Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Islomda farzand tarbiyasi Islomiy tarbiya

Ijtimoiy-axloqiy tarbiyada hadislarning ahamiyati

da Islomiy tarbiya
O'qish vaqti:5 daqiqa o'qildi
A A
0
farzand tarbiyasi

farzand tarbiyasi

 

Alloh taoloning insoniyatga ato etgan eng buyuk in’omi, bu Muhammad alayhissalomni payg‘ambar qilib yuborish bilan bashariyatni jaholatdan ma’rifatga, zalolatdan hidoyat sari olib boradigan yo‘llarni ochiq va ravshan ko‘rsatib berganligidir. Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam insoniy fazilatlar borasida insoniyat uchun yuksak bir namunani taqdim qildilar. U zotning siyratlari, xulqlari asrlar osha ahli iymonga o‘rnak va dastur-ul amal bo‘lib kelmoqda. Hatto Yaratgan zot Alloh taolo Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam (sollallohu alayhi vasallam)ni O‘zining eng mahbub bandasi va ulug‘ xulq sohibi ekanliklarini bizlarga ma’lum qilib: “Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!” (Qalam, 4) deya u zot barokoti, axloqi tarbiyalari bilan butun insoniyat uchun namuna bo‘ladigan darajada ekanligini bildirdi.

Oqil inson hayoti davomida solih kishilarning eng go‘zal fazilati, jihatlaridan o‘rnak olib yashaydi. Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak so‘zlari, u zotning turmush tarzlari, hayotlari, u kishining odob-axloqlari va barcha yaxshi sifatlari umrimiz davomida dasturul amal qilib olishga  arzigulik buyuk bir namuna maktabidir. Bu ummatning kamoloti uchun u zotning gapirgan so‘zlari, aytgan pand-nasihatlari hayot tarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida muhaddis allomalarimiz tomonidan tom-tom kitoblar bitildi.

Islom dinida Qur’oni karimdan keyingi mo‘tabar manba sanalgan Payg‘ambarimizning hadisi shariflarida ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqat, poklik kabi insonga xos axloqiy fazilatlar bilan birga, insonning ijtimoiy kamol topishi, atrofidagilar bilan  xushmuomala bo‘lish, butun borliq – tabiatga mehr-shafqatli bo‘lish targ‘ib qilingan. Shu sababdan ham Markaziy Osiyo xalqlari Qur’on karim va hadislarni ma’naviy barkamol komil insonni tarbiyalovchi muhim manba sifatida qaraydi. Shuning uchun ham oila, madrasa va dorilfununlarda ularni o‘qib-o‘rganish va yod olishga etibor berib kelingan.

Hadislar musulmonlarning qimmatli ma’naviy qadriyati hisoblanib, ular asrlar davomida yoshlarning ongini ma’naviy jihatdan takomillashtirishda, ota-onalarning tarbiya usulida, masjid, madrasa va maktablarda tayanch qo‘llanma sifatida xizmat qilib kelgan. Hadislarni o‘z hayotiga tatbiq etish orqali har bir musulmon kishida shaxsiy (ota-ona, oila, qarindosh urug‘, farzand oldidagi mas’uliyat) burchi va ijtimoiy (xalqi, jamoasi oldidagi javobgarlik hissi, Vatanning gullab yashnashida, xalq manfaatlari uchun halol mehnat qilish) burchlarining mutanosibligi asosida shakllangan ma’naviy-madaniyatning yuksak namunasini ko‘rish mumkin.

Hadislar “savob” mohiyatini ochib beruvchi, ota-ona va keksalarga hurmat, hamkorlik, do‘stlik, ilmsevarlik, insonparvarlik, ayollarni qadrlash, saxovat, rostgo‘ylik, iffat, rahm-shafqat, e’tiqod, mehr-oqibat, pokizalik, tadbirkorlik, halimlik, sabr-qanoat, ishonch, himmat, xushxulqlik, muloyimlik, to‘g‘rilik, vafodorlik, tejamkorlik, ahdga sadoqat, hayo kabi fazilatlar inson ma’naviy taraqqiyotini belgilab beruvchi ma’naviy-axloqiy omillar tarzida namoyon bo‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, hadis nafaqat musulmonlarning axloqi va ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi, balki Qur’oni karimdan keyin turadigan asosiy manba ham hisoblanadi. Din ulamolari uchun Qur’oni karimdagi ba’zi ko‘plab oyatlar ma’nolarini aniqlashtirishda va oyatlarda keltirilgan voqea, hodisalarni tushuntirishda sharh, tafsir vazifasini ham o‘taydi.

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida: “Imon daraxt yangligʻ oltmishdan ortiq shoxga egadir. Alloh va bandalaridan uyalib gunoh qilmaslik o‘sha shoxlarning bittasidir,”[1]– deb imon bir necha insoniy fazilatlar majmuasi ekanligini bayon qiladilar. Demak, insonda mujassam bo‘lgan insoniy fazilatlar hamda u tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli va savobli ishlarning aksari imon bilan bog‘liq ekan. Ushbu fazilatlarning eng a’losidan biri undagi hayo sifati alohida ahamiyatga molikdir. Chunki, insonni hayvondan ajratib turuvchi eng oliy sifat undagi sharm-hayo bo‘ladi.

Shuningdek, sahobayi kiromlardan ham Vatan tuyg‘usi haqida ibratli fikrlar rivoyat qilingan. Jumladan hazrati Umar “Vatanni sevish bo‘lmaganda yomon yurtlar (yashashga noqulay) xarob bo‘lur edi”, Hazrati Alidan esa “Vatanni sevish tufayli dunyo obod bo‘ladi” kabi hikmatlar yetib kelgan. Yuqoridagi keltirilgan oyat-hadislar Islomda shar’iy-naqliy dalillar deyiladi. Tor mahalliychilik, yoki millatchilikni, aqlga ham naqlga ham muvofiq keladigan vatanparvarlik bilan chalkashtirib yuborib, ikkinchisini islomga zid deb da’vo qilish jaholatdan darak beradi. Yuqoridagi oyat-hadislar esa vatanparvarlik, vatan hissi islomga begona tushunchalar emasligini ko‘rsatadi.

Shu o‘rinda “Hubbu-l-vatani mina-l-iymon” (Vatanni sevish – iymondandir) iborasi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni o‘rinli deb bildik. Bu ibora (yoki shartli ravishda hadis) haqida Ibn Hajar va Muborakfuriy kabi hadis allomalari “kelib chiqishi noma’lum, lekin ma’nosi durust” deydilar. Ya’ni “hadis” nomini ko‘tarishi uchun kerakli talablarga javob bermasa-da uning ma’no-mazmuni shariat mezoniga zid emasligini aytmoqchi  bo‘ladilar.

Hadislarda ulug‘lanuvchi insoniy fazilatlar bilan bir qatorda, insonlarga makruh qilingan, ta’qiqlangan va islomda qoralanuvchi illatlar haqida ham gapiriladi. Shunday hadislardan biri  “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Badgumon bo‘lmanglar, tirnoq ostidan kir qidirmanglar, gap poylamanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar va nafratlanmanglar. Aka-uka tutinib, Ollohning solih bandalari bo‘linglar! Musulmon odam o‘z birodari bilan dindoshi bilan uch kundan ortiq arazlashmasin!” – deydilar”[2].

Ushbu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jamiyatni badbaxtlikka eltuvchi illatlar; badgumonlik, birovning aybini qidirish, gap poylash, gap tashish, hasad, araz va nafratdan saqlanishga hamda o‘zaro birodar, aka-uka bo‘lib umrguzaronlik qilishga buyurdilar. Agar, inson zoti Payg‘ambarimizning ushbu ko‘rsatmalariga amal qilib yashasa, yer yuzida  unday jamiyatdan go‘zal jamiyat bo‘lmaydi.

Ma’lumki, Islomda munofiqlik, ya’ni ichi boshqa usti boshqalik qattiq qoralangan. Madinada munofiqlar bir u tarafga bir bu tarafga o‘tib,  Rasululloh va musulmonlarga qattiq zarar yetkazishgan. Tilda iymon keltirib, dillarida kufr va adovatni saqlagan holda musulmonlarga muomala qilganlar. Hozirgi kunda o‘zbek xalqi uchun Vatan mustaqilligi va unga daxldor ne’matlarga sadoqat Rasululloh davrlaridagi islom ne’matlariga sadoqat kabi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun Rasululloh zamonlarida munofiqlar kofirlardan ko‘ra muammoliroq bo‘lishgan bo‘lsa, undan keyingi hamma davrlarda sabotsiz, beburd, loqayd odamlar bilan muomala qilish jamiyat uchun turli qiyinchiliklar va muammolar tug‘dirgan.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida Vatanga, din-diyonatga sadoqat nimaligini bilmagan munofiq kimsalar qattiq qoralanadi. Munofiqlik, xolislik va samimiylik pardasi bilan pardalanganligi hamda uni ochiq ko‘rish imkoniyati bo‘lmaganligi uchun Rasululloh bir hadisi shariflarida uning belgilarini, dalolat va alomatlaridan muhimlarini zikr qilib o‘tdilar: “Munofiqning alomati uchta: so‘zlasa, yolg‘on so‘zlaydi, va’da bersa va’dasiga vafo qilmaydi, omonat berilsa unga xiyonat qiladi.” [3]

Biroz fikr yuritsak, ma’lum bo‘ladiki, yuqoridagi uch illat qasddan sodir etilsa, kishining o‘sha holatda ichki boshqa tashqi boshqa bo‘lganligini bildiradi. Agar bu ikki-uch bor qaytarilsa demak, bu illatlar o‘sha odamning fe’l-atvoriga aylanib bo‘lganligini ko‘rsatadi. Munofiqlik illati Rasululloh davrlaridagi aynan munofiqlarning belgisi sifatida tushunishni keltirib chiqardi. “Deylik falon ish mushriklarning ishi” deyilsa, u ishdan qanchalar hazar qilsak,  yuqoridagi illatlarni sodir etib, munofiq bo‘lib qolishdan yoki munofiqqa o‘xshab qolishdan shunchalar saqlanishimiz kerak .

Qur’oni karimda: “Munofiqlar do‘zaxning eng tubida, eng qa’rida bo‘ladilar” deyilganiga qaraganda munofiqlikning jazosi mushrik bo‘lishdan ham og‘irroq. Shuning uchun tafsirlarda do‘zaxning tabaqalari haqida gapirilganda uning eng tubida, ya’ni azobi eng og‘ir qismida munofiqlar bo‘lishini aytganlar. Yuqorida keltirilgan xolislik tushunchasi orqali yoshlarimizni barcha munosabatlarda, ayniqsa, millat va mamlakatga bo‘lgan munosabatlarida sadoqatli, xolis va sodiq bo‘lishga da’vat etish mumkin. Ma’lumki, har qanday ulug‘ g‘oyani amalga oshirish uchun odamlar tarafidan o‘sha g‘oyaga ishonch, sadoqat, xolislik juda muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Shuningdek, yolg‘onchilik sifati ham hadislarda qattiq qoralanib, “Yolg‘onchilar mening ummatim emas” deyiladi. Jumladan, ota-onaga oq bo‘lish, qo‘shnichilik haqlarini bajarmaslik, Vatan himoyasida dushmanga orqa o‘girish, hayosizlik, axloqsizlik kabi illatlar qattiq qoralangan.

Pag‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislari odob-axloq va ma’rifatga asoslangani uchun ham har bir shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan kamolga yetkazishga oid e’tiqod va imondan iborat bo‘lib, faqat ezgulikka xizmat qiladi. Diniy qadriyatlarimiz oliyjanob bo‘lish, pokiza yurish va bir burda luqmani halol qilib yeyish, jaholat va jaholatparastlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z birodarining, qarindosh-urug‘larining, millatining va Vatanining qadriyatlarini asrashdan iboratdir.

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

09/04/2024
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

09/04/2024
Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

31/03/2022
Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

31/03/2022
Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

31/03/2022
Ochlikdan oʻlgan milliardеr

Ochlikdan oʻlgan milliardеr

31/03/2022

Tavsiya etiladi

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

1 yil avval
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

1 yil avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval
Sistit kasalligi va uning davolash usullari

Bolalarda sistit kasalligi, alomatlari, va uni davolashning yo’llari

4 yil avval
Davn sindiromi

Daun sindromi kasalligi nima?

4 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

3 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz