Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
Farzand tarbiyasi
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari
Farzand tarbiyasi
Asosiy 1-3 yosh

Angina – tanglay murtaklari yallig’lanishi

da 1-3 yosh, Salomatlik va kundalik parvarish
O'qish vaqti:4 daqiqa o'qildi
A A
0
Angina – tanglay murtaklari yallig’lanishi

Bolalarda tanglay murtaklarining yallig’lanishi natijasida yuzaga keladigan kasallik anginadir. Angina (yoki tonzillit) tez-tez takrorlanib tursa, ota-ona tanglay murtaklarini oldirib tashlashga qaror qilishlari mumkin. Bunday qilishga shoshilmang. Tanglay murtaklarini asossiz va haqiqiy zaruriyatsiz olib tashlash salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 Angina kasalligining alomatlari:

  • tana haroratining birdaniga 38-39 darajagacha ko’tarilishi;
  • so’lak yutganda tomoqda og’riq paydo bo’lishi;
  • badan qaqshashi;
  • tanglay murtaklarining shishib qizarishi.

Angina shakllari

Angina kasalligining eng oddiy va oson o’tib ketadigan shakli — bu kataral shakl bo’lib, bunda yallig’lanish tanglay murtaklarining ichki to’qimalariga o’tmaydi va kasallik 3-4 kunda asoratsiz o’tib ketadi.

Keyingi shakli bu – follikulyar angina bo’lib, bunda tomoq bezlarida follikula (yiring) paydo bo’ladi.

Nihoyat kasallikning oxirgi shakli – bu lakunar angina bo’lib, bunda yuqorida aytib o’tilgan follikulalar bir-biri bilan ulanib ketib yarachalar hosil qiladi.

Angina sababi:

  • streptokkok bakteriyalari;
  • mikoplazama va xlamidiya bakteriyalari;
  • adenovirus.

Anginani davolash:

Afsuski, bolada tomoq qizarib, anginaga belgilari paydo bo’lganida, shifokorlar tavakkaliga streptokkokga qarshi bo’lgan antibiotiklar bilan davolaydilar. Agar angina sabachisi haqiqatan sptreptokkok infeksiyasi bo’lsa, u holda bola tez tuzaladi, lekin sababchi virus yoki boshqa infeksiya bo’lsa, bola nafaqat tuzalmaydi, balki kasallik og’ir shaklga o’tib, yurakka zarar keltirishi mumkin.

Shuning uchun anginani davolashda eng muhimi — kasallik sababchisini analizlar orqali aniqlash!

Ota-ona vazifasi:

  • Bolaga tavsiya qilingan dori vositalarini vaqtida berishdan tashqari yotish talab etiladi. Bolaning tana harorati normallashgan bo’lsa ham, yana 2-3 kun davomida karavotdan turmasligini ta’minlash lozim. Chunki angina organizmda kuchli intoksikatsiya jarayonini yuzaga keltiradi, bu esa yurakka zo’riqish bo’ladi.
  • Bir tomondan angina juda oddiy kasallik bo’lsa, ikkinchi tomondan u tez-tez qaytalanib, surunkali shaklga o’tib qoladigan kasallikdir. Butunlay davolangan bola 1-2 haftadan so’ng oddiy shamollash tufayli yana angina bo’lib qolishi mumkin. Shu bilan birga, kasallik  asorati sifatida boshqa organlar ziyon ko’rishi mumkin. Bu esa nihoyatda xavflidir.
  • Agar angina bolada tez-tez takrorlanayotgan bo’lsa, u holda albatta maxsus analizlar yordamida kasallik qo’zg’atuvchi infeksiya yoki virusni aniqlash kerak.
  • Bunda sitologik va molekulyar analizlar, qon tekshiruvlari va immunogramma tekshiruvlaridan foydalaniladi.`

  • Agar bolada angina surunkali shakl(surunkali tonzillit)ga o’tgan bo’lsa, u holda yilda ikki marta kasallikni profilaktika qilish tadbirlarini o’tkazib turish maqsadga muvofiq bo’ladi.
  • Fiziomuolajalar – Ultra yuqori chastotali terapiya, kvant terapiyasi va elektroforez.
  • Bolaning immunitetini oshirish. Bolani quruq havoli dengiz yoki dala hovlilarga olib chiqish. Toza quruq havo, suv va quyosh nurlari bola organizmiga foydali.
  • Tanglay murtaklarini yallig’lanishni davolovchi maxsus dori-vositalar bilan yuvib turish.
  • Ba’zi ota-onalar bolada angina tez-tez uchrab surunkali shaklga o’tib qolganda tanglay murtaklarini olib tashlashga qaror qiladilar. Bunga shoshilmang! Tanglay murtaklari bir tomondan, bola organizmini tashqi muhitdan himoya qiluvchi vosita bo’lib, uni olib tashlash bolani katta himoyadan mosuvo qilishni anglatsa, ikkinchi tomondan, surunkali angina yurak va bo’g’im kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun tanglay murtaklarini olib tashlash zaruriyati haqiqatan borligini aniqlash juda muhim! Bu haqida keyingi maqolamizda batafsil o’qishingiz mumkin.

Angina kasalligi bolani ham, uning ota-onasini ham qiynab yuboradi. Birinchidan, u tez-tez takrorlanib turadi, ikkinchidan, uni davolash mexanizmi (tanglay murtaklarini yuvish, fiziomuolajalar va hokazo) bolaga og’riq va stress keltiradi. Bolaning qiynalayotganini ko’rgan ota-ona tanglay murtaklarini olib tashlashni afzal ko’radi. «Tanglay murtaklari bo’lmasa, yallig’lanish ham yo’q», deb xato fikr qiladilar.

Aslida tanglay murtaklari bola organizmi uchun himoya vositasidir. U tomoq tizimida birinchi boʻlib tashqi muhitdan o’ziga infeksiya va bakteriyalarni qabul qilib oladi. Shu bilan ularning yana ham chuqurroq o’tishiga to’sqinlik qilib, boshqa tomoq organlarini yallig’lanishdan himoya qiladi. Tanglay murtaklari olingan bolada angina kasalligi yuzaga kelmasa-da undan og’irroq bo’lgan laringit va traheitlar bilan bola kasallanishda davom etadi.

Shuning uchun tanglay murtaklarini olib tashlashdan oldin bunga haqiqiy zaruriyat borligiga amin bo’lish lozim, ya’ni:

1. Davolanishning foydasi bo’lmadi. Lekin bu butunlay asos emas. Avallambor quyidagi savollarga javob olish lozim:

  • Davolanish o’z vaqtida amalga oshirilganmi?
  • Davolanish mexanizmi to’g’ri qo’yilganmi?
  • Davolanish analizlar natijasiga ko’ra belgilanganmi?
  • Davolanishdan tashqari yilda ikki marta profilaktika tadbirlari olib borilganmi?
  • Bolani chiniqtirish tadbirlari qilinganmi?
  • Davolanish muntazam ravishda (yilda 2-3 marta) olib borilganmi?

Muhim! Bola tanglay murtaklari yallig’lanishi (angina)dan davolanganda quloq, burun va tomoq kasalliklari shifokori bilan bir qatorda immunolog nazoratida bo’lish shart. Chunki tanglay murtaklari organizm himoya tizimining (immunitetining) bir qismidir. Ularning yallig’lanishi esa immunitetda zaiflik borligidan dalolat beradi.

  1. Toksik va allergik asoratlar yuzaga keldi.
    Agar angina asorati sifatida bolada yurak va bo’g’im kasalliklari, revmatizm, buyrak bilan bogʻliq muammolar va boshqa salbiy oqibatlar namoyon bo’layotgan bo’lsa, tanglay murtaklarini olib tashlash tavsiya etilishi mumkin. Lekin bunda ham anginaning yuzaga kelgan kasalliklar bilan bog’liqligini maxsus tibbiy yo’llar bilan aniqlash talab etiladi. Ba’zi kasalliklarning paydo bo’lishiga angina sababchi bo’lmasligi ham mumkin.
  2. Paratonzilyar absses.Bu holatda tanglay murtaklari tezda olib tashlanishi shart. Chunki yig’ilgan yiring tanglay murtaklaridan yorilib chiqib tomoq tomon tarqalib ketishi mumkin. Bu juda xavfli holatdir.Tanglay murtaklari jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi. Bunda oddiy skalpel, lazer va ultra tovushli vositalardan foydalaniladi.Tanglay murtaklari olingan bola operatsiyadan so’ng 2-3 yil pediatr nazoratida bo’lishi lozim. Chunki bu, birinchidan, organizm uchun katta stress, ikkinchidan tomoqni himoyalovchi organ endi yo’q va uchinchidan bolaning immuniteti pasayib ketgan.

Manba

Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.

Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi

UlashishUlashishJo'natish

O'xshash Postlar

Bolalarda tish kasalliklarini qanday oldini olish mumkin?

Bolalarda tish kasalliklarini qanday oldini olish mumkin?

11/04/2022
Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

Yosh bolalarda tez-tez uchraydigan ko’z muammolari

11/04/2022
Bolalardagi ko’z kasalliklari

Bolalardagi ko’z kasalliklari

11/04/2022
Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

11/04/2022
Emizikli ayol ovqatlanish tartibi, meʼyorlari va foydali maʼlumotlar

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi, meʼyorlari va foydali maʼlumotlar

06/04/2022
Farzandim App dasturi ishga tushdi.

Farzandim App dasturi ishga tushdi.

31/03/2022

Tavsiya etiladi

Ota-ona va farzand munosabatlari  haqidagi hadislar

Ota-ona va farzand munosabatlari haqidagi hadislar

1 yil avval
Farzandlik burchi

Farzandlik burchi

1 yil avval
this slowpoke moves

Trenddagi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval

Mashhur

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

Videleniya (ajralma) nima, turlari: oq, sariq, yashil, qora, qonli, hidli oqindi

3 yil avval
Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

3 yil avval
Sistit kasalligi va uning davolash usullari

Bolalarda sistit kasalligi, alomatlari, va uni davolashning yo’llari

4 yil avval
Davn sindiromi

Daun sindromi kasalligi nima?

4 yil avval
Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

Qin qichishi va achishi: sabablari, davolash usullari hamda profilaktikasi

3 yil avval
Farzand tarbiyasi

Ushbu saytimiz orqali siz azizlarga farzandlarimiz tarbiyasi, ularni qanday parvarish qilish yoki tobi qochganda qanday muolajalar qilish mumkinligi, vaqtlarini qanday taqsimlash va shu kabi ko'plab foydali ma'lumot va maslahatlarni malakali shifokorlarimiz-u, dinimiz olimlaridan, hamda boshqa rivojlangan davlatlar mutaxasislaridan ko'chirib olingan zaruriy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilib boramiz.

  • Biz haqimizda
  • Biz bilan aloqa

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz

Qaytib kelganingizdan xursandmiz!

Akkauntingizga kiring

Parolni unutdingizmi?

Parolingizni oling

Parolni tiklash uchun foydalanuvchi nomingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiriting.

Kirish

Yangi pleylist qo'shish

Natija yo'q
Hamma natijani ko'rish
  • Homiladorlik
    • Haftama-hafta
    • Homiladorlikda otaga qo’llanma
    • Salomatlik va tetiklik
    • Farzand uchun tayyorgarlik
    • To’lg’oq va tug’ish
    • Muddatidan oldin tug’ish
    • Abort qilish va o’lik tug’ilish
    • Homiladorlik va tug’ish: video
    • Parvarish rasmlarda: homiladorlik
  • 0-3 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak va idishda emizish
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Erta tug’ilgan chaqaloqlar
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 0-3 oylik
  • 3-12 oylik
    • Xulq-atvori
    • Ko’krak, idishda emizish va qattiq ozuqalar
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-12 oylik
  • 1-3 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 1-3 yosh
  • 3-5 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’ynab o’rganish
    • Xavfsizlik
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 3-5 yosh
  • 5-8 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va muloqot
    • Rivojlanish
    • Oilaviy hayot
    • Salomatlik va kundalik parvarish
    • Oziqlanish va jismoniy faollik
    • O’yin, media va texnologiya
    • Xavfsizlik
    • Maktab va o’zlashtirish
    • Uyqu
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 5-8 yosh
  • 9-11 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab va ta’lim
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 9-11 yosh
  • 12-18 yosh
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • O’yin kulgu va texnologiya
    • Oilaviy hayot
    • Sog’lom turmush tarzi
    • Aqliy va jismoniy salomatlik
    • Maktab, ta’lim va ish
    • Videolar
    • Parvarish rasmlarda: 12-18 yosh
  • Kattalar
    • Oilaviy xilma-xillik
    • Oilaviy hayot
    • Otalar
    • Buva-buvi va boshqa qarindoshlar
    • O’zingizga ham e’tiborli bo’ling
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Ish va farzand parvarishi
    • Videolar
  • Autizm
    • Autizm haqida
    • Xulq-atvori
    • O’zaro yaqinlik va munosabatlar
    • Rivojlanish
    • Salomatlik va tetiklik
    • Maktab, o’yin va ish
    • Davolash usullari va xizmatlar
    • Ota-onalar uchun qo’llanma: davolash usullari
    • Yosh bolalar va autizm: videolar
    • O’spirinlar va autizm: videolar
  • Nogironlik
    • Oilaviy hayot
    • Aqliy salomatlik
    • Huquqlar va qonunlar
    • Maktab, o’yin va ish
    • Xizmat ko’rsatish va qo’llab quvvatlash
    • Nogironlar uchun qo’llanma
    • Nogiron bolalar: videolar
  • Islomda tarbiya
    • Islomiy tarbiya
    • Ibratli hikoyalar
    • Solihlar qissalari

© 2021-2023. Farzandtarbiyasi.uz