Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Islomda farzand tarbiyasi Islomiy tarbiya

Farzand tarbiyasiga oid foydali maslahatlar

da Islomiy tarbiya, Islomda farzand tarbiyasi
O'qish vaqti:3 daqiqa o'qildi
A A
0
Farzand tarbiyasiga oid foydali maslahatlar

Barchamizga ma’lumki, farzand inson hayotining mazmuni, nasl-nasabini davom ettiruvchisi, oilaning mustahkam zanjiridir. Yaxshi, solih va barkamol farzand ota-onaning baxt-iqboli, ikki dunyo saodatiga yetishtiruvchi dilbandi. Farzandlar «Jannat rayhonlari» deb tavsiflanishi bejiz emas. Ammo u odobli, yaxshi fazilatlar sohibi bo‘lgandagina ota-onasiga rahmat va baxt-xursandchilik keltiradi. Oila qurish va solih farzandlar ko‘rishni orzu qilmagan inson bo‘lmasa kerak.

Darhaqiqat, farzandlarimizning yaxshi, odobli, mehnatsevar, sog‘lom va har tomonlama salohiyatli bo‘lib o‘sishi ko‘p jihatdan onasiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dinimiz ko‘rsatmalarida bo‘lg‘usi kelinni tanlashga alohida e’tibor qilinadi. Kelajakda tug‘ilajak farzandlarga munosib ona tanlash haqida dinimiz ko‘rsatmalari mavjud bo‘lib, har-bir musulmon kishi shu to‘g‘risida qayg‘urmog‘i lozimdir. Onamiz Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh(sollallohu alayhi vasallam): «Farzandlaringizni munosib onani ixtiyor qilinglar»,- deganlar.

Urf-odat va qadriyatlarimizda kelin tanlashda uning soliha, dindor, yaxshi xulqli bo‘lishi asosiy mezon sanaladi. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ayol to‘rt narsa uchun: moli, hasabi, jamoli va dini uchun nikohlanadi. Bas, sen dindorini tanla, omon bo‘lgur», deganlar (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyati).

Kelin tanlashda va uning kelajakda ona bo‘lishi tug‘ishga layoqatli, sog‘lom bo‘lishiga e’tibor berish lozim. Chunki uylanishdan asosiy maqsad inson o‘z naslini davom ettirishidir. Insoniyatning ko‘payishi, naslining bardavomligi qiyomatgacha davom etadigan ilohiy iroda va muhim jarayondir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Nikohlaninglar, ko‘payasizlar, men qiyomat kuni o‘tgan ummatlarga nisbatan ummatimning ko‘pligi bilan farxlanaman», deb marhamat qilganlar.

Donishmandlar bola tarbiyasiga u hali homila holida ekanidayoq kirishishni maslahat berishadi. Bunga qanday erishish mumkin? Bo‘lajak onaning yemishi halol, pok bo‘lishi, u hamisha toza, pokiza yurishi, ko‘proq Qur’on o‘qishi, duo va zikrni muntazam aytib turishining tug‘ilajak farzandning kelgusida yaxshi tarbiyali, odobli, e’tiqodli, chin inson bo‘lib kamolga yetishishda foydasi bor. Hatto zamonaviy tibbiyot ham ona homiladorlik chog‘ida ko‘proq qanday kayfiyatda bo‘lsa, bularning hammasi bolaga ham ko‘chishini isbotlagan. Masalan, homiladorlik chog‘ida ko‘p asabiylashgan, boshiga biror g‘am, musibat tushgan ayollarning farzandlari injiq, serzarda, yig‘loqi bo‘lib tug‘ilishi ko‘p marta kuzatilgan.

Muhammad ibn Muhammad Jomiy aytadi: «Har bir ota-onaning farzand oldida burchi bor. Chunonchi, har bir ota o‘z farzandi nomusli ayoldan tug‘ilishiga harakat qilsin, toki tug‘ilganidan keyin odamlar farzandga turli ta’nalar qilib yurmasin. Bolaga yaxshi va chiroyli ism qo‘ysin. Unga ilmu ma’rifat o‘rgatsin. Ota-ona farzandini hamisha halol ovqat bilan boqsin. Harom yo‘lda topilgan taom bolaga yomon ta’sir ko‘rsatadi va uni haromxo‘rlikka o‘rgatadi. Buning uchun ota-onaning o‘zi, avvalo, halol luqmali bo‘lishi kerak. Shundagina pushtidan bo‘lgan bola halol va pokiza bo‘lib tug‘iladi. Ayniqsa, ona homiladorlik paytida harom va shubhali narsalardan o‘zini saqlamog‘i juda muhimdir».

Tarbiya haqida Imom G‘azzoliyning « Ihyou ulumuddin» kitobida shunday deyiladi: «Bola ota-ona qo‘lida bir omonatdir. Qalbi turli naqsh va rasmlardan pok, nima naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bo‘laveradi. Agar yaxshilikka undalsa va o‘rgatilsa, uning ustida o‘saveradi, dunyo va oxiratda baxtli bo‘ladi, ota-onasi hamda odob va ta’lim-tarbiya berganlar barchasi savobiga sherik bo‘lishadi. Agar yomonlikka undalsa va hayvon kabi bo‘sh qo‘yilsa, yomonlikka yo‘liqadi, halok bo‘ladi va unga qarab turgan kishi gunohkor bo‘ladi».

Barchalarimiz kelajagimiz bo‘lmish farzandlarimiz tarbiyasiga mas’ulmiz!

 

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Farzandim App dasturi ishga tushdi.

Farzandim App dasturi ishga tushdi.

31/03/2022
Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

31/03/2022
Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

31/03/2022
Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

31/03/2022
Ochlikdan oʻlgan milliardеr

Ochlikdan oʻlgan milliardеr

31/03/2022
farzand tarbiyasi

Oʻqi, moʻmina qiz, oʻqi!

31/03/2022

Tavsiya etiladi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi

12 oy avval
Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari

12 oy avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

12 oy avval
Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari

12 oy avval
4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

4-5 oylik: chaqaloq rivojlanishi

1 yil avval
farzand tarbiyasi

Farzandning ota-ona oldidagi burchi

1 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

12 oy avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

Yangi maqolalar

  • Gestatsion diabet – homiladorlik muammosi
  • Homila tushishi belgilari, sabablari, bartaraf qilish va oldini olish choralari
  • Homilaga xavf solishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va xavfli holatlar
  • Qiz bolaning jinsiy rivojlanishi (Ota-onalar bilishi shart)
  • Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Bizni kuzatib boring

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021. www.farzandtarbiyasi.uz - Developed by Wasaf.uz.

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish