Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Islomda farzand tarbiyasi

Ota-ona bolaga chiroyli ism qo’yishi lozim

da Islomda farzand tarbiyasi, Islomiy tarbiya
O'qish vaqti:6 daqiqa o'qildi
A A
0
Ota-ona bolaga chiroyli ism qo’yishi lozim

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamd-u sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavot-u durudlar bo‘lsin.

Maʼlumki, farzandlarga chiroyli ism qo‘yish farzandning ota-onadagi haqlaridandir. Shuning uchun ota-ona boshqa vazifalar kabi zimmasidagi ushbu haqni ham go‘zal tarzda ado etmog‘i kerak. Qo‘yiladigan ism farzandni noqulay ahvolga soladigan, odamlar o‘sha ism bilan uni kalaka qilib masxara qiladigan, har safar o‘z ismini eshitganida aziyatlanadigan bo‘lmasligi lozim. Ota-ona farzandlariga musulmonlar qo‘yishga odatlangan ismlardan tanlab qo‘yishlari kerak. Albatta, bu payg‘ambarlar, sahobalar, tobeinlar, ulardan keyingi avlod vakillari hamda turli avliyolarning ismlaridir. Zero, chiroyli ismning maʼlum miqdorda egasiga ijobiy taʼsiri bor. Shuningdek, qabih ismning ham.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kuni tushimda biz Uqba ibn Rofeʼning hovlisida ekanmiz. Shunda bizga Ibn Tobning xurmosidan keltirildi. Men ushbu tushni bizga bu dunyoda beriladigan martaba, oxiratdagi go‘zal oqibat hamda dinimizning kamolga yetib, barcha ahkomlari to‘la-to‘kis qaror topishiga yo‘ydim» dedilar».

Muslim va Abu Dovud rivoyati.

Bu hadisda Payg‘ambar alayhissalom «Ibn Tob» ismidan kelib chiqib tushlarini ana shunday taʼbir qilganlar

Saʼid ibn Musayyab rahimahulloh otalaridan rivoyat qiladilar:

«Bir kuni otam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordilar. Shunda u zot: «Isming nima?» deb so‘radilar. U kishi: “Hazn” deb javob berdilar. Payg‘ambar alayhissalom: «Sening isming Sahl» dedilar. U kishi: «Otam qo‘ygan ismni o‘zgartirmayman» deb eʼtiroz bildirdilar». Saʼid ibn Musayyab rahimahulloh aytadilar: «O‘sha kundan boshlab bizning oilamizdan xafagarchilik, mahzunlik hech arimadi».

Qarang, mashhur tobein Saʼid ibn Musayyab rahimahullohning bobolarining ismlari Hazn bo‘lgani uchun oilalarida doimo mahzunlik kayfiyati hukm surganini eʼtirof etyaptilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Aslam qabilasi bilan sulh tuzib, tinch-totuv yashashimizni Alloh nasib etdi. G‘ifor qabilasini Alloh mag‘firat qildi. Usiyya qabilasi esa, Allohga va Uning Rasuliga osiy bo‘ldi».

Buxoriy va Muslim rivoyati.

Bu hadisda Payg‘ambar alayhissalom uchta qabilaning nomini aytib, har bir qabila o‘z nomiga munosib bo‘lgan natijaga erishganini taʼkidlayaptilar.

Ikrimadan rivoyat qilinadi:

«(Hudaybiya sulhida ishtirok etish uchun) Suhayl ibn Amr kelganida Nabiy alayhissalom sahobalarga: «Endi ishlaringiz oson bitadi» dedilar». Buxoriy rivoyati.

Bu hadisda esa, Payg‘ambarimiz alayhissalom “Suhayl” ismini ishni oson, yengil bitishiga yo‘ymoqdalar.

Farzandlariga chiroyli ism qo‘yishga haris bo‘lgan ota farzandlariga xunuk, yoqimsiz va noqulay ism qo‘yishga intiladigan otadan ancha farq qiladi. Birinchi ota qo‘ygan ismi tufayli ajrga erishsa, ikkinchi ota qo‘ygan ismi uchun o‘ziga gunoh orttirib oladi. Shuning uchun ham musulmon ota farzandiga fazilat ahlining ismlaridan birortasini qo‘yishi maqsadga muvofiqdir.

Iso alayhissalomning onalari bo‘lmish Maryamning otalari Imron, inilari Horun, Muso alayhissalomning otalari Imron, inilari esa Horun bo‘lgan. Lekin, Maryam onamiz Muso alayhissalomning singillari bo‘lmaganlar. Ular yashagan davrning o‘rtasida bir necha asr muddat bor. Buning sababini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashganida, u zot: «Ular farzandlariga o‘zlaridan oldin o‘tgan payg‘ambarlar va solih insonlarning ismlarini qo‘yar edilar» deb javob berdilar.Saʼid ibn Musayyab rahimahulloh otalaridan rivoyat qiladilar:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ismlaringizning Allohga eng sevimlisi “Abdulloh” va “Abdurrahmon” dir».

Muslim rivoyati.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ismimni qo‘yinglar, ammo kunyam bilan kunyalanmanglar».

Buxoriy va Muslim rivoyati.

“Kunya” deganda kishining ismidan avval aytiladigan, bosh farzandining ismiga qo‘shib «Falonchining otasi» maʼnosidagi narsa tushuniladi. Masalan, Abu Abdulloh, Abu Dardo, Abu Muso kabi. Payg‘ambar alayhissalom ko‘plab sahobalarga kunya qo‘yib, o‘sha bilan chaqirar edilar. Masalan, Abdurahmon ibn Soxr ad-Davsiy roziyallohu anhu degan sahobaning mushukning bolasini o‘ynatib o‘tirganlarini ko‘rib, u kishini «Abu Hurayra», yaʼni «Mushukchaning otasi» deb chaqirganlar. Bir kuni havo juda ham isib ketganida biroz salqinlanish uchun dam olishga yotgan Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning tuproqqa belanib yotganlarini ko‘rgan Payg‘ambar alayhissalom u kishini «Abu Turob», yaʼni «Tuproq otasi» degan kunya bilan chaqirganlar. Bizda ham baʼzi xonadonlarda ayollar turmush o‘rtog‘larini bosh farzandlarining ismi bilan chaqirishlari odat tusiga kirgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning kunyalari esa Abul Qosim edi.

Ansorlardan bir kishi o‘g‘il ko‘rdi. Unga “Muhammad” deb ism qo‘ymoqchi bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib shu haqida so‘raganida, u zot: «Ansoriy yaxshi ishga qo‘l uribdi. Ismimni qo‘yinglar, ammo kunyam bilan kunyalanmanglar» dedilar.

Payg‘ambar alayhissalomning o‘zlari ham o‘g‘illariga Ibrohim deb ism qo‘yganlar.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «O‘g‘il ko‘rdim va uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga olib bordim. Shunda u zot unga Ibrohim deb ism qo‘ydilar».

Shayx Bakr ibn Abdulloh Abu Zayd o‘zlarining «Tasmiyatul mavlud» («Farzandga ism qo‘yish») nomli kitoblarida quyidagilarni aytadilar: «Ey musulmon kishi! Ism nomlangan narsaning unvonidir. Kitobning nima haqidaligi uning nomidan bilinadi. Farzandning eʼtiqodi, xulq-u atvori ham uning ismi orqali bilinadi. Qolaversa, uning ismi orqali ota-onasining maslagi, shariat arqonini qanchalik darajada ushlagani ham anglashiladi. Qanchadan qancha laqablarni eshitamiz. O‘sha laqab sohibini ko‘rsak, laqabiga o‘zi ham juda mosligining guvohi bo‘lamiz. Arablarda «Laqablar osmondan tushadi» degan naql bor. Yana ularda «Har bir ism egasiga o‘z ismidan nasiba bor» degan naql ham keng tarqalgan».

Siz bir insonning tashqi ko‘rinishiga, yurish-turishiga qarab, uning chiroyli xulq sohibi ekanligini anglaysizda, uning ismi ham jismiga mos chiroyli bo‘lsa kerak deb xayoldan o‘tkazasiz. Rostdan ham xuddi shunday bo‘lib chiqadi. Ko‘pchilikda bu hol sodir bo‘lgan. Kamdan-kam kishi mana shunday paytda adashadi. Aksi ham xuddi shunday bo‘lib chiqadi. Bu narsa tajriba mahsulidir.

Bir kishi mening oldimga farzandining anchadan beri betob ekani, ko‘rsatmagan shifokori qolmagani, nima qilishini bilmayotganidan shikoyat qilib keldi. Keyin men undan «Farzandingizning ismi nima?» deb so‘rasam, u «Muhammad Rasululloh» deb javob berdi. Men darhol uning ismini o‘zgartirish kerakligini, Muhammad Rasululloh bu olamda faqat bir insongagina nisbatan ishlatilishini aytdim. Keyin uning ismini Muhammad deb o‘zgartirdik. Allohning izni bilan u bolakay sog‘ayib ketdi. Bunga o‘xshash voqealar ko‘p sodir bo‘lib turadi.

Farzandingiz besh-olti yoshlarga, yaʼni ko‘p savol beradigan yoshga yetganda sizdan o‘zining ismi, uni kim qo‘yganligi, uning maʼnosi nimaligi, nega unday ism qo‘yilgani haqida turli savollar beradi. Agar siz unga chiroyli ism qo‘ygan bo‘lsangiz, qiynalmasdan, yaxshi kayfiyat bilan savollariga to‘liq javob berasiz. Bordi-yu, unga yoqimsiz, xunuk, maʼnosi buzuq yoki biror bir ahli dunyoning ismini qo‘ygan bo‘lsangiz, qanday ahvolga tushishingizni bir tasavvur qilib ko‘ring. Agar biror payg‘ambarni yoki sahobani ismini qo‘ygan bo‘lsangiz, uning savoli bahonasida siz o‘sha payg‘ambar yoki sahobaning tarixini gapirib berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Qolaversa, har gal uning ismini aytib chaqirilganda, o‘sha ism sohibi bo‘lmish fazilatli zot yodga tushadi. Bu qanday yaxshi!

Hozir ko‘pchilik farzandiga turli shaxslar, ayniqsa, G‘arb tomonlarda urf bo‘lgan ismlarni qo‘yyapti. Hadislarda Allohga eng ko‘p yoqadigan ism U zotga bandalikni anglatadigan ismlar ekanligi aytib o‘tilgan. Masalan, Abdulloh, Abdurrahmon, Abdulkarim va hokazo.

Qizlarimizga qo‘yiladigan ismlar ham nubuvvat xonadoni xonimlarining ismlari, avliyolik maqomiga erishgan ko‘plab soliha ayollarning ismi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Farzandlarimizga qo‘yilgan chiroyli ismlar ularni axloqli, komil inson qilib tarbiya qilishimizda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilishini unutmaylik!

Abu Abdulloh Mustafo ibn al-Adaviyning

«Farzandlarni tarbiya qilish fiqhi» kitobidan olindi.

Tarjimon: Nozimjon Hoshimjon

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Farzandim App dasturi ishga tushdi.

Farzandim App dasturi ishga tushdi.

31/03/2022
Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

31/03/2022
Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

31/03/2022
Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

31/03/2022
Ochlikdan oʻlgan milliardеr

Ochlikdan oʻlgan milliardеr

31/03/2022
farzand tarbiyasi

Oʻqi, moʻmina qiz, oʻqi!

31/03/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

10 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

10 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

10 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

10 oy avval
0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

0-1 oylik oralig’idagi yangi tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi

1 yil avval
6-7 oylik chaqaloq rivojlanishi

6-7 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish