifoxonada soha mutaxassislari sizning roziligingiz bilan bolaning skrining tekshiruvchi uchun qon oladi.
- Skrining tekshiruvidan soʻng, sizga batafsil maʼlumot beriladi.
Bolani tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish haqida
Yangi tugʻilgan bolani tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun undan qon olinadi. Bu bolada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan jiddiy kasalliklarni aniqlashga yordam beradi.
Bola tugʻilgach vujudga kelishi ehtimoli boʻlgan 25 turdagi kasalliklarni oldini olishda shu kabi tibbiy tekshiruv amaliyotlarini oʻtkazish juda muhimdir. Agar kasalliklar alomatlari sezilsa, kasallikni oldindan davolashga imkon boʻladi. Shuning uchun ham bola tugʻilishidan boshlab 48-72 soat vaqt ichida uni skrining koʻrigidan oʻtkazish tavsiya etiladi.
Deyarli barcha chaqaloqlar tibbiy jihatdan sogʻlom tugʻiladi. Ammo onaning homiladorlik davrida boʻlib oʻtgan kasalliklari yoki ruhan depressiya holatlari kuzatilgan boʻlsa, bundan tashqari nasldan naslga oʻtishi ehtimoli bor xastaliklar sabab, bolada yoshligidan simptomlari sezilishi mumkin. Shunday vaqtda shifokorlar tomonidan oʻtkazadigan skrining tibbiy amaliyoti juda muhim ahamiyatga ega.
Skrining tekshiruvi natijasida qanday kasalliklar aniqlanishi mumkin?
Soha mutaxassislari shu vaqtgacha skrining tekshiruvidan soʻng aniqlangan kasalliklar roʻyxatini shakllantirishgan bular:
- konjenital hipotiroidizm (CH)
- kistik fibroz (KF)
- fenilketonuriya (PKU) kabi aminokislota kasalliklari
- organik kislotalarning buzilishi
- yog ‘kislotalari almashinuvining buzilishi.
Shuningdek, hududingizda joylashgan shifoxonalar sharoitlari haqida oldindan maʼlumot olsangiz nur ustiga aʼlo nur boʻlardi. Bu odatda farzandingiz tugʻilgach oʻtkaziladigan tibbiy amaliyotlar uchun juda muhimdir. Test natijalarining haqqoniy boʻlishi farzandingiz sogʻligʻi uchun muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, eslatib oʻtamiz: baʼzi turdagi yashirin kasallik turlari ham muvjudki, skrining tekshiruvi natijasida aniqlash qiyinchilik tugʻdiradi. Bu borada ota-onadan biron jiddiy kasallik boʻlmaganligini aniqlashtirib olishlik lozim.
Yangi tugʻilgan chaqaloqning tibbiy tekshiruvidan nima kutish mumkin?
Odatda tibbiy jihatdan yondashadigan boʻlsak, yangi tugʻilgan chaqaloqning skrining tekshiruvi u tug’ilgandan 48-72 soat ichida olib borilishi talab etiladi.
Skrining tekshiruvi uchun rozilik bildirish
Yangi tugʻilgan farzandingiz skrining tekshiruvini oʻtkazish borasida sizga belgilangan shifokor bilan bafurja maslahatlashib olishingiz lozim. Sizdan roziligingizni tasdiqlovchi anketani toʻldirib berishingiz talab qilinadi.
Ammo, baʼzi holatlarda onalar farzandlarining tibbiy koʻrikdan oʻtishiga rozilik berishmaydi. Afsuski qachondir bolaning sogʻligʻiga oid kasallik yuzaga kelsa shifoxona bunga javob bermaydi.
Tekshiruvdan soʻng sizdan farzandingiz qonini shifoxona laboratoriyasida saqlab qoʻyishni soʻrashadi. Rozilik bildirish bildirmaslik sizning shaxsiy ishingiz ammo, bu ham kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kasalliklar uchun kerak boʻlib qolishi mumkin.
Agar shifoxonadan erta chiqsangiz, farzandingiz qonini tahlil qilish uchun sizga maxsus hamshira belgilanishi lozim. Bolaning qon natijalari tibbiy daftarchada qayd etilib qoʻyiladi.
Skrining tekshiruvi uchun xarajat
Yangi tugʻilgan chaqaloq uchun skrining tekshiruvi olib borish bepuldir.
Skrining tekshiruvi natijalari
Test natijalari bilan ikki hafta oʻtgach tanishishingiz mumkin. Agar tekshiruv mobaynida bolaning salomatligi borasida qandaydir muammo sezilsa, sizga belgilangan muddatdan oldin xabar beriladi. Zudlik bilan farzandingizni davolatishingiz lozim, qaysi kasallik boʻyicha tashxis qoʻyilganidan qatʼiy nazar, buni keyinga qoldirmang.
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi