Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 5-8 yosh Xavfsizlik

Gadjetlarning bolangizga ziyoni haqida bilasizmi?

da Xavfsizlik
O'qish vaqti:5 daqiqa o'qildi
A A
0
Gajetlarning bolalarga ziyonlari

Hozirgi kunda kompyuter va internetsiz kundalik hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bolalarning kompyuterdan uzoq vaqt foydalanishi ota-onani xavotirga solib qo’yadi.

Kompyuterda ko’p vaqt o’tkazishning bola salomatligiga ta’siri:

Ko’rish a’zolarining zo’riqishi. Kompyuterga termulib o’tirish davomida nafaqat ko’z mushaklari zo’riqishini keltirib chiqaradi, balki ko’z ichki tomirlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Markaziy asab tizimining buzilishi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, 10-12 yoshgacha bo’lgan bolalarning kompyuterda ko’p o’tirishi asab buzilishiga olib kelar ekan. Bu narsa bolaning ortiqcha charchashida, bosh og’rishi, uyquning buzilishi, kayfiyatning tushishi, asabiylashishi yoki o’ta nofaolligi, xayoli joyida bo’lmay qolishi kabi holatlarda namoyon bo’lar ekan.

Qo’l, yelka va bo’yin mushaklarining o’zgarishi. Kompyuterda o’tirgan bolaning rivojlanayotgan qo’l, yelka va bo’yin mushaklari bir holatda uzoq vaqt davomida turishi qo’l mushaklarining ortiqcha holdan toyishiga, qon aylanishining buzilishiga, ayrim hollarda mushak og’riqlariga olib keladi.

Bolaning psixikasi buzilishi. Bola uzoq vaqt kompyuterda o’tirib, u orqali virtual munosabatlar o’rnatishi natijasida haqiqiy hayotdagi munosabatlardan qochadigan bo’lib qoladi. Kompyuter uning «do’st»i, «sinfdosh»i, «suyukli insoni»ga aylanadi. Ayniqsa, kamgap bolalar kompyuterda internet orqali gaplashish osonroq ekanligini tez anglab, odamlardan qochadigan, ochiq suhbat qila olmaydigan, do’stlasha olmaydigan bo’lib qoladi.

Albatta, bugungi kunda bolani kompyuterdan holi qilishning iloji yo’q. Bundan tashqari o’qish, ishlash jarayoni kompyuter va internetga bog’liq bo’lib qolgani uchun bola kompyuterni bilishi kerak.

Aslida, bola zerikkanida kitob o’qishi eng yaxshi tanlov. Lekin bolani kitob o’qishga ota-ona qiziqtira bilishi kerak. Albatta, kuni bilan serial ko’rayotgan onasini ko’rgan bola, hech qachon kitob qiziq ekanligiga ishona olmaydi.

Ota-ona bolaga kompyuterning zararini minimallashtirish yo’lini qo’llashi lozim, ya’ni:

1. Bola maktab yoshiga yetgunga qadar umuman kompyuterdan foydalanmasligi shart.
2. Uydagi kompyuterda o’yin umuman bo’lmasligini ta’minlash kerak, albatta, til o’rgatuvchi yoki bilim beruvchi o’yinlar bundan mustasno bo’lishi mumkin. Boshqa o’yinlar bolaning haqiqiy hayotga bo’lgan nazarini salbiy tomonga o’zgartiradi. O’yinda ayrim to’siqlardan o’tib millioner bo’lish imkoniyati borligini ko’rgan bola hayot ham shunday oson ekan, deb tasavvur qila boshlaydi.
3. Maktab yoshidagi bolalarga kompyuterdan foydalanish vaqti chegaralangan bo’lishi lozim. O’n-o’n ikki yoshgacha kuniga 1 soatdan oshmasligi, 12-16 yoshda 2-3 soatni tashkil qilishi mumkin.
4. Kompyuterdan o’qish, bilim orttirish maqsadida foydalanishgagina ruxsat berilishi kerak. O’yin va ermak uchun man qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
5. Uyda internet ulangan bo’lsa, ayrim saytlarga blokator o’rnatib qo’yish kerak. Internetda bola ko’ziga munosib bo’lmagan minglab saytlar mavjud, bu saytlarga bola bilmasdan kirib qolishi mumkin. Shuning uchun, internet ulagan provayderga bolaga munosib bo’lmagan o’sha saytlarni yopib qo’yishini iltimos qilsangiz, provayder o’zi blokator o’rnatib qo’yadi.
6. Bola kompyuterda o’tirganida vaqti-vaqti bilan u nima qilayotganini tekshirib turish lozim. Xonaga kirib kompyuter ekraniga qarash yetarli emas, bola foydalanayotgan saytlar, ko’rgan ma’lumotlar, foydalanayotgan dasturlarni nazorat qilib turish kerak.
7. Bolaga kompyuter ko’chada o’ynash, do’stlar bilan ko’rishib gaplashish, ovqatlanishning o’rnini bosmasligini tushuntirish foydadan holi bo’lmaydi.
8. Bolani oldida o’zingiz kompyuterda o’yinlar o’ynab, do’stlaringiz bilan suhbatlashib salbiy namuna bo’lmasligingiz shart.
9. Bola kompyuterdan ijobiy maqsadlarda foydalanishini istasangiz, u bilan birga foydali saytlar va dasturlardan birga zavqlanib vaqt o’tkazing.
10. Bolaning asab tizimida, kayfiyatida, ota-onasi va do’stlari bilan munosabatlarida keskin salbiy o’zgarishlar ro’y berayotgan bo’lsa, kompyuterda o’tkazayotgan vaqtini kamaytirib ko’ring. Natijasi yaxshi bo’lsa, demak, sabab kompyuterda. Bola umuman kompyuterdan voz kecha olmay, janjal qilib, tushkunlikka tushib, kompyutersiz odamovi bo’lib qolayotganini sezsangiz, psixologga uchrashishingiz talab etiladi.

Oxirgi yillarda «kompyuterga qaramlik», degan ibora tez-tez uchramoqda. Xitoy, AQSH va Yevropaning ba’zi mamlakatlarida bu qaramlikni kasallik deb, davolab kelmoqdalar. 2015-yilda bunday qaramlik tufayli maktab o’quvchisi kompyuter o’yinini o’ynash chog’ida vafot etgani e’lon qilindi.

Afsus, ba’zi ota-onalar mobil aloqa vositalari bolaga qattiq zarar keltirishi haqida o’ylamaydilar. 

Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, xulosa chiqaring:

Bolaning tili chiqmaguniga qadar unga telefon, kompyuter vositalarini berish mutlaqo mumkin emas. Kichikligidan ekranga qarashni odat qilgan bolaning tili kech chiqadi, gapirishda qiynaladi va atrofdagilar bilan muloqot qila olmaydi. Unda logopedik muammolar yuzaga keladi. 

Bola asabiylashganda «ekran» bilan uni ovutmaslik muhim. Bunga u odatlanib, katta bo’lganida hayotda qiyinchilikka duch kelganida, o’z kuchi bilan ularga bardosh bermay, biron o’yinchoq(ichkilik, kompyuter o’yinlari, narkotik)dan malham izlaydi. Bola asabiylashib qiyinchilikni boshidan kechirayotgan payti unga onaning e’tibori talab etiladi, kompyuter yoki telefon ekrani emas. O’z vaqti va sabrini qizg’angan ona bolasiga telefon yoki kompyuter tutqazib qo’yadi. Shu yo’l bilan u bolaning hayotda kuchli bo’la olish, qiyinchiliklarni yengish qobiliyatiga qattiq zarba beradi.

Bolani hech qachon kompyuter o’yinlari rivojlantirmaydi. Gadjetlar yordamida bolaning miyasini charxlamoqchi bo’lgan ota-onalar mutloq xato qiladilar. Bolani kichikligida muloqot, suhbat, qo’li bilan ushlash, his etish, eshitish, ko’rish kabi tuyg’ular rivojlantiradi. Bola ekrandan ma’lumot olishga, o’yinlar orqali biror vazifa bajarishga o’rganib qolsa, u hayotga, jamiyatga moslashishi juda qiyin kechadi. Ekranda uddalay olgan vazifani hayotda umuman bajara olmaydi. Chunki u ekran bilan muloqot qilishga o’rganib qolgan. Bundan tashqari Amerika pediatriya uyushmasining ta’kidlashicha, kompyuter o’yinlari va mobil gadjetlar orqali bolaning rivojlanish darajasi pasayadi.

Bola ekranga tikilib o’tirishi natijasida uning asablari buziladi. Bola o’zi sezmagan holda qattiq charchaydi, lekin ekrandan o’zini olib qocha olmaydi. Shunda unda asabiylik, zardalanish, g’ijinish va ba’zida agressiya ham rivojlanadi. 

Kompyuter o’yinlari va gadjetlarga bog’lanib qolgan bola hayotdagi mashg’ulot va o’yinlarda o’zini yaxshi namoyon eta olmaydi. Uning reaksiyasi faqat ekrandagi vazifalarga bog’lanib qolganligi uchun, hayotiy holatlarni uddasidan chiqa olmaydi. Shu qatorda sport bilan ham shug’ulanayotganda qiynaladi.

Ba’zi tadqiqotlar yaqin yillarda bolalar va o’smirlar orasida keng tarqalayotgan semizlik sababini ham mobil va kompyuter vositalaridan ko’rishmoqda. Bola ko’chada chopib o’ynashdan ekranga soatlab termulib o’tirishni afzal ko’ra boshlaydi. Natijada uning modda almashinuv tizimi ishdan chiqadi va jadal tarzda semizlik rivojlana boshlaydi.

Bola haqiqiy go’zallik nima ekanligini sezmay qoladi. Ekranda ko’rayotgan suratlarga o’rganib qolgan bola tabiatning, qush va gullarning, umuman atrofning go’zalligini ko’rmay, sezmay  qoladi. Uning ko’z o’ngida ko’rinmas plyonka ekrandagi suratlar namoyon bo’laveradi.

O’n yoshga to’lmagan bolada mobil telefonlarning ta’siri natijasida miyada bo’ladigan patologik buzilishlar kattalarnikiga nisbatan tezroq yuzaga kelar ekan. Bu esa kelajakda jiddiy kasalliklarga sababchi bo’lishi mumkin.

Mobil vositalari orqali internetga ham qaram bo’lib qolish mumkin. Qisqa ma’lumot, tez almashuvchi suratlarga o’rgangan bola, kitob o’qiy olmaydi, undan tashqari uzoq muddat bir joyga diqqatini yig’a olmaydigan bo’lib qoladi. 

Amerika pediatriya uyushmasining ko’rsatishicha, bolaga chegaralangan holda kompyuter va mobil vositalardan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Lekin bunda bolaning yoshi alohida ahamiyat kasb etadi:

  • Bola 7 yoshga to’lguniga qadar mobil va kompyuter vositalaridan umuman foydalanmasligi kerak;
  • Bola 7 yoshidan 12 yoshiga qadar ekran(televizor, planshet, mobil telefon va hokazolar)dan ko’pi bilan 2 soatgacha foydalanishi lozim;
  • O’n ikki yoshdan so’ng mobil va kompyuter vositalaridan faqat o’qish, bilim olish yoki dars qilish vositasi sifatida kuniga maksimum 2-3 soat foydalansa zarar bo’lmaydi;

Muminova D.R.    
Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Kontent ishlamayapti

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish