Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy Islomda farzand tarbiyasi

Bola boshidan ma’lum…

da Islomda farzand tarbiyasi, Islomiy tarbiya
O'qish vaqti:6 daqiqa o'qildi
A A
0
Bo'adigan bola boshidan

 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamd-u sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavot-u durudlar bo‘lsin.

 

Ota-ona bolaga hamma vaqt do‘q-po‘pisa qilavermasligi lozim, chunki koyish eshitish, xunuk ishlarni qilish unga yengil tuyilib qoladi, qalbidan gapning taʼsiri tushib ketadi. Ota bolasi bilan birga bo‘ladigan so‘zlashish haybatini saqlasin va bolasini doim emas, balki baʼzi vaqtlarda koyib tursin. Ona esa uni otangga aytaman, deb qo‘rqitsin, uni yomonliklardan shu bilan qaytarsin. 

Uni kunduzi uxlashdan man qilsin, chunki bu dangasalik keltiradi. Kechasi uxlashdan esa man qilinmaydi, lekin yumshoq to‘shaklarda yotqizmasin. Shunda uning aʼzolari mustahkam bo‘ladi, badani semirib ketmaydi va o‘zini ovqatdan tiyishga muhtoj bo‘lmaydi. Yotishda, kiyishda dag‘alroq narsalarga odatlantirsin. Yana go‘dakni yashirincha qiladigan har bir ishidan man etish lozim. Chunki bola bir ishni yashirib qiladigan bo‘lsa, albatta, uni yomon ish, deb eʼtiqod qiladi. Shunday paytda man qilinsa, yomon ishni tark etadi. Kunduzi baʼzan dangasalik g‘olib kelmasligi uchun yurish, harakatlanish, jismoniy tarbiya qilish odatlantiriladi. Badanini ochib yubormaslik, tez yurmaslikka o‘rgatiladi. Qo‘lini butkul tashlab ham yurmaydi, ko‘kragiga qo‘yib oladi. Tengdoshlariga ota-onasi ega narsalar yo yeydigan, yo kiyadigan narsalar yoxud lavhi va siyohdonlari bilan faxrlanishdan qaytariladi. Balki kamtarlik va atrofidagi har bir kishini hurmat qilish, ular bilan gaplashganda muloyim bo‘lish odat qildiriladi. Boylarning bolalaridan unga chiroyli bo‘lib ko‘ringan narsalarni olish man qilinadi. Balki unga buyuklik olishda emas, berishda ekani uqtiriladi. Albatta olish pastkashlik va xasislikdir, garchi kambag‘alning bolalari olsa ham. Taʼma qilish va olish pastkashlik, xorlik ekani hamda bu itning odati ekani uqtiriladi. Chunki it bir luqmani kutib, unga taʼma qilib dumini likillatib turadi.

Yana bolalarga tilla-kumushni yaxshi ko‘rish, ularni orzu qilish yomon ko‘rsatiladi. Ular tilla-kumushdan ilon-chayondan ko‘ra ko‘proq ehtiyot bo‘lishga chaqiriladi. Chunki tilla-kumushni yaxshi ko‘rish, ularni orzu qilish ofati bolalarga zaharlarning ofatidan ham zararliroqdir. Hatto kattalarga ham shundaydir. 

Yana o‘tirgan joyida tuflamaslik, burun qoqmaslik, boshqalarning oldida esnamaslik, birovga orqa o‘girib o‘tirmaslik, bir oyog‘ini ikkinchisiga chalishtirib o‘tirmaslik, kaftini jag‘i tagiga qo‘ymaslik, bilagi bilan boshini suyamaslikka odatlantirish lozim. Chunki bular dangasalik belgisidir. Unga qay holatda o‘tirish o‘rgatiladi, ko‘p gapirish behayolikka dalolat qilishini, u pastkashlar farzandlarining ishi ekani bildirib qo‘yiladi. 

Yana unga xoh rost, xoh yolg‘on bo‘lsin, birdaniga qasam ichish ham man etiladi, sababi u qasam ichishga kichkinaligidan odatlanib qolmasin. Oldin gap boshlashdan qaytariladi. Faqat javob qaytarishga yoki savolga yarasha gapirishga odatlantiriladi. O‘zidan katta kishi gapirgan paytda eʼtibor bilan tinglash, o‘zidan yuqori kishi uchun o‘rnidan turish, unga joyni berish, uning oldida uyalishga o‘rgatiladi. Behuda va xunuk so‘zlarni aytish, laʼnatlash, so‘kish, tillarida doim xunuk so‘zlar bo‘ladigan bolalarga qo‘shilishdan qaytariladi. Chunki bu odatlar yomon do‘stlardan, shubhasiz, unga o‘tadi. Bolalarga odob berishning asli ham uni yomon do‘stlardan saqlashdir. 

Yana muallimi urgan vaqtda ovozini ko‘tarib baqirmasligi lozim. Kaltak yeganida bir kishidan yordam so‘ramaydi. Balki sabr qiladi. Ana shu holat erkak va botirlarning odatlaridan, deb eslatib turiladi. Ko‘p baqirish esa qullarning va ayollarning odatidir, deyiladi. 

Unga maktabdan qaytganidan so‘ng hordiq chiqarish uchun charchaydigan darajada emas, balki chiroyli holda o‘ynashga ruxsat berilishi lozim. Chunki o‘yindan man qilish va doimiy o‘qishga majburlash uning qalbini o‘ldirib qo‘yadi, zakovatini yo‘q qiladi, umrini zaharlaydi. Keyin bola undan butkul qutulish chorasini axtarib qoladi. 

Ota-onasiga, muallimiga, odob o‘rgatuvchiga, o‘zidan katta yoshdagi kishilarga, xoh qarindosh bo‘lsin, xoh yot bo‘lsin, itoat qilishni, ularga ehtirom va taʼzim ko‘zi bilan qarashni, oldilarida o‘ynashni tark qilishni o‘rgatish lozim. Oq-qorani ajratish yoshiga yetganda namozni va tahoratni tark qilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Ramazon oyining baʼzi kunlarida ro‘za tutishga buyurish, ipak liboslardan va tilladan uzoq qilish, shariatdan unga kerakli har bir narsani o‘rgatish, o‘g‘rilik, harom yeyish, xiyonat, yolg‘onchilik, fahsh va bolalarga qiziq tuyulgan har bir yomon ishlardan qo‘rqitish lozim. Agar uning ulg‘ayishi mana shunday tarzda bo‘lsa, balog‘at yoshiga yaqinlashganida bu ishlarning sirini bilishga qodir bo‘ladi. 

Unga taomlar bir doriga o‘xshaydi, ular insonlarning Alloh azza va jallaga toat qilishga quvvatli bo‘lishida yordamchi xolos, deb aytib turiladi. Yana dunyoning asli yo‘q, zero u doimiy emas, o‘lim uning neʼmatlarini to‘xtatadi va dunyo doimiy qarorgoh emas, balki o‘tkinchi diyordir, oxirat esa o‘tkinchi diyor emas, balki doimiy qarorgohdir, o‘lim har bir soatda kutiladi, aqlli va dono kishi oxirat uchun dunyoda tayyorgarlik ko‘rgan kishidir, hatto uning Alloh taolo huzurida darajasi ulug‘ va jannatdagi neʼmatlari ko‘p bo‘ladi, deb taʼkidlanadi. 

Bolaning ulg‘ayishi yaxshi bo‘lsa, balog‘atga yetgan vaqtda bu so‘zlar unga taʼsir qiluvchi, foydali, qalbida go‘yo toshga naqsh o‘rnashganday mustahkam joy oladi. Agar bolaning ulg‘ayishi buning aksi bo‘lib, u o‘yin, yomonlik, behayolik, taom va libos ochko‘zligi, ziynat, faxrlanishga (maqtanchoqlikka) o‘rganib qolsa, uning qalbi haqiqatni qabul qilishdan devorning tuproqdan uzoqligiga o‘xshash uzoqlashib ketadi. Ishlarning eng muhimi tarbiyaga eʼtibor berishdir, chunki bola fitratan yaxshilik va yomonliklarni baravar qabul qiluvchi etib yaratilgandir. Albatta, ota-onalari uni ikki tarafning biriga moyil qilishadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir go‘dak fitratda tug‘iladi. Ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasoro, yo majusiy qilib qo‘yishadi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Sahl ibn Abdulloh Tustariy aytadilar: «Uch yoshligimda kechasi turar edim va tog‘am Muhammad ibn Sivorning namozlariga qarab turardim. Bir kuni menga «Seni yaratgan Allohni eslaysanmi?» dedilar. Men: «Uni qanday eslayman?» dedim. Shunda u kishi: «Ko‘rpangga yotayotgan vaqtingda tilingni qimirlatmasdan uch marta qalbing bilan «Alloh men bilan birga, Alloh menga qarab turuvchi, Alloh meni ko‘rib turuvchi», degin», dedilar. Ana shuni bir necha kun aytdim, so‘ngra u kishiga buni izhor qildim. Menga «Yana har kecha yetti martadan ayt», dedilar. Yana bir necha kun aytdim. So‘ngra u kishiga bildirdim. Menga «Yana har kecha o‘n bir martadan ayt», dedilar. Aytdim, ana shunda qalbimga uning halovati tushdi. Shundan bir yil o‘tgandan keyin tog‘am yana menga «Senga o‘rgatgan narsamni yodingda tut va to qabrga kirguningcha doim uni aytib yur, chunki u senga dunyoda ham, oxiratda ham foyda beradi», dedilar. Shuni bir necha yil davomida aytib yurdim. Botinimda ham uning halovatini topdim. So‘ng tog‘am menga bir kuni «Ey Sahl, qaysi bir inson bilan Alloh birga bo‘lsa, unga qarab turuvchi va uni ko‘rib turuvchi bo‘lsa, u kishi Allohga osiylik qila oladimi? Sen ham Allohga osiy bo‘lishdan saqlan», dedilar. Men yolg‘iz yurar edim, meni maktabga yuborishdi. Men: «Maqsadlarim (yaʼni, Allohga yaqinlashishga intilish) tarqalib ketishidan qo‘rqaman», deb aytdim. Lekin ular muallim bilan men bir soatga borib, taʼlim olgach, qaytib kelishimga shartlashib olishdi. Maktabga bordim va Qurʼonni taʼlim ola boshladim. Uni olti yo yetti yoshimda yodlab bo‘ldim. Har kuni ro‘za tutardim. Taomim esa o‘n ikki yil ichida arpa noni bo‘ldi. O‘n uch yoshligimda bir masala chiqib qoldi. Oilamdan Basraga ana shu masalani so‘rash uchun yuborishlarini so‘radim. Basraga bordim va ulamolardan so‘radim, biron kishi savolimga javob bera olmadi. Basradan Ibodonga bir kishining oldiga bordim. U kishini Abu Hubayb Hamza ibn Abiy Abdulloh al-Ibodoniy, deyishardi. U kishidan masalani so‘radim, menga javob berdilar. Men oldilarida bir muddat qolib, ilmlaridan foydalandim va odoblarini o‘rgandim. So‘ngra Tustarga qaytib keldim. Ovqatim uchun bir dirhamga arpaning o‘zini sotib olish bilan kifoyalandim. Shuni yanchib non qilib berishardi. Bir uvqiyasini har kecha saharlik paytida tuzsiz va nonxurushsiz yerdim. Bir dirham bir yilga yetardi. So‘ngra uch kecha ketma-ket och yurib, keyin yedim. So‘ngra besh kecha, so‘ngra yetti kecha, so‘ngra yigirma besh kecha och yurdim. Mana shu holda yigirma yil o‘tdi. So‘ng yer yuziga bir necha yilga sayohatga chiqdim. Keyin Tustarga qaytib keldim. Kechaning hammasida Alloh xohlaganicha qoyim bo‘lar edim». Ahmad aytdilar: «Allohga yo‘liqqunlaricha u kishining tuz yeganlarini ko‘rmadim».

“Ihyou ulumid-din”dan tarjima
Abu Homid G‘AZZOLIY

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

09/04/2024
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

09/04/2024
Farzandim App dasturi ishga tushdi.

Farzandim App dasturi ishga tushdi.

31/03/2022
Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

Farzand tarbiyasining zamonaviy usullari

31/03/2022
Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

Oʻgʻlim namozingni kеchiktirma, Alloh qiyomatda kеchiktirib qoʻymasin!

31/03/2022
Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

31/03/2022

Tavsiya etiladi

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

1 yil avval
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

1 yil avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval
Sistit kasalligi va uning davolash usullari

Bolalarda sistit kasalligi, alomatlari, va uni davolashning yo’llari

4 yil avval
Davn sindiromi

Daun sindromi kasalligi nima?

4 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

3 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz