Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Islomda farzand tarbiyasi Islomiy tarbiya

Siyratning farzand tarbiyasidagi o‘rni

Islomda farzand tarbiyasi

da Islomiy tarbiya
O'qish vaqti:4 daqiqa o'qildi
A A
0
Bolaga kitob o'qib berishning foydalari

Bolaga kitob o'qib berishning foydalari

Bizga olamlarga rahmat va insoniyat uchun go‘zal o‘rnak qilib Rasul yuborgan Alloh taologa hamd-u sanolarimiz bo‘lsin!
Olamlarga rahmat bo‘lgan, bashariyat uchun eng oliy o‘rnak bo‘lgan zot ‒ sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga durud-u salavotlarimiz bo‘lsin!
Alloh taologa shukurlar bo‘lsinki, bugungi kunda yurtimizda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xususan, maʼnaviy-maʼrifiy sohada ko‘zimizni quvontiradigan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz tomonidan barkamol avlodni, imom Buxoriy, imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘iloniy kabi buyuk ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilmoqda. Qurʼon, hadis, aqoid, fiqh ilmiy markazlari ochilib, yaxshi niyat bilan bu azizlarimizning nomi bilan nomlanmoqda. Alloh taolo ko‘zlangan barcha yaxshi niyatlarga muvaffaq qilsin!
Biz ham ana shu xayrli ishlarga hissa qo‘shish maqsadida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tarbiya borasida, farzand tarbiyasi borasidagi o‘rnaklarini yoritib, siyratni o‘rganishning bu boradagi ahamiyatiga eʼtibor qaratmoqchimiz. Zotan, biz hamisha faxr bilan tilga oladigan, butun dunyo tan beradigan, asarlari ko‘zimizga to‘tiyo bo‘lgan allomalarimizning barchasi bunday buyuk darajotlarga aynan shu maʼnaviy omil asosida ‒ siyratni o‘rganish va unga amal qilish asosida erishganlar. Boshqacha qilib aytganda, ular oxir zamon Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan o‘rnak olib, u zotga tom maʼnoda ergashish natijasida ana shunday yuksak maqomlarga yetishganlar. Bu gapda hech qanday mubolag‘a yoki taxmin yo‘q. Tarixiy voqelik shunday bo‘lgan. Bu ulkan va ayni paytda oddiy haqiqatni butun dunyo tan olib, eʼtirof etgan.
Alloh taolo O‘z Rasulining insoniyat uchun o‘rnak ekanini taʼkidlab, shunday deydi:
«Darhaqiqat, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo‘lganlar hamda Allohni ko‘p zikr qiladiganlar uchun – Allohning Rasulida go‘zal o‘rnak bordir» (Ahzob surasi, 21-oyat).
Oyatda avval «sizlar uchun» deyilganda butun insoniyat nazarda tutilgan. «Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo‘lganlar hamda Allohni ko‘p zikr qiladiganlar» degan taʼkid bilan esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak oladiganlar sifatlanmoqda.
Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam butun insoniyat uchun, xususan mo‘min¬-musulmonlar uchun eng oliy o‘rnakdirlar. Ammo u zotga butun umr davomida, mukammal o‘rnak olish uchun bu tuyg‘u insonga yoshlikdan, uning ongi endi shakllanayotgan paytdan singdirilishi kerak. Shuning uchun farzand tarbiyasida siyratni o‘rganish alohida ahamiyatga ega.
Rasulimiz alayhissalom solih farzand, barkamol avlod tarbiyalashning eng muhim omillarini o‘zlarining hayotiy, shaxsiy namunalarida ko‘rsatib berganlar. Farzand tarbiyasida siyratni o‘rganishning eng asosiy nuqtasi mana shudir.
Jumladan, u zot alayhissalom solih, barkamol farzand tarbiyalamoqchi bo‘lgan odam, avvalo, unga munosib ona, munosib ota tanlashi kerakligini aytganlar. Kuyovlarga: «Dindorini ol, baraka topgur!» deganlar. Qizlarning otalariga esa: «Qizingizni dini va xulqi sizni rozi qilgan odamga bering», deb tavsiya qilganlar.
Munosib jufti halol tanlagach, Allohdan solih farzand so‘rab, uni shaytonning sharridan saqlashni so‘rab duo qilishni buyurganlar.
Rasululloh solllallohu alayhi vasallam xotimul anbiyo edilar, u zot keltirgan din samoviy dinlarning so‘ngisi va mukammali edi. Shu bois ul zotning hayotlari boshqa anbiyolardan farqli ravishda, har jihatdan to‘kis va tugal bo‘ldi. Baʼzi payg‘ambar alayhimussalomlar oila qurmagan, farzand ko‘rmagan edi. Shuning uchun ularning hayotida bu mavzuda namuna yo‘q edi. Nabiy solllallohu alayhi vasallamning hayotlari esa bashariyat hayotining barcha nuqtalarini qamrab olgan edi. Jumladan, u zot oila qurganlar, farzand ko‘rganlar, ularni tarbiyalaganlar, qiz uzatganlar, nabiralarini parvarish qilganlar. Ayniqsa, u zotning nabiralariga munosabatlari ham barchaga o‘rnak edi.
Ana shu ilohiy hikmat tufayli Islom ummatiga farzand tug‘ilganda yaxshi niyatlar bilan go‘zal ism qo‘yish, aqiyqa qilish, qulog‘iga azon aytish, haqqiga duo qilish kabi sunnatlar joriy bo‘ldi. Bularning barchasini aynan siyratdan o‘rganamiz.
Imom Buxoriy Ummu Xolid bint Xolid ibn Saʼid roziyallohu anhodan rivoyat qiladi:
«Habashiston yurtidan kelganimda yosh qizcha edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga naqsh solingan ko‘ylak kiydirdilar, uning naqshlarini qo‘llari bilan silab, «Sanaah! Sanaah!», yaʼni «Go‘zal! Go‘zal!» dedilar».
U zot yosh sahobalarni ham o‘z farzandlaridek tarbiyalashda, ularga go‘zal muomala qilishda butun ummatga namuna bo‘ldilar. Ularning tarbiyasi bevosita Nabiy solllallohu alayhi vasallamning qo‘llarida va nazoratlarida bo‘ldi. Siyratdan ana o‘sha lavhalarni o‘rganish bizga farzand tarbiyasida juda katta bilim beradi. Yosh Abu Umayrga: «Ey Abu Umayr, nima bo‘ldi nug‘ayr?» degan so‘zlaridan ulamolarimiz qirqdan ortiq hukm olgan ekanlar.
Rasululloh solllallohu alayhi vasallam farzandlarni nafaqat ruhiy, maʼnaviy, balki jismoniy barkamolligiga ham alohida eʼtibor berganlar. Bir hadisda: «Farzandlaringizga suzishni, minishni va otishni o‘rgatinglar», deb buyurganlar. Bu ishlarni qo‘llab-quvvatlaganlar, boshqalarni ham targ‘ib qilganlar.
Ana shunday mukammal nabaviy tarbiyaning samarasi o‘laroq, butun insoniyatga o‘rnak bo‘ladigan sahobalar, tobeʼinlar avlodi yetishib chiqdi. Sahobalardek barkamol avlodni insoniyat ko‘rmagan va ko‘rmaydi ham. Ammo ana shu buyuk tarbiya maktabini o‘rganish, undan bugungi kunimiz uchun namuna olish har birimizning burchimizdir.
Bu dolzarb masala bugungi kunning talabiga aylanib qoldi.
Chunki bugungi kunda baʼzi yoshlarimiz dinimizga, millatimizga mutlaqo yot bo‘lgan narsalarga ergashyapti, qadriyatimizdan, madaniyatimizdan uzoq bo‘lgan narsalardan o‘rnak olyapti. Axborot tarmoqlari, ommaviy axborot vositalari orqali kirib kelayotgan bu narsalar yoshlarning ongini zaharlayapti, fikrini buzyapti. Ularni xudbin, irodasiz, boqimanda, tekinxo‘r, dangasa, qo‘rqoq, yengiltak qilib qo‘yyapti. Bunday fikriy xurujlar taʼsirida nafaqat yosh avlod, hatto kattalar ham dinsiz, aqiydasiz bo‘lib qoladi, hayotidan maqsad, maʼno yo‘qoladi.
Bu narsalar kelajagimizga jiddiy tahdiddir. Shuning uchun farzandlarimizni bu xatarlardan asrash biz – kattalarning burchimizdir. Bu musibatlarning oldini olishning eng samarali chorasi yoshlarga siyratni o‘rgatish, ilohiy o‘rnakdan namuna olishdir.
Zero, Rasululloh solllallohu alayhi vasallamning hayotlari katta-yu kichikka ibratdir. Kattalar u zotdan farzand tarbiyasida namuna olsa, bolalar u zotga muhabbat bilan ulg‘ayadi. U zotning bolajonliklari, yoshlarga shafqatlari haqidagi hikoyalar bu mahabbatni sayqallaydi, kuchaytiradi. U zotga chin maʼnoda muhabbat qo‘ygan avloddan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Bunga shonli tariximiz jonli guvohdir.
U zotning siyratlarini o‘rgansak va o‘rgatsak, diniy qadriyatlarimizni, sof aqiydamizni asragan bo‘lamiz, o‘zligimizni saqlagan bo‘lamiz.
Alloh taolo barchamizni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarini o‘rganib, amal qilish va uni yosh avlodga go‘zal suratda o‘rgatib borishimizni nasib aylasin. Bu borada O‘zi bizga madadkor bo‘lsin, muvaffaqiyat ato etsin! Kelajagimiz buyuk, avlodlarimiz saodatli bo‘lsin!

Ismoiljon Muhammad Yusuf
Manba: Siyrat.uz

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

31/03/2022
Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

31/03/2022
Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

31/03/2022
Ochlikdan oʻlgan milliardеr

Ochlikdan oʻlgan milliardеr

31/03/2022
farzand tarbiyasi

Oʻqi, moʻmina qiz, oʻqi!

31/03/2022
Kundalik muomaladagi Islomiy so’z va iboralar jadvali.

Kundalik muomaladagi Islomiy so’z va iboralar jadvali.

31/03/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish