Iroq hukmdori Sayfulmulukning yaqin bir kishisi bor edi. Vazir unga hasad qilib yurardi, oxiri uni yoʻqotish payiga tushdi. Kunlardan bir kuni fursat poylab uni hukmdorga yomonladi:
– Falonchi sizning ogʻzingizdan qoʻlansa (yomon) hid keladi, deb sizni malomat qildi, – dedi.
Sayfulmuluk bu gapdan juda xafa boʻldi, chunki bu gap haqiqatdan yiroq edi. Vazir yomonlayverganidan haligi kishidan qasos olmoqchi boʻldi.
Vazir vaziyatdan foydalanish harakatiga tushdi. Hukmdor katta mansabdorlarni kechqurun majlisga chaqiradigan kuni (buni faqat vazir bilardi) vazir haligi kishini ham tushlikka taklif qildi, rosa yedirib-ichirdi. Ziyofatdan keyin u toʻgʻri saroyga bordi. Hukmdor undan xafaligini bildirmay yoniga o’tqazdi. Yegan ovqatimning hidi kelmasin deb og’zini berkitib oʻtirdi. Majlis
tugash vaqtida podshoh qog’ozga bir nimalarni yozdi, o’rab bogʻladi.
Muhrlagandan soʻng: “Bu maktubni xazinachiga olib bor”, dedi.
U kishi biror mukofot yozilgan boʻlsa kerak, deb o’yladi. Vazirga rosa alam qildi. Yoʻlda vazir uning qoʻlidagi maktubni berishini so’radi. Oʻsha kecha haligi kishi uyida uxladi, vazir uyiga qaytib bormadi. Xazinachi nomiga bitilgan oʻsha maktubda “Ushbu xatni olib boruvchiga zar chopon kiydirilsin, so’ng boshi olinsin”, deb yozilgan ekan.
Saboq: hasad insonning boshiga yetadi. Shuning uchun oʻzidagi narsaga rozi boʻlish, oʻzgalarga berilgan ne’matga hasad qilmaslik lozim.
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi