Olmaxon bolalariga ovqat qidirib topa olmadi. Nima qilishini bilmay boshi qotdi. Soʻng qo’shnisi Sichqonning uyiga borib, qarzga yegani biror narsa soʻramoqchi boʻldi. Uyiga borib chaqirdi. Oralaridagi suhbat quyidagicha boʻldi:
– Qoʻshnijon, men bugun oʻzimga ham, bolalarimga ham yegani hech narsa topa olmadim. lloji bo’lsa, qarzga biror narsa berib tursangiz. Men ham topsam, qaytaraman.
– lye, nima deganingiz bu? Tayyoriga ayyormisiz? Men bularni qiynalib topganman. Kerak bo’lsa, siz ham
harakat qiling, oʻzingiz toping. Olmaxon rosa xafa boʻldi. So’ng bor kuchi bilan harakat qilib yegani narsa topdi. Ertasi kuni ham chiqib, uyiga yegani narsa olib keldi. Kun sayin uyi toʻlib ketdi.
Qish keldi. Qor qalin yog’gan, hech kim tashqariga chiqib, biror narsa topa olishning imkoni yo’q edi.
Hamma hayvonlar yozda toʻplagan narsalarini qishda yeb chiqardi. Sichqonning yeguligi tugab qoldi. Nima qilishini bilmadi. Uyidan tashqari chiqib yigʻlay boshladi. Buni eshitgan Olmaxon toʻplagan narsalaridan Sichqonga olib chiqib berdi va:
– Qoʻshni, nima kerak boʻlsa, bemalol. Tortinmay aytavering, qo’shnimsiz axir, dedi. Sichqon qilgan ishidan juda xijolat boʻldi.
Saboq: inson har doim qo’shnisiga yaxshilik qilishi lozim. Qoʻshnisi qiynalib qolsa, unga yordam berishi
kerak. Qo’shni yomonlik qilsa ham yaxshilik qilish, baxillik qilsa sayiylik qilish bir kun kelib uning ko’nglini yumshatadi, do’stga aylantiradi.
Farzand tarbiyasiga oid bo’lgan eng yaxshi tavsiyalar jamlangan dasturni yuklab oling.
Linkni bosing: 👉 Farzandim dasturi