Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Islomda farzand tarbiyasi Islomiy tarbiya

Farzandlarga bo’lingan mehr taqsimi

da Islomiy tarbiya, Islomda farzand tarbiyasi
O'qish vaqti:4 daqiqa o'qildi
A A
0
Farzandlarga bo’lingan mehr taqsimi

Ota-onalarga bir narsani aytib o‘tamiz: siz farzandlaringizga bir xilda muomala qiling. Ular orasini ajratmang, birini ikkinchisidan ustun qo‘ymang, barchasini teng ko‘ring. Chunki farzandlarga turlicha munosabatda bo‘lish ular orasiga hasad (g‘ayrlik) urug‘ini sochadi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam farzandlarga birdek muomala qilishga chaqirganlar, unisiga boshqacha, bunisiga boshqacha munosabatdan bo‘lishdan qaytarganlar.

 

عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: سَاوُوا بَيْنَ أَوْلاَدِكُمْ فِي الْعَطِيَّةِ وَلَوْ كُنْتَ مُؤْثِرًا أَحَدًا لآثَرْتَ النِّسَاءَ عَلَى الرِّجَالِ. رَوَاهُ سَعِيدُ بْنُ مَنْصُورٍ.

 

Yahyo ibn Abu Kasirdan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Sovg‘a berishda farzandlaringizni teng ko‘ringlar! Agar birontasini afzal ko‘rishing kerak bo‘lsa, qizlarni o‘g‘il bolalardan afzal ko‘rasan”, deganlar (Said ibn Mansur rivoyat qilgan). Ya’ni, agar farzandingizga sovg‘a-salom yoki biron hadya bersangiz, ularni o‘g‘il yoki qiz, katta yoki kichikka ajaratmasdan, hammasini birdek ko‘ring, o‘rtalarida adolat bilan taqsimlab bering. Agar farzandlardan birini ikkinchisidan afzal ko‘rish lozim bo‘lsa, u holda birinchi qizlardan boshlanadi, keyin o‘g‘il bolalarga beriladi.
Islom shariatida qiz bolalarning hurmatini joyiga qo‘yish, ularni e’zozlash haqida alohida ko‘rsatmalar kelgan. Qiz farzand tug‘ilganda xursand bo‘lish, sovg‘ani avval qizlardan boshlash, uch nafar qizni imonli-e’tiqodli, odobli qilib tarbiyalasa, jannatiy bo‘lish haqidagi hadisi shariflar fikrimiz isbotidir.
Johiliyat davrida qiz bolalar hurmati toptalgan, ularga kerakmas bir buyudek qaralgan, hatto qiz ko‘rganidan or qiladigan “ota”lar farzandini tiriklayin ko‘mishgacha borgan, qiz farzand ko‘rgani haqida eshitganida tepa sochi tikka bo‘lgan. Mana shu johiliy odatga barham berish maqsadida Islom dinida qizlarga, umuman ayollar haq-huquqlariga alohida e’tibor bilan qaraladi, ularni kamsitmaslik, yerga urmaslik ta’kidlanadi. Sovg‘a olib kelganda birinchi qizlarga berish haqidagi ko‘rsatma ham Islomda qiz farzandning o‘rni nechog‘li katta ekanini bildiradi.

 

عَنْ عَامِرٍ قَالَ سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا وَهُوَ عَلَى الْمِنْبَرِ يَقُولُ: أَعْطَانِي أَبِي عَطِيَّةً فَقَالَتْ عَمْرَةُ بِنْتُ رَوَاحَةَ: لاَ أَرْضَى حَتَّى تُشْهِدَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَتَى رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِنِّي أَعْطَيْتُ ابْنِي مِنْ عَمْرَةَ بِنْتِ رَوَاحَةَ عَطِيَّةً فَأَمَرَتْنِي أَنْ أُشْهِدَكَ يَا رَسُولَ اللهِ قَالَ: أَعْطَيْتَ سَائِرَ وَلَدِكَ مِثْلَ هَذَا قَالَ: لاَ قَالَ: فَاتَّقُوا اللهَ وَاعْدِلُوا بَيْنَ أَوْلاَدِكُمْ قَالَ: فَرَجَعَ فَرَدَّ عَطِيَّتَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.

 

Omirdan rivoyat qilinishicha, u No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhu minbarda turib shunday deganini eshitgan ekan: “Otam menga bir hadya qildi. Shunda (onam) Amra binti Ravoha: “Sen Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni guvoh qilib keltirmaguningcha rozi emasman” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelganlarida, (otam) dedi: “Men Amra binti Ravohadan (tug‘ilgan) o‘g‘limga bir hadya qildim. Ayolim unga sizni guvoh qilishimni so‘radi, ey Rasulullloh!” dedi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: “Qolgan farzandlaringga ham shunday hadya berdingmi?” deb so‘radilar. U: “Yo‘q”, dedi. Shunda u zot: “Allohdan qo‘rqinglar, farzandlaringiz orasida adolat qilinglar!” deb ta’kidladilar. Shunda otam qaytib kelib, hadyasini qaytarib oldi” (Buxoriy rivoyat qilgan).
Bu yerda No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhuning otasi farzandlarini teng ko‘rmaganini bilgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga: “Allohdan qo‘rqinglar, farzandlaringiz orasida adolat qilinglar”, deb ta’kidlaganlari aytilmoqda. Boshqa rivoyatda bu jumla turli siyg‘alarda kelgan. Jumladan:

 

  1. Uni ortiga qaytar.

 

  1. Unday bo‘lsa, meni bunga guvoh qilma. Chunki men javr-zulmga guvoh bo‘lmayman.

 

  1. Meni zulmga guvoh qilma.

 

  1. Bunga mendan boshqasini guvoh qil.

 

  1. Men faqat haqqa guvoh bo‘laman.

 

  1. Shuning uchun unday qilma.

 

No‘’mon ibn Bashir Ansoriy roziyallohu anhudan keltirilgan boshqa bir rivoyatda aytilishicha, uning onasi Amra binti Ravoha eridan o‘g‘liga biron hadya qilishni so‘ragan. Bashir bu masalani bir yil cho‘zib yurganidan keyin unga rozi bo‘lgan. Shunda Amra: “Sen bunga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni guvoh qilib keltirmaguningcha rozi emasman”, degan. Shunda otasi: “Ey Rasululloh, mana bu o‘g‘limning onasi Binti Ravoha o‘g‘limga berganim hadya haqida men bilan bahslashdi”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ey Bashir, sening bundan boshqa o‘g‘illaring bormi?” deb so‘radilar. Otasi: “Ha”, deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana savol berdilar: “Ularning hammasiga mana shu o‘g‘lingga berganing kabi hadya ulashganmisan?” Otasi bu savolga: “Yo‘q”, deb javob qaytardi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “U holda meni bunga guvoh qilma! Chunki men javr-zulmga guvoh bo‘lmayman!” dedilar (Muslim, Nasoiy va Ahmad rivoyat qilgan).
Ushbu rivoyatdan olinadigan xulosalar:

 

  1. No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhuning otasi unga ayrim hadya va tortiqlar ato etgani.

 

  1. No‘’monning onasi Amra binti Ravoha roziyallohu anho erining bu ishiga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni guvoh qilishni talab qilgani.

 

  1. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam farzandlar orasida teng bo‘linmagani, adolat qilinmagani sabab bu ishga rozi emasliklarini ochiq bayon qilganlari.

 

  1. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam botilga emas, faqat haqqa guvoh bo‘lganlari, javr-zulmga rozi emasliklari.

 

  1. Ota farzandlari o‘rtasida adolatli taqsimot qilishi, ularni biridan ikkinchisini afzal bilib, unga ko‘proq narsalarni hadya qilishi to‘g‘ri emasligi. Shunday bo‘lgan taqdirda, afzal ko‘rilga o‘g‘il yoki qizga berilgan narsalar ortga qaytarilishi.

 

  1. Taqvodor odam har bir ishda adolat qilishi, har bir haq egasining haqini ado etishi lozimligi.

 

Farzandlar orasini ajratish, ularni teng ko‘rmaslik quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:

 

  1. Birini maqtab, boshqasini yomonlash, birini aqlli, deb boshqasini “ahmoq”, deb murojaat qilish.

 

  1. Boshqalarini qo‘yib, faqat bittasini e’tibor berish, unga hadyalar ulashish, yaxshi muomala qilish, qolganlarini urushib-tergash, tanbeh berish, haqini poymol qilish.

 

  1. Sevimli o‘g‘ilni kechirib, boshqasini arzimas sabablar bilan jazolash.

 

  1. Farzandlari orasidan faqat bittasini yaxshi ko‘rish. Bu unga biron narsa berish qolganlarini esa man etish bilan, mahbub farzandni o‘pib, suyub-erkalab, boshqalariga e’tiborsizlik qilish bilanbo‘ladi.

 

Sanab o‘tilgan holatlarning hech biri joiz emas. Chunki bunday qilish farzandlar o‘rtasida hasad, adovat va nafratni paydo qiladi. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bizni bu ishdan qaytargan. Musulmon banda uchun Rasulullohning “Bunday qilma!” degan so‘zlari yetarli bo‘ladi. Ortiqcha izohga hojat yo‘q.

 

Manba

 

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Farzandim App dasturi ishga tushdi.

Farzandim App dasturi ishga tushdi.

31/03/2022
Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

31/03/2022
Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

31/03/2022
Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

31/03/2022
Ochlikdan oʻlgan milliardеr

Ochlikdan oʻlgan milliardеr

31/03/2022
farzand tarbiyasi

Oʻqi, moʻmina qiz, oʻqi!

31/03/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish